261
Taxminiy hisoblarga qaraganda hozir yer sharida 40 mln.dan oshiq
odam turli darajada rivojlangan depressiyaga mubtalo bo‘lgan. Xo‘sh
depressiya nima o‘zi?
Depressiya
– bu hozirgi kunga va kelajakka
ishonchsizlik bilan qarash, doimo past kayfiyatda bo‘lish, horg‘inlik,
hech narsa qilishga intilmaslik va fikrlashning sustlashuvidir.
Depressiya (tushkunlik) – bu siqilish, ma’yuslik va g‘amgin
kayfiyatdir. Albatta, fikrlashning sustlashuvi og‘ir depressiv holatlar
uchun xosdir. Ko‘rib turganingizdek,
depressiya inson uchun xos
bo‘lgan barcha ijobiy faoliyatni yo‘qqa chiqaradi. Bunda bemorlar
atrofdagilarga befarq bo‘lib qoladilar, kamgap, ma’yus, ko‘pincha
ko‘zyoshi qiladilar. Ularning ongi ma’yus, g‘amgin kechinmalarga
to‘lib ketadi. Hozirgi, o‘tgan zamon va kelajak ularga qayg‘uli bo‘lib
tuyuladi. Ular olamga go‘yo qora ko‘zoynak taqqan holda qaraydilar.
Depressiv kayfiyat hayotdan qoniqmaslik va ruhiy xastalanishlar
oqibati bo‘lishi mumkin. Sabablari aniq bo‘lsada, lekin unchalik
ifodalanmagan bunday holatga odatdagi reaksiya deb qarash mumkin.
Depressiv holatlarda o‘z joniga qasd qilish ko‘p
uchraydi,
ayniqsa o‘smirlar orasida. Ba’zan depressiyaga chalingan o‘smirlar
o‘zlarining joniga qasd qilishlari uchun arzimagan sababning ham
o‘zi yetarlidir. Masalan, ota-onasi aytgan qimmatbaho paltosini sotib
olib bermaydi yoki diskotekaga yubormaydi, sevgan kishisi bilan
uchrashgani qo‘ymaydi va h.k. Estrada qo‘shiqchilari Viktor Soy,
Igor Sorin hayotdan ko‘z yumganlaridan keyin Rossiya yoshlari
(15
–
17 yashar bolalar) orasida o‘z joniga qasd qilishlar juda ko‘p
kuzatilgan. Igor Sorin o‘zi yashaydigan uyning 6 qavatidan sakrab,
o‘lim oldi xatida “Hammangizni mening ortimdan yulduzlarga ravona
bo‘lishga chorlayman” deb yozib qoldirgan edi. Biroz vaqt o‘tgach 15
yoshga hali to‘lmagan qiz dugonasi bilan birga 9 qavatning tomiga
chiqib yerga sakrashadi va jon berishadi. Ularning yon daftarlarida
shunday misralar bitilgan edi. ”Igor!
Menga sensiz hayotning ne
keragi bor. Men ham sening izingdan, sening bag‘ringa, yulduzlarga
ravona bo‘laman! Meni kechiringlar” Nima uchun o‘z joniga suiqasd
qilishadi? Buning psixologik mexanizmlari nimalardan iborat? Barcha
o‘z joniga suiqasdlarni 3 turga bo‘lish mumkin: haqiqiy, yashirin
va tantanovor. Haqiqiy suiqasd hech qachon to‘satdan bo‘lmaydi.
262
Unga doimo past kayfiyat, depressiya hamroh bo‘ladi. Ular tez-tez
hayotning mantig‘iga murojaat qilib turishadi. O‘smirlar suiqasdning
bu turiga javobsiz sevgidan, yorining bevafoligidan murojaat qilishsa,
qariyalar farzandlaridan keskin xafa bo‘lgan paytlarida o‘limning
ushbu turini tanlashadi. Odam o‘zining muammolariga boshqalarning
e’tiborini qaratmoqchi bo‘lsa, o‘z joniga suiqasd qilishning yashirin
turini tanlaydi. Bunday odamlar, ba’zan o‘z joniga qasd qilajagini
eng yaqin odamlariga aytib ham yurishadi. Lekin, bunga e’tibor
berilmaydi yoki kulib javob berishadi. Suiqasdning bu turi ko‘pincha
iqtisodiy qiynalgan odamlar orasida uchraydi. Tantanavor tarzda
hayotdan ko‘z yumuvchilar o‘smirlar orasida ko‘p uchraydi. Bunga
misol, yuqorida keltirganimizdek, sevimli qo‘shiqchisi o‘lganidan
keyin o‘z joniga suiqasd qilgan qizlardir. Keltirgan misollarimizning
barchasi eng avvalo hissiy qo‘zg‘aluvchanlik darajasiga tegishlidir.
Bu daraja individual ravishda hilma-xil bo‘ladi.
Ehtiros
– ham uzoq davom etadigan va barqaror bo‘lgan
emotsional holatdir. Kayfiyatdan
ehtirosning farqi shuki, ehtiros
muayyan harakatga, muayyan obyektiv muttasil intilishda kuchli
suratda ifodalangan holatdir. bular – ijobiy ehtiroslarga misol bo‘lib,
ular odamni ulkan ijodiy faoliyat yo‘liga yetaklovchi kuchdir.
Ehtiros, tor ma’nodagi so‘z bilan aytganda, shaxsning emotsional
sohasini
tashkil etib, ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi,
bilishning jonli manbayi, odamlar o‘rtasidagi murakkab va ko‘pqirrali
munosabatlarning ifodasi bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy mavqeyi jihatidan
yuksak va past ehtiroslar
farq qilinadi.
Ilmu-fanga, san’atga beriluvchanlik yuksak ehtirosga misol bo‘lib
xizmat qiladi. Past ehtiroslarga ichkilikka va giyohvandlikka, qimor
o‘yinlariga ruju qo‘yishni misol qilish mumkin. Patologik ehtiroslar
psixopatik shaxslarda osongina paydo bo‘ladi. Biron narsaga berilish
odam hislari orasida katta o‘rin tutadi. Ularni shunday deyishga
sabab – ular muayyan bir obyekt, narsaga qaratilgan bo‘lib, unga
bevosita aloqadordir. Masalan, biz kimdandir xafa bo‘lamiz, kimgadir
hasadgo‘ylik qilamiz. Narsa va hodisalarga nisbatan bo‘lgan hislar
turli xil hissiy o‘zgarishlarga mansubdir va ular orasida nozik farqlar
bo‘ladi. Achinish, afsuslanish, hamdardlik hislari bunga misol bo‘la