Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

ko‘nikma
deb 
ataladi. O‘qish, yozish, sport va turli xil mehnat ko‘nikmalari odam
faoliyatida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘nikmalar 
yordamida ixtiyoriy va ixtiyorsiz harakatlar orasidagi o‘zilish 
yo‘qoladi, aksincha, ular bir-biri bilan chambarchas bog‘lanadi. 
Avtomatlashtirilgan harakatlar qilinganda, ongda ishga tushirish 
mexanizmlari qoladi. Bundan tashqari, avtomatik faoliyatda biz 
xoxlasak ong nazoratini ishga tushirishimiz mumkin. Royal chalish, 
avtomobilni boshqarish, iroda va avtomatlashtirilgan harakatlarning 
murakkab navbatlashuviga misol bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki. 
I.P.Pavlov instinktlarni murakkab bog‘langan reflekslar deb atagandi. 
Oddiy shartsiz va shartli reflekslarda esa ular iroda harakatlari sirasiga 
272
kirmaydi. Ba’zi hollarda ular ongda aks etishi, boshqa paytlari aks 
etmasligi mumkin. Buni quyidagi misolda tushuntirib beramiz. Kishi 
kitob o‘qib o‘tiribdi va u tanasida iskoptopar turganini ko‘rib qoladi. 
Birinchi vaziyat: “Bu iskabtopar, meni chaqmasidan oldin uni o‘ldirish 
kerak”, deb o‘ylaydi. Bu irodali ongli harakatdir. Ikkinchi vaziyat: 
Odam tezda iskabtoparni o‘ldiradi, va ana shundan keyingina nima 
sodir bo‘lganini fahmlaydi. Bu reflektor harakatdir. Uchinchi vaziyat: 
odam kitob o‘qib turib, iskabtoparni o‘ldirib, xatto bunga ahamiyat 
ham bermaydi. Bu ongda aks etmagan refleksdir. 
Iroda harakatlari deb, oldindan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun 
ongli ravishda amalga oshiriladigan va rejalashtirilgan harakatlarga 
aytiladi. Iroda harakatlarini amalga oshirish mobaynida to‘sqinliklar-
ni yengish uchun iroda kuchi talab qilinadi. Bu iroda kuchini biz
turli darajadagi qiyinchiliklarga duch kelganda sezamiz. Masalan, 
oddiy qilib aytganda, har birimiz ana shu iroda kuchini sovuq suvga 
sakrayotganda o‘zimizda sinashimiz mumkin.
Biror bir vazifani uzoq vaqt bajarayotganda (masalan, kitob 
yozayotganda) muayyan iroda kuchiga ehtiyoj sezishimiz mumkin.
Iroda kuchini ishlatish qobiliyati individual va turlicha bo‘ladi. 
Bu borada irodasi kuchli va zaif odamlar farq qilinadi. Juda oddiy 
iroda harakatlarini amalga oshirganimizda iroda kuchini sezmaymiz. 
Harakatni amalga oshirishga bo‘lgan to‘sqinliklar qanchalik kam 
ifodalangan bo‘lsa, iroda, kuchi shunchalik oz bo‘ladi. Lekin 
patalogiyada, og‘ir nevrozlarda, depressiya paytida, shizofreniyada
iroda kuchiga qobiliyat shunchalik zaiflashgan bo‘ladiki, bemorlar 
oddiygina harakatlarni: turish, kiyinish, yuvinish kabi harakatlarni 
ham bajara olmaydilar. Chunonchi, kokaindan zaharlangan bemor 
o‘rnida yotib, juda chanqaganidan bir soatdan mobaynida yonida
turgan suv solingan stakanni qo‘l uzatib ololmagan.
Iroda jarayoni biron ishni bajarishga intilishdan yoki xohlashdan, 
harakat qilishdan boshlanadi. Intilishlar o‘z navbatida odam 
qiziqishlariga aloqador bo‘ladi. Bir necha qiziqish mavjud bo‘lganda 
ulardan bittasi asosiy qiziqish hisoblanadi. Masalan, shifokorda 
musiqaga, ov qilishga, surat yasashga, she’riyatga qiziqish bo‘lsada, 
lekin uning asosiy qiziqishi tibbiyotdir. Kishiga ta’rif berar ekanmiz, 


273
qiziqishlarning ko‘pligini va kamligini, ularning barqaror, kuchli 
yoki kam bo‘lishini farq qila bilish zarur. Qiziqishlarning jadalligida 
katta individual tafovutlar mavjud. Ko‘p kasalliklarda irodaning 
pasayishi hulq-atvorning va qiziqishlarning o‘zgarishi bilan kechadi. 
Turli xil kasalliklarda qiziqishlarning jadalligi va soni, odatda, 
turlicha bo‘ladi. Ko‘pincha, bemorlarning ishtaxasi yo‘qoladi, 
odatdagi mashg‘ulotlarga, o‘qishga qiziqmay qo‘yadilar. Ba’zi bir 
ruhiy xastaliklarda qiziqishlarga va harakat qilishga qobiliyatning 
patologik zaiflashuvi yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Chunonchi, 
depressiyada va shizofreniyaning ayrim turlarida bemorlar deyarli 
hech narsaga qiziqmay qo‘yadilar. Ular hech narsa qilgisi kelmaydi, 
hech narsa qiziqaydi. Bunday bemorlar uzoq vaqt, goho oylab va-
yillab kam harakatchan va faoliyat ko‘rsatmay, ko‘proq vaqtini 
o‘rinda yotib o‘tkazishadi. Ovqatga qiziqishning yo‘qligi,uzoq vaqt 
ovqatdan bosh tortishda ifodalanadi. Boshqa kasalliklarda, ayniqsa 
maniakal sindromda qiziqishlarning keskin oshishi va beqarorligi 
xos bo‘ladi. Chunonchi, akrixindan zaharlangan maniakal sindromga 
chalingan bemor ayol bir vaqtning o‘zida tibbiyot institutiga o‘qishga 
kirmoqchi, atirgullarning yangi navlarini o‘stirmoqchi va ulardan uyda 
atir ishlab chiqarmoqchi, yerga tegib, kamida oltita bola tug‘moqchi, 
kattakon roman yozmoqchi, opera teatrida ashula aytmoqchi, chet 
tilini o‘rganmoqchi va rangli fotosuratga olishni o‘zlashtirmoqchi 
bo‘lgan. Aslida esa u bittasining ham uddasidan chiqa olmagan.
Ma’lumki, har bir iroda harakatiga muayyan maqsad qaratilgan 
bo‘lib ,unga ana shu harakat natijasida erishilishi lozim. Shuni 
ta’kidlash kerakki, odam psixologiyasini tushunish uchun faqatgina 
harakat maqsadlari emas, balki harakat sabablari ham ahamiyatli 
bo‘ladi. Sabab va maqsadlar bir-biriga hamma vaqt ham to‘g‘ri 
kelavermaydi. Masalan, uchta ishchi ishlab chiqarish rejasini ortig‘i 
bilan bajarib kelmoqda. Ularning maqsadi biror bir buyumni imkoni 
boricha ko‘proq ishlab chiqarish bo‘lsada, sabablari har xildir. Birida – 
ijtimoiy sabab, ikkinchisi ko‘proq pul ishlab televizor sotib olmoqchi, 
uchunchisi esa ishga shunchaki ermak uchun kelib ketadi.
Harakatlar sabablarini tahlil etish sog‘lom va bemor odamlar 
psixologiyasini tushunish uchun kerak bo‘ladi. Chunonchi, ovqatdan 
274
bosh tortishga turli xil omillar sababchi bo‘ladi: ishtahaning yo‘qligi, 
ozishga harakat qilish, kasalxonaga borishdan bosh tortish va h.k. 
Oddiy iroda harakatlarida intilishdan keyin bevosita ijro etishga 
o‘tiladi. Birmuncha murakkab iroda harakatlarida esa intilish bevosita 
harakat qilishga o‘tmaydi. Balki murakkab iroda harakatlarida muhim 
o‘rin tutadigan muhokama etish va sabablar kurashi paydo bo‘ladi. 
Bu bosqich shundan iboratki, biz mazkur harakatni bajarish kerakmi-
yo‘qmi, degan o‘y-fikrlarni taroziga solib ko‘ramiz. Sabablar kurashi 
muayyan qaror qabul qilish bilan tugallanadi. Ushbu bosqichda 
iroda jarayonining ikkita kamchiligiga duch kelishga to‘g‘ri keladi. 
Muhokama etish bosqichi yetarlicha rivojlanmagan yoki u hatto 
bo‘lmaydigan odamlar bor. Bu esa o‘ylamay, yengil harakat qilishga 
olib keladi, chunki intilish yoki impuls birdan harakat qilishga 
aylanadi. Impulsiv harakatlar ba’zi bir ruhiy kasalliklarga, ayniqsa 
psixopatiyalarga xos bo‘ladi. Ma’lum sharoitlarda, bu harakatlardan 
soppa-sog‘ odamlar, ayniqsa xolerik mijozli kishilar ham istinso 
bo‘lmaydi.
Bordiyu, sabablarning kurash bosqichi juda cho‘zilib ketsa (bu 
harakatni tanlashning ikkilanish qiyinchiligida namoyon bo‘ladi), bu 
ruhiyot buzilganidan darak beradi. Bunday ikkilanish psixoastenik 
shaxslarga xos bo‘ladi. Umuman qaror qabul qilingach uni ijro 
etish kerak. Goho u yoki bu reja tuziladi, biroq hammasi ham ijro 
etilavermaydi. Ijro etish – iroda jarayonining eng qiyin bo‘lagidir. 
Hammaga ma’lumki, to‘g‘ri va oqilona qarorlar ko‘pincha osongina 
qabul qilinadi, ammo ularni ado etish mushkul bo‘ladi. Iroda kuchi 
asosan ana shu yakunlovchi bosqich (ado etish)ga qarab baholanadi. 
Ba’zi hollarda qarorni bajarish uchun ozgina iroda kuchi ko‘rsatilsa, 
bas, boshqa hollarda esa uni uzoq va izchillik bilan ko‘rsatish talab 
qilinadi. Shuni hisobga olmoq kerakki, iroda kuchi birorta ishni ado 
etishdagina emas, balki xohishni to‘xtatishda, ularni rad etishda 
namoyon bo‘ladi, shunda u birorta ahloqiy-etik fikr-mulohazalarga 
qarab kerak bo‘lib qoladi.
Shunchaki qaraganda, odam irodasi juda erkin va hech narsadan 
chegaralanmagandek bo‘lib tuyuladi. Oddiygina kuzatuvlar go‘yo 
buni tasdiqlaydi ham. Masalan, odam xohlasa o‘tiradi, xohlasa turadi


275
va hokazo. Agar odam ancha vaqt suv ichmay yursa, agar uning 
vujudi ana shu suyuqlikni juda qo‘msasa, u albatta chanqaydi va 
albatta suv ichgisi keladi. Shunday qilib, uning “mutloq erkin irodasi” 
cheklangan bo‘lib chiqadi va qandaydir shart-sharoitlarga bog‘liq 
bo‘ladi. Irodani tanlash imkoni borligini inkor etuvchi nazariyalar 
ham mavjud bo‘lgan. Ular fikricha har qanday hodisa, shu jumladan 
odamlarning xohishlari ham muayyan sabablarga aloqador bo‘ladi, 
shu bois shart-sharoitlar mavjud bo‘lgandagina odam biror harakatni 
ado etadi. Tanlash erkinligini his etish esa faqat illuziyadir. Mutloq 
erkin irodani tan olish va umuman irodani inkor etish mumkin emas.
Birinchisi dunyoni anglamaslikka olib keladi. Odam irodasi hech 
qaday qonuniyatlarga bo‘ysunmas ekan, jamiyatning taraqqiy etishi 
haqidagi fanni yaratish mumkin emas. Mexanistik determinizm ham 
ancha zararli. U xususan, taqdirga ishonishga, fatalizmga olib keladi. 
Haqiqatan ham, bordiyu odamning barcha hatti-harakatlari oldindan 
ma’lum bo‘lsa va uni hech o‘zgartirib bo‘lmasa, birorta ishni ado 
etishning, maqsadga erishishda urinib ko‘rishning keragi bo‘lmay 
qolardi.
Iroda erkinligi bunda inkor etilmaydi. U qaror qilish, oqilona tanlay 
bilish va o‘z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarish, ularning 
oqibatlarini oldindan bilish imkoniyati borligidan iborat. Shunday 
qilib, odam biror narsani yoki faoliyatni tanlashda, uning zaruriyatini 
anglagan holda eng zarur bo‘lgan qarorlardan birini qabul qiladi.
Odamning irodasi mehnat faoliyatida, o‘rganish va o‘rgatish
jarayonida, turmush mashaqqatlariga duch kelishida va ularni yengib 
o‘tishida bilinadi va mustahkamlanadi. Bolalikdan to‘g‘ri tarbiya 
berish katta ahamiyat kasb etadi. Bola erka qilib tarbiyalansa, uning 
barcha istaku-xohishlari so‘zsiz bajarib borilaversa, u hech narsaga 
intilmasdan o‘sadi, katta bo‘lganida qiyinchiliklarga bardosh bera 
olmaydi. Bu esa irodaning taraqqiy etishiga g‘oyat salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Bunday bolalarning irodasi mo‘rt bo‘ladi, uzoq vaqt davom 
etadigan ishlarga qodir bo‘lmay qoladi. Ular mustaqil bo‘la olmaydi, 
hayotning yangi sharoitlariga ko‘nika olmaydi, qiyinchiliklarni yenga 
olmaydi. Bunday tarbiya o‘ta erka tarbiya deb ataladi. Bolalar o‘z 
holiga qoldirilganda, ota-onalar ularning tarbiyasiga befarq qarashsa 
276
bunday tarbiya noxush oqibatlarga olib keladi. Bunda hulq-atvor 
ham buzilib ketadi. Dadillik, tirishqoqlik, qat’iylik, tashabbuskorlik, 
intizomlilik, vazminlik va o‘zini tuta bilishlik odamning ijobiy 
fazilatlariga mansubdir. Ikkilanish, lohaslik, lanjlik, tashabbussizlik, 
jur’atsizlik, shuningdek qaysarlik, hamma narsaga salbiy munosabatda 
bo‘lishlik (negativizm) irodaning salbiy xususiyatlariga taalluqlidir. 
Ayni paytda shuni nazarda tutish kerakki, odatda, odamlardagi ihlos 
qo‘yish darajasi individual tarzda juda hilma-xil bo‘ladi. Irodani 
tarbiyalashda qiyinchiliklarni yenga bilish ahamiyatlidir. Odam oldiga 
hal qilinishi borgan sari qiyinlashib boradigan vazifalar qo‘yilishi 
odatda insonni chiniqtiradi va foydali hisoblanadi. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin