Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Tafakkur shakllari
Tafakkur shakllari psixologiyada kognitiv dissonans, tushuncha, 
hukm, xulosa chiqarish bosqichlarida ifodalanadi 
TAFAKKUR SHAKLLARI
Kognitiv 
dissonans
Tushuncha
Hukm
Xulosa
Hayajonlanish,
ajab lanish, qi zi-
qish, hay rat la-
nish, lol qolish,
shubhalanish
Induktiv 
deduktiv 
analogik
Juz’iy, 
tax miniy 
shart li, 
tas diq lov-
chi
Yakka, 
kon kret, 
umu miy, 
ab s trakt, 
xu susiy, 
to‘p lanma
7.4.2-chizma. Tafakkur shakllari
242
1. 
Kognitiv dissonans.
Insonni yangi bilimlarni izlashga, muam-
molarni yechimini topishga chorlovchi hayajonlanish, ajablanish, 
qiziqish, hayratlanish, lol qolish, shubhalanish kabi intellektual his-
larning paydo bo‘lishi. 
2
. T
ushunchalar
. Inson voqelikni bilish jarayonida narsalarni 
bir-biri bilan taqqoslaydi, ularning o‘xshashligi va farqini aniqlaydi: 
analiz va sintez yo‘li bilan narsa va hodisalarning mohiyatini ochadi, 
fikran ularning belgilarini ajratadi, bu belgilarni abstraksiyalashtiradi 
va umumlashtiradi. Natijada odam voqelikdagi narsa va hodisalar 
to‘g‘risida tushuncha hosil qiladi. Tushunchalar mohiyati hukmlarda 
yoritiladi, mavjud hukmlar asosida xulosa chiqariladi, yangi hukm 
hosil qilinadi, topilgan yangi belgilar, alomatlar tushunchalarni 
yanada boyitadi.
3. 
Hukmlar.
Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida 
tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr 
hukm
deb ataladi. Moddiy 
olamda haqiqatdan bog‘liq bo‘lmagan narsa hukmda bog‘liq qilib 
ko‘rsatilsa, bunday hukm 
xato 
(yolg‘on) hukm deb ataladi. Chunki 
bu hukmda aks ettirilgan sifatlar (belgi va alomatlar) bu narsalarga 
aslo muvofiq kelmaydi. Masalan, “Atom – moddaning bo‘linmas 
zarrachasidir” degan noto‘g‘ri hukmdir. 
4. 
Xulosa
chiqarish
. Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog‘lanishi 
natijasida hosil bo‘lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida 
alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: 
induktiv, deduktiv va analogik.
Induktiv
xulosa chiqarish –bir necha yakka yoki ayrim hukmlardan 
umumiy hukmga o‘tiladi yoki ayrim fakt va hodisalarni o‘rganish 
asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi. Masalan: Toshkent 
Pediatriya Tibbiyot instituti talabalari qishki sessiyaga puxta hozirlik 
ko‘rmoqdalar. Shahardagi boshqa oliy o‘quv yurti talabalari ham 
qishki sessiyaga tayyorgarlikni kuchaytirmoqdalar. Demak, Toshkent 
shahrining barcha tibbiyot oliy o‘quv yurti talabalari qishki sessiyaga 
qunt bilan tayyorlanmoqdalar, degan hukm chiqariladi. 
Deduktiv
xulosa chiqarishda – umumiy va yakka hukmlardan 
yakka yoki juz’iy hukm keltirib chiqariladi. Misol uchun: O‘zbekiston 
“Yoshlar ittifoqi” a’zolari shijoatli yoshlardir. Toshkent Pediatriya 


243
Tibbiyot instituti talabalari “Yoshlar ittifoqi” a’zosidirlar. Demak, 
ular ham shijoatlidirlar.
Analogik
xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda ik-
ki predmetning ba’zi bir belgilari o‘xshashligiga qarab, bu pred-
metlarning boshqa belgilari o‘xshashligi to‘g‘risida ham xulosa 
chiqariladi. 
Analogiya 
deb, narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshash 
bo‘lgan ba’zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa 
chiqarish shakliga aytiladi. Shunday qilib, analogik yo‘l bilan 
xulosa chiqarganda, murakkab qonuniyatlar to‘g‘risidagi bilimlar 
o‘zlashtirilmasada, lekin turmushning turli jabhalarida undan 
foydalanib turiladi. 
Psixologiya fanida tafakkur quyidagicha shartli klassifikatsiya 
(turlanish) qilinadi:

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin