Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

8.2. Iroda
Iroda 
– 
deb shaxsning oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda 
qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qaratilgan faoliyati va hulq-atvorini 
ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini boshqarishiga aytiladi. 
Iroda – bu shaxs faolligining alohida shakli, uning hulq-atvorini 
tashkil etishning u tomonidan qo‘yilgan maqsad bilan belgilanadigan 
alohida turi bo‘lib, u tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa 
uni o‘z ehtiyojlariga ko‘ra o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladigan 
kishining mehnat faoliyatida paydo bo‘ladi.
Iroda o‘zaro bog‘liq ikkita vazifaning – 
undovchi va tormozlash
(to‘xtatish) vazifalarining bajarilishini ta’minlaydi va ularda o‘zini 
namoyon qiladi.
Undovchi vazifasi
kishining 
faolligi
bilan ta’minlanadi. Harakat 
oldingi vaziyat (chaqiriqqa nisbatan kishi aylanib qaraydi, o‘yinda 
tashlangan to‘pni qaytaradi, qo‘pol so‘zdan hafa bo‘ladi va hokazo) 
bilan bog‘liq bo‘lgan paytdagi faollik harakatning ayni o‘zida 
namoyon bo‘ladigan ichki holatiga nisbatan subyektning o‘ziga xos 
xususiyatini kuchga kiritish harakatini chiqaradi (zarur axborotni 
olishga ehtiyoj sezayotgan kishi o‘rtog‘ini chaqiradi, jahli chiqqan 
holatda yonidagilariga qo‘pollik qilishga yo‘l qo‘yadi va hokazo).
Irodaning 
undovchi vazifasi
bilan birgalikda harakat qiluvchi 
to‘xtatish vazifasi faollikning yoqimsiz ko‘rinishlarini jilovlashda 
namoyon bo‘ladi. Shaxs o‘zining dunyoqarashida eng yuksak 
maqsadlariga javob bermaydigan motivlarning o‘yg‘onishini va 
harakatlarning bajarilishini to‘xtatishga qodirdir. To‘xtatish bo‘lmasa, 
hulq-atvorni boshqarib bo‘lmas edi.
Odamlar o‘zlarining qilgan ishlari uchun ma’suliyatni kimga 
yuklashga moyil bo‘lishiga qarab sezilarli ravishda farqlanadilar. 
Kishining o‘z faoliyati natijalari uchun ma’suliyatni tashqi kuchlarga 
va sharoitlarga qayd qilib qo‘yish, yoki, aksincha ularni shaxsiy kuch-
270
g‘ayratlariga va qobiliyatlariga moyilligini belgilaydigan sifatlar 
nazoratni lokallashtirish
(“nazorat lokusi” degan termin qo‘llaniladi, 
lotinchada lotus – o‘rnashgan joy va fransuzchada controle – 
tekshirish deyiladi)
deyiladi. O‘z hulq-atvori va o‘z ishlari sabablarini 
tashqi omillar (taqdir, holat, tasodif va boshqalar)dan deb bilishga 
moyil bo‘ladigan odamlar bor. Shunaqa paytda 
nazoratning tashqi 
(eksternal) lokallashtirilishi 
to‘g‘risida gapiriladi. Bu toifaga mansub 
o‘quvchilar olingan qoniqarsiz baholarini istagan vaj-bahona bilan 
tushuntirishadi. Tadqiqotlar nazoratning eksternal lokallikka moyilligi 
mas’uliyatsizlik, o‘z imkoniyatlariga ishonmaslik, xavfsirash, o‘z 
niyatlarini ro‘yobga chiqarishni yana va yana kechiktirishga intilish 
kabi shaxsiy fazilatlar bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatdi. Agar inson, 
odatda o‘z qilmishlari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olsa va 
uning sabablarini o‘z qobiliyati, xarakteri va shu kabilarda deb bilsa, 
unda 
nazoratning ichki (internal) lokallashuvi
ustun deb hisoblash 
uchun asos bor. Nazoratning ichki lokallashtirilishi xos bo‘lgan 
odamlar maqsadga erishishda ancha ma’suliyatli, izchil o‘z-o‘zini 
tahlil qilishga moyil hamda mustaqil bo‘lishi aniqlangan.
Odamning xatti-harakatlari va faoliyati ixtiyorsiz va ixtiyoriy 
bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz harakatlar amalga oshirilishi uchun 
ongning ishtirok etish shart emas, ular umuman onggacha yetmasligi 
yoki harakatlar amalga oshganidan keyin ongda aks etishi mumkin. 
Ihtiyorsiz harakatlardan farqli o‘laroq, irodali yoki ixtiyoriy harakatlar 
ong boshqaruvi asosida amalga oshib, muayyan, oldindan ko‘zlagan 
maqsadga erishishga qaratilgan bo‘ladi. Shartsiz va qisman shartli 
reflekslar ihtiyorsiz harakatlar sirasiga kiradi. I.P.Pavlov bo‘yicha 
ixtiyoriy harakatlar asosida ikkinchi signal sistemasi yordamida 
amalga oshiriladigan oliy tartibdagi zanjir reflekslari yotadi.
Hayvonlar hayotida instinktiv harakatlar katta o‘rin tutadi. Bularga
tayyor holda nasldan-naslga o‘tadigan fe’l-atvorning murakkab 
shakllari mansub bo‘ladi. Bunday irsiy axborotni yo‘ldosh plazmasi 
orqali o‘tkazish mexanizmlari hozirgi vaqtda biolog-genetiklar 
tomonidan muvaffaqiyatli o‘rganilmoqda. Qushlar, chumolilar, 
asalarilarning oldindan o‘rgatmay turib namoyon bo‘ladigan fe’l-
atvorining murrakab instinktiv shakllari hammaga ma’lum. 


271
Instinktiv harakatlarning ixtiyoriy harakatlardan farqi shundaki, ular-
ni vujudga keltiruvchi organizm qandaydir muayyan maqsadni o‘z
oldiga qo‘ymaydi va o‘z harakatlaridan hech qanday natijalarni kuzda 
tutmaydi. Agar instinktiv harakatlar ko‘pgina hayvonlarning hayotida
fe’l-atvorining asosini tashkil qilsa, odam hayotida esa instinktiv 
harakatlar sof holda ancha kam o‘rin tutadi. Lekin odamdagi jinsiy, 
onalik va boshqa instinktlar bundan mustasno.
Zamonaviy madaniyatli kishidagi instinktlar ongli ravishda 
iroda harakatlari tomonidan boshqariladigan murakkab faoliyatning 
tarkibiy qismiga kiradi. Bu harakatlar instinktdan kelib chiqishi 
ehtimoli bo‘lgan ehtiyojlarga muvofiq amalga oshirilishi mumkin. 
Avtomatik harakatlar yoki avtomatizmlar deb, avvaliga ongli, 
lekin ong nazoratidan mashq qilish natijasida muayyan darajada ozod 
bo‘lgan harakatlarga aytiladi. Chunonchi, yosh bola xat yozishni 
o‘rganar ekan, harflarni yozayotganda ongli ravishda u yoki bu 
elementlarni masalan, “i” harfiga kiruvchi uchta chiziqni qilib qilib 
birlashtirish kerak, deb o‘ylaydi. Xat ko‘nikmasini orttirgandan 
keyin harflarni yozish avtomatlashtiriladi va biz harflar qanday 
qilib yozilishini o‘ylamasdan, xatto qilib qilib yozayotganimizga 
ham e’tibor bermasdan yozib ketaveramiz. Xuddi shu tariqa raqs 
o‘rganuvchi ham oldin muntazam izchillikda ongli ravishda muayyan 
harakatlar qilib o‘rganib olgach, osonlikcha avtomatik ravishda raqsga 
tushaveradi, bunda u o‘z oyoqlarining harakatlarini ong nazoratisiz 
harakat qildiradi boshlaydi. Bayon etilgan avtomatizm 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin