Ruhlanish –
muayyan maqsadga, faoliyatga katta kuch va istak
bilan intilishdan iboratdir. Ruhlanish ba’zan qisqa muddat, ba’zan esa
uzoq muddat davom etadi. Ruhlanish ijobiy emotsional holat bo‘lib,
jamiyat uchun va ayrim shaxs uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan
hollarida ham, faoliyat natijalari g‘oyat maroqli bo‘lgan hollarda ham,
odamlarda ruhlanish paydo bo‘ladi.
Frustratsiya
–
doimiy stress oqibatida maqsadning yo‘q bo‘lib
qolishi, rejaning izdan chiqish holatidir.
Yuqorida qayd etilgan his-tuyg‘ulardan tashqari quvonch, g‘azab,
g‘am-g‘ussa, vahima va shuningdek, organizmda kuchli vegetativ
o‘zgarishlar bilan kechadigan – ochlik, chanqash, og‘riq va jinsiy
hissiyotlar mavjud. Ular ayni paytda organizmdagi biologik jarayonlar
bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi.
Psixologiyada his-tuyg‘uning quyidagi turlari ajratiladi:
Praksik his-tuyg‘ular
– mehnat faoliyatini davomida kechirilib,
unda shaxs biror maqsadni anglaydi, uni e’tirof yoki inkor qiladi,
maqsadga erishish yo‘llarini baholaydi, unga tatbiq etish usullari
va qurol vositalarini ma’qullaydi yoki ma’qullamaydi, ularning
tanlanganligiga shubhalanadi, muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlik
va hokazo hislarini boshdan kechirilishi tushuniladi.
Axloqiy
his-tuyg‘ular
– shaxsning boshqa odamlarga, mehnat va
o‘quv jamoasiga hamda ijtimoiy burchlariga bo‘lgan munosabatlarida
ifodalanadi. Inson axloqiy hislarni kechirar ekan, u ijtimoiy axloq
tamoyillari va me’yorlari, mezonlariga asoslangan holda kishilarning
xatti-harakatlarini baholaydi. Axloqiy his-tuyg‘ular o‘z tarkibiga
mas’uliyat, javobgarlik, fidoiylik, vijdon, adolat, ibo, iffat, or-nomus,
uyalish, simpatiya, empatiya, g‘urur, o‘rtoqlik, muhabbat kabilarni
kiritadi.
Dostları ilə paylaş: |