Intellektual
his-tuyg‘ular
– shaxsning haqqoniy, jonli, mantiqiy
mushohadalari, soxta, yuzaki, ajablanarli, shubhali kabi mulohazalarga
nisbatan munosabatida ifodalanadi. Hayajonlanish, ajablanish,
264
qiziqish, hayratlanish, lol qolish, shubhalanish, shodlanish kabi
intellektual hislar shaxsning bilish faoliyatining ajralmas qismidir.
Estetik his-tuyg‘ular
–
muayyan mezondagi baholarda, nafosat
me’yorlarida o‘ziga xos badiiy lazzatlanish, go‘zallikni his qilish
holatida kechib, u fojiali yoki kulguli, yoqimli yoki yoqimsiz, go‘zallik
yoki xunuklik kabi holatlar tarzida munosabatda bo‘ladi.
Yuqorida tilga olingan his-tuyg‘u turlari uyg‘unlashgan holda
birlashib namoyon bo‘lsa,
yuksak his-tuyg‘ular
deyiladi. Yuksak his-
tuyg‘ular ular faqatgina odamga xos bo‘lib, kishilarning ijtimoiy-
tarixiy, xususan, ularda ikkinchi signal sistemasining taraqqiy etishi
maxsuli hisoblanadi.
Aksariyat ruhiy jarayonlar qatori hissiyotlar ham bolalarda juda erta
boshlanadi.
Birinchi bosqich
– his-tuyg‘u va ehtiyojga qarab
qoniqish
– qoniqmaslik
birga keladigan hisdir.
Ikkinchi bosqich
– ijtimoiy
hislar:
yoqtirish, o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rish, xafagarchilik
hissidir. Bir
muncha kechroq (qariyib uch yoshdan boshlab) bolalarda
estetik did
hissi
rosmana namoyon bo‘ladi. Bolaning “chiroyli – xunuk” degan
narsalarga aqli chiqishib boshlaydi.
Uchinchi bosqich
– hissiyotning
jadal, hattoki, zo‘r berib avj olishi, qo‘zg‘aluvchanlikning oshganligi
va maktabgacha yoshda beqaror bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ayni
paytda ahloq-odob hissi rivojlana boshlaydi.
So‘nggi bosqich
–
bolalarda maktab yoshida oliy hissiyotning rosmana rivojlanishi bilan
xarakterlanadi. His-tuyg‘uni tarbiyalash katta ahamiyat kasb etadi.
U umuman tarbiyaning doimiy hamroxi bo‘lmog‘i lozim. O‘qitish
mohiyati bunda ayniqsa beqiyosdir. O‘qituvchi va tarbiyachi bolaning
hissiy va tafakkur doirasiga ta’sir o‘tkazishi, rag‘batlantirishi, bordiyu,
kerak bo‘lsa, ularni to‘xtatib qo‘yishi ham mumkin. Bunda shuni
unutmaslik kerakki, musiqa, tasviriy san’at, she’riyat, teatr va kino
estetik didni tarbiyalashda ma’lum ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davrda, ayniqsa so‘nggi-yillarda ilmu fanda hissiyotlarning
fiziologik mexanizmlari xususida talaygina ma’lumotlar to‘plangan.
Hissiy faoliyatda bosh miya po‘stlog‘i, quyi yotgan miya tuzilmalari,
vegetativ asab sistemasi, shuningdek gormonlar va mediatorlar ishtirok
etadi. Bu tuzilmalar, jarayonlar va komponentlarning hammasi o‘zaro
murakkab ta’sir o‘tkazadi.
265
Bosh miya po‘stlog‘i va unga daxldor bo‘lgan ikkinchi signal
sistemasining faoliyati kishining hissiy hayotida nihoyatda katta
ahamiyat kasb etadi. Odamning aksariyat his – tuyg‘ulari so‘z
ta’siroti bilan bog‘langan. So‘z bir zumda keskin ifodalangan hisni,
masalan, yaqin odam halok bo‘lgani haqidagi olgan xabarnomaga
javoban hamdardlik hissini yuzaga chiqarishi mumkin. Shunday qilib,
po‘stloq, ya’ni ikkinchi signal sistemasi hissiyotning boshlang‘ich
zanjiri sifatida xizmat qiladi. Lekin, ana shu mexanizm, muhim
bo‘lsada, u avvalambor eslatib o‘tilganidek, odamda birdan – bir
mexanizm bo‘lib hisoblanmaydi. Bundan tashqari, hissiyotlar ikkinchi
signal sistemasi bo‘lmagan hayvonlarda ham mavjud. Chamasi, bosh
miya po‘stlog‘i hissiy faoliyatda birinchi zanjir tariqasida emas, balki
oxirgi zanjiri sifatida ham ishtirok etadi. Biz hisni anglash va uning
paydo bo‘lishidagi oxirgi bosqichni nazarda tutmoqdamiz. Masalan,
keyinchalik muhabbat deb anglanadigan sekin– asta rivojlanuvchi his
shunga misol bo‘la oladi. Ishq-muhabbat biz uchun muhim sanaladi,
chunki u odamda hissiy faoliyatning turli xil mexanizmlarida po‘stloq
va ikkinchi signal sistemasining tutgan o‘rnini bildiradi.
Odam qo‘rqib ketganida va g‘azabga to‘lib toshganida qonda
adrenalin miqdori oshib ketishi hammaga ma’lum. Yuzaga kelgan
giperadrenalinemiya natijasida jigar va mushaklarda glikogen jadallik
bilan parchalanadi. Bunda qonda qand miqdori ham oshadi. Bunday
giper glikemiya moslashuv xarakterida bo‘lib, organizmni yonilg‘i
ma teriali bilan ta’minlaydi. Ayni paytda bu yonilg‘i hayvon organiz-
mini og‘ir vaziyatlarda (hujum qilish, qochish) mushaklar uchun zarur
bo‘lgan energiya bilan ta’minlaydi. Bu vaqtda hayvonlarda keskin
kechinmalar paydo bo‘ladi. Affektlarda qonga qalqonsimon bez
gormoni ko‘plab tushadi, shuningdek gipofizning inkretor faoliyati
ham oshib ketadi.
Salbiy xayajonlar (stress) me’da osti bezi shirasining kamayib
ketishiga sabab bo‘ladi. Ijobiy hissiyotlarda me’da osti bezi shirasining
kislotaligi ko‘payadi. His-tuyg‘ular ayniqsa, yurak-qon-tomir
sistemasiga va arterial qon bosimga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Arterial
bosim va yurak qon-tomir sistemasidagi o‘zgarishlar shunchalik katta
bo‘ladiki, bunda yuz qizarib va oqarib ketadi, tomir urishi tezlashadi
266
yoki sekinlashadi, teri quruq yoki, aksincha, zo‘r berib ter ajrata
boshlaydi.
Biz o‘z hislarimizni idora etaolamizmi va ularni qay darajada
boshqara olamiz? Po‘stloqdan markaziy asab sistemasining quyi
yotgan bo‘limlariga tormozlovchi impulslarni yuborib, hissiy
qo‘zg‘alishlarni to‘xtatib turishimiz yoki kamaytirib qo‘yishimiz
mumkin. Kundalik kuzatuvlarimiz ham bundan guvohlik beradi. Har
birimiz bilamizki, agar odam hohlasa yig‘i-sig‘ini to‘xtatishi, og‘riq
hissini kamaytirishi yoki, aksincha, oshirib yuborishi mumkin. Lekin,
biz hislarni emas, balki tashqi alomatlarini to‘xtatib qo‘yamiz, degan
e’tirozlar bildirilishi mumkin. Ma’lum darajada bu to‘g‘ri. Hislar va
ularning tashqi alomatlari bir narsaning o‘zi emas. Shunday xollar
ham bo‘ladiki, kuchli hislar qiyofan sust ifodalanadi. Lekin ko‘pgina
holllarda ana shu hislar o‘z ifodasini to‘la-to‘kis ifoda eta olmaydi.
Bu oddiy va qisqa muddatli his-tuyg‘ular misolida yaqqol seziladi.
Bordiyu, odam kulmay qo‘ysa, kulishiga hojat ham qolmaydi.
G‘azablanganini bildirmay qo‘ysa ham, odam shunda o‘zini kuzatib
tursa, g‘azab hissi yo‘qolganini yoki deyarli bilinmaganini anglaydi.
Aslida esa, buning hayron bo‘ladigan joyi yo‘q. Bunday paytlarda
qaytuvchi afferentatsiya his tuyg‘uni kuchaytiradi va uni quvvatlaydi.
O‘yinchog‘i olib qo‘yilgan bolaning yig‘lashi bunga yaqqol misol
bo‘la oladi. Bir oz vaqt o‘tgach, bola o‘yinchog‘ini ham unutib
yuboradi. His-tuyg‘ular po‘stloq ta’siri ostidan chiqdi, lekin, alam
hissi esa davom etaverishi mumkin. Bu bosqichda vegetativ nerv
sistemasidan va chamasi, periferiyadan markaziy asab sistemasigacha
bo‘lgan kimyoviy o‘zgarishlar va qaytar afferentatsiyalar hissiyotning
harakatlanuvchi ispulsi hisoblanadi. Qizig‘i shuki, hissiy buzilishlar
va ong buzilishlari ifodalangan holda diensefal psixozlarda ularning
vaqt-bevaqt kechishiga moyillik bo‘ladi.
Birinchi marta V.Gess (1924) asab to‘qimasiga kiritilgan elektrodlar
yordamida miyani elektr bilan qitiqlash uslubida olingan natijalar
diqqatga sazovordir. 1953-yilda Olds kalamushning bosh miyasida
“qoniqish” markazini kashf etdi. Bundan oldinroq gipotalamusga
elektr bilan ta’sir o‘tkazilganda “soxta g‘azab” fenomeni olingan
edi. Keyinchalik Olds kalamushlarda antiqa tajriba o‘tkazdi, bu
267
tajriba “ustasi o‘zingiz” qoidasiga asoslangan edi. U qafas ichida
kalamushlar uchun dastak o‘rnatgan edi. Kalamush dastakni bossa
uning tanasidan elektr toki o‘tardi. Shu tariqa ta’sirot kalamushning
o‘ziga bog‘liq bo‘lgan. Dastak elektr tokidan uzilgan paytlarda
kalamush qafasda o‘rmalab yurib, bexosdan bir necha marta dastakni
bosib o‘tgan. Dastak elektr tokiga ulanganda kalamush bir– ikki kun
ichida toliqib yiqilmaguncha bir necha ming marotaba dastakka
bosib turavergan. Bu tajriba shuni ko‘rsatdiki, hatto qafasga ovqat
qo‘yilganda ham, kalamush ovqatdan ko‘ra dastakni bosib o‘zini
qoniqtirishni xush ko‘rgan. Ma’lum bo‘lishicha, kalamush miyasida
“qoniqish” markazlari po‘stloq osti yadrolari va miya ustunining turli
joylarida, xususan, talamusda, gipotalamusda va bazal gangliyalarda
joylashgan. Keyinchalik bu markazlar ham bir xil emasligi ma’lum
bo‘ldi. “Ovqatdan qoniqish”, “jinsiy hirsni qondirish” markazlari bor
deb qabul qilindi. Birinchi holdagi markaz kalamush och qolganda
ishga tushadi. Mushuklarda o‘tkazilgan tajribalar ham yuqorida qayd
qilingan markazlar borligini tasdiqladi.
Keyingi tadqiqotlar, miyaning ma’lum sohalarini qo‘zg‘atib g‘azab,
qo‘rquv va qoniqish hissi uyg‘otish mumkinligini tasdiqlab berdi
va dalillar bilan to‘ldirdi. “Jazolash markazi”ga ta’sir o‘tkazilganda
olingan his-tuyg‘ular nihoyatda kuchli bo‘lishi aniqlandi. Masalan,
tajriba o‘tkaziladigan maymunlar ayni paytda aftini bujmaytirib,
qichqirib yuboradi, hayqiradi, tishlab olmoqchi va qochmoqchi
bo‘ladi. Ular titrab, yunglari tik turadi, ko‘z qorachiqlari kengayadi.
Jazo markazlari o‘rganish uchun “ustasi o‘zingiz” qoidasiga ko‘ra
tajribalar o‘tkazish mumkin. Bunda hayvon tegishli dastakka bosib
turar ekan, “jazolash markazini” ishdan chiqarishi mumkin. Bunday
tajribalar uzoq vaqt davom ettirilsa, hayvonlar toliqib, kasallanib,
nobud bo‘lishi ham mumkin. “Lazzatlanish”, ya’ni “qoniqish”
markazlarida joylashgan elektrodlar ishga tushirilganda hayvon-
larning ahvoli yaxshilanib borgan.
“Jazolash” markazlarinig kashf etilishi va ularning vegetativ
jarayonlarini boshqaruvchi zanjirlarga juda yaqin bo‘lishi, Vuldrij
ko‘rsatib o‘tganidek, ba’zi bir ruhiy-somatik xastaliklar mexanizmlarini
bir qadar yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Ma’lumki, peptik
268
yaralar salbiy his-tuyg‘ularga aloqador bo‘ladi. Gipotalamusda bir-
biriga juda yaqin turgan ikkita markaz bor: biri “jazolash” markazi
–u ta’sirlantirilganda salbiy his-hayajonlarni paydo qiladi; ikkinchi
markaz ta’sirlantirilganda esa me’da gipersekretsiyasini va peptik
yarani paydo qiladi. Ikkala markaz bir-biriga juda yaqin turgani
oqibatida ularning birida yuzaga keladigan qo‘zg‘alish jarayoni
boshqasiga uzatiladi va salbiy hissiyotning nima sababdan peptik
yarani paydo qilishi ayon bo‘ladi, qoladi.
Odamlarda bu tajribalar qanday natija bergan? Neyroxirurgik
operatsiyalar mobaynida odam miyasining chuqur joylashgan
tuzilmalarini elektrodlar orqali ta’sirlantirib, odamda ham salbiy
his-hayojonlar chaqiradigan markazlarni aniqlashga erishildi. Bu
tadqiqotlar 1963-yildan boshlab o‘tkazila boshlandi. Sobiq ittifoqda
ularni mashhur neyrofiziolog N.P.Bextereva va uning xodimlari
o‘tkazishdi. Bosh miyaning tekshirish uchun mo‘ljallangan
tuzilmalariga oltindan tayyorlangan elektrodlar kiritiladi, ular
diagnostik va davolash chora tadbirlarini amalga oshirish uchun
muayyan vaqtga qadar ana shu yerda qoldiriladi.
Keyinchalik elektrodlar chiqarib olinadi. Turli xil po‘stloq osti
tuzilmalari (talamus, oq shar, dumli yadro va gippokamp)ga bir yo‘la
bir necha yuz elektrodlar kiritilib, qaysi neyronlar guruhi odamda
qanday his-tuyg‘ular chaqirishini o‘rganishdi. Ma’lum bo‘lishicha,
ko‘pchilik nuqtalar ularga elektr toki bilan ta’sir ettirilganda hissiy
jihatdan betaraf bo‘lgan va atigi o‘n foizi turli xil hissiy alomatlar:
zavq bag‘ishlovchi, jinsiy hissiyotlar, issiqlikning juda yoqimli
bo‘lishi, gavdaning turli joylarida noxush sinestopatik hislar bilan
bog‘langan bo‘lgan. Shuningdek, elektr bilan ta’sirlantirishdan keyin
ba’zi tekshiriluvchilarda qo‘rquv, vahima, quvnoqlik affektlari ham
kuzatilgan. Bundan tashqari, kayfiyat o‘zgargani va patologik kayfiyat
– distimik va gipomaniakal kayfiyat ham qayd qilingan.
His-tuyg‘ularning fiziologik mexanizmlari to‘g‘risidagi bilimni
yakunlar ekanmiz, shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, hislar, ayniqsa
insondagi hislar, har xil funksional sistemalarning o‘zaro murakkab
ta’sir ko‘rsatishining integrativ maxsuli hisoblanadi. Ular ijtimoiy
omillar, tarbiya, muhit, hayot tajribasi, odamning umumiy ahvoli va
269
osoyishtaligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, ular asab markazlari
faoliyatining xususiyatlari va ular orasidagi bog‘lanishlar, shu
jumladan endokrin sistema funksiyalariga ham daxldor bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |