255
paydo bo‘lishini quyidagi tarzda tushuntirib beradi. Atrof-muhitdagi
hodisalar odam ruhiyatiga, u orqali esa vegetativ nerv sistemasiga
ta’sir o‘tkazar ekan, a’zoizmda muayyan o‘zgarishlarni keltirib
chiqaradi. Bu o‘zgarishlar odam tomonidan talqin qilinadi, aynan ana
shu talqin hissiyotning o‘zi ekan. Bu jarayon quyidagicha ta’riflanadi.
Avval odam tanasida qandaydir bir his paydo bo‘ladi (masalan, eti
jimirlaydi), ko‘zi yosharadi, keyin esa qalbida qandaydir tuyg‘u
paydo bo‘ladi.
XX asr boshlanishida Jeyms-Lange nazariyasi juda ko‘p tanqidga
uchragan bo‘lsada, lekin so‘nggi paytlarda bu nazariyaga qiziqish
paydo bo‘lib, bu nazariyaga yaqin turadigan hissiyot haqida yangi
nazariyalar paydo bo‘ldi. Bu nazariyalarning paydo bo‘lishi ko‘p
jihatdan individual psixologiyaning rivojlanishi bilan ham bog‘liq.
His-tuyg‘u bizning tevarak atrofga nisbatan bo‘lgan munosabati-
mizni aks ettiradi dedik. Albatta biz sodir bo‘layotgan voqealarni faqat
idrok etmasdan, balki unga muayyan tarzda o‘z munosabatimizni
ham bildiramiz. Biz kosmonavtlar amalga oshirgan qahramonlik
mohiyatinigina emas, shu munosabat bilan mag‘rurlik hissini ham
sezamiz. Odamning turli xil va ko‘p qirrali his-tuyg‘ulari hamda
hissiyotlari ma’lum darajada ijobiy va salbiylarga ajratilishi mumkin.
Masalan, ishq-muhabbatning ijobiy hissiga rashkning salbiy hissi
qo‘shilib qolishi mumkin. His-tuyg‘ular va sezgilar bir-biriga yaqin
turgan tushunchalar hisoblanadi. Hissiyot va sezgiga mana bunday
ta’rif berish ham mumkin: atrofdagi olamga munosabatda bo‘lishga
aloqador qisqa fursatli holatlar hissiyot deb, bir qadar uzoq davom
etuvchi va chuqur holatlar sezgilar deb ataladi. Masalan, onaning o‘z
farzandiga bo‘lgan mehr-muhabbat hissiga mehribonlik, g‘ururlik,
mehr-shavqat va farzandning fe’l-atvori yoqmasligi ham kiradi. Bu
kechinmalarni hissiyot va
Dostları ilə paylaş: