Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

7.5. Nutq va xayol
Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o‘tmish, hozirgi 
zamon va kelajakka oid narsalar, voqelik yuzasidan axborot, xabar, 
ma’lumot berishi mumkin. Odamdagi shaxsiy individual tajribaning 
umuminsoniy tajriba bilan bog‘liqligi kishilarda tilning mavjudligi 
bilan izohlanib, u oddiy qilib tushuntirilganda so‘z va belgilar tizimi 
hamda yig‘indisidan iboratdir. 
Tilning asosiy funksiyalari:
1) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga 
uzatish, berish va o‘zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi;
2) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-
harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‘ladi;
3) til intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qiladi 
(muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yechishni rejalashtirish, 
ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
Odam o‘zi xoh amaliy xoh aqliy harakat qilishidan qat’iy nazar uni 
rejalashtirib, buning yechimi uchun vosita qidirishning va umumiy 
fikriy masalalarini hal qilishning asosiy quroli til hisoblanadi.
Nutq faoliyati
– odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani 
o‘zlashtirish, avlodlarga uzatish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z 
shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida 
tildan foydalanish jarayonidir.
248
Nutq turlarining E.G‘.G‘oziyev muayyan asoslariga suyangan 
holda 
noverbal va verbal
turlarga
 
bo‘ladi. 
Noverbal nutq
genetik kelib 
chiqish jihatidan birlamchi hisoblanadi, chunki insonning ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, so‘zsiz nutq turlari 
paydo bo‘lgan bo‘lib, u o‘z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini 
qamrab olgan. 
Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishlarga 
ajratish mumkin: 
imo-ishora,
mimika,
pantomimika,
exologik, ya’ni aks-sado,
signifikatsiya,
daktologik (barmoq nutqi).
Verbal nutq turkumini shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish 
mumkin: og‘zaki va yozma. Ularning quyidagi ko‘rinishlari 
farqlanadi:
1) monologik; 
2) diologik;
3) polilogik; 
4) tashqi; 
5) ichki; 
6) ekspressiv; 
7) impressiv; 
8) lakonik (qatra, yig‘iq); 
9) epik (yoyiq); 
10) affektiv (jahl holatidagi).
Jahon psixologiyasida 
xayol
insonning ijodiy faoliyatining 
tarkibiy qismi sifatida talqin qilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-
harakatning oraliq va yakuniy mahsullari orqali aks etadi, muammoli 
vaziyatda noaniqlik, noma’lumlik alomatlari vujudga kelsa, u holda 
faoliyat rejasini qayta ko‘rib chiqishni ta’minlash imkoniyatiga ega. 
Xayolning asosiy vazifasi amaliy faoliyat boshlanmasdan turib, uning 
mahsulini oldindan tasavvur qilish va ularni timsollar tariqasida 
vujudga keltirishdan iboratdir. 


249
Xayol boshqa bilish jarayonlari bilan uzviy aloqada bo‘lib, ularni 
aks ettirish imkoniyatining to‘laroq ro‘yobga chiqishiga yordam 
beradi. Ayniqsa, u tafakkur bilan bevosita aloqada bo‘ladi, xuddi shu 
boisdan ularning har ikkalasida ham bashorat qilish, oldindan payqash, 
sezish, istiqbol rejasini tuzish imkoniyati mavjud. Ular o‘rtasida bir 
qator o‘xshashliklar va ayrim farqlar mavjud, ya’ni: 
− xayol tafakkur singari muammoli vaziyatda, masala va 
topshiriqlar yechish jarayonida tug‘iladi; 
− yangi yechim, usul, vosita qidirishda va ularni saralashda 
umumiylik mavjud; 
− xayolning ham, tafakkurning ham paydo bo‘lishi shaxsning 
ehtiyojlariga bevosita bog‘liq;
− ehtiyojlarni qondirishning dastlab xayoliy obrazlari yaratiladi, 
uning natijasida vaziyatni yorqin tasavvur qilish imkoni tug‘iladi; 
− xayolda oldindan aks ettirish jonli tasavvurlar tarzida, yaqqol 
timsollar shaklida vujudga kelsa, tafakkurda ular umumlashmalar, 
tushunchalar, bilvositalik xususiyati orqali ro‘yobga chiqadi.
Xayol jarayoni tafakkurdan farqli o‘laroq muammoli vaziyatning 
ma’lumotlari qanchalik noaniq bo‘lsa, shunchalik tasavvur obrazlari 
yaralishi uchun qulay imkoniyat tug‘iladi, uning mexanizmlari 
tezkorlikda ishga tushadi. 
Xayol turlari. Inson quyidagi holatlarda xayolot olamiga kirib 
borishi mumkin: 
1) inson hech qanday yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan masalalar, 
muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida; 
2) turmushning og‘ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himoyalanish 
niyatida; 
3) shaxsiy nuqsonlarning tarkibidan; 
4) ushalmagan armondan; 
5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga) uchraganda; 
6) alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda. 
Xayolot (fantaziya)
turmushda gavdalanishi mumkin bo‘lmagan, 
amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar dasturini namoyon 
etib, u 
passiv (sust)
xayol deb nomlanadi. Xayolning bundan tashqari 
250
aktiv (faol), ixtiyoriy, ixtiyorsiz, qayta tiklovchi va ijodiy
turlari ham 
mavjud.
Inson 
passiv xayolni
oldindan ixtiyoriy rejalashtirib, iroda bilan 
hech bir bog‘liq bo‘lmagan, jo‘rttaga “kashf” qilingan, biroq hayotda 
gavdalantirishga yo‘naltirilgan obrazlari majmuasi 
“shirin xayol”
deyiladi. 
Odatda, «shirin xayol»da fantaziyaning mahsullari bilan insonning 
ehtiyojlari o‘rtasidagi aloqa yengillik bilan yuzaga kelganligi tufayli 
quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida odamlar xayol suradilar. 
Inson qanchalik shirin xayolga berilsa, u shunchalik darajada passiv 
shaxs sanalib, bu uning nuqsoni hisoblanadi. Goho passiv xayol 
ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi ham mumkin, bunda quyidagi 
holat yuz beradi: 
A) ong nazoratining kuchsizlanishi; 
B) ikkinchi signallar tizimining susayishi; 
D) insonning vaqtincha harakatsizlanishi;
E) uyqusirash kezida; 
F) affektiv vaziyatda; 
G) tush ko‘rishda; 
H) gallyusinatsiyada; 
I) patologik holatlarda va h.k.
Passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga ajratilganidek, aktiv 
xayol qayta tiklovchi va ijodiy ko‘rinishlarga bo‘linadi.
O‘zining mohiyati bilan tasavvurlarga muvofiq keladigan tasvirlar 
tizimini yaratuvchi xayol 
“qayta tiklovchi xayol”
deb atalib, u 
tabiatga, jamiyatga va shaxslararo munosabatga, bilimlarga oid 
ma’lumotlar o‘rganilishida bevosita ishtirok etadi hamda matnlarda, 
rasmlarda, xaritalarda aks ettirilgan narsalar qayta tiklanadi. Diqqat 
bilan, sinchkovlik bilan qarash, tiqilish jarayonida mazkur xayol turi 
rivojlanadi.
Ijodiy xayol
tiklovchi xayoldan farqli o‘laroq original va qimmatli 
moddiy, ijodiy mahsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning 
yaratilishidan iborat xayol turidir.


251

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin