Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Unutish va esda saqlash. 
Unutish xotira jarayoni sifatida ta’rifga 
ega bo‘lib, o‘zini vujudga kelish xususiyatiga bog‘liq tarzda o‘ta chuqur 
va yuzaki ko‘rinishlarga ega. Xuddi shu bois, unutilgan obrazlarning 
yoki fikrlarning faollashuvi u yoki bu darajada qiyinchiliklarga 
uchrashi, hatto amalga oshmaydigan voqelikka aylanishi mumkin. 
Shaxsning faoliyatida xotirada to‘plangan materiallar (turlicha 
bo‘lishidan qat’i nazar) amaliyotda kamroq qo‘llanilsa, foydalanilsa 
(ortiqcha yuk xususiyatini kasb etsa), unutish tobora chuqurlashib 
boradi, buning natijasida faol hayotiy maqsadga erishish yo‘lidagi 
ahamiyati pasayadi. Ammo qaysidir materialni eslash chog‘ida 
qiyinchilik, sun’iy to‘siq yuzaga kelsa, uni mutlaqo yo‘qqa chiqarish 
kerak emas, chunki, bu hodisa uni batamom shaxs xotirasidan chiqib 
ketishini bildirmaydi. Odatda, materiallar (obyektlar, subyektlar)ning 
aniq, yaqqol, mavjud tomonlarining shakli unutiladi, bundan tashqari, 
uning hukm surishi, barqaror ahamiyatli mazmuni esa unga o‘xshash 
(mutanosib) bilimlar va xulq-atvor harakatlari shakliy birliklari bilan 
qo‘shilib ketadi, oqibat natijada xulq-atvorning mazkur shakllarida 
taassurotlar integral (umumlashma, yig‘iq) tarzda esga tushishi 
mumkin. I.P.Pavlovning dalillashicha, so‘nib borayotgan reflekslar 
o‘zlarini tiklashlari uchun dastlabki paydo bo‘lish davriga qaraganda 
takrorlash miqdorini kamroq talab etadi. bunday tashqari, so‘nib 
borayotgan reflekslar muayyan sharoit yoki vaziyatga tormozlanish, 
to‘xtalishga uchrashi mumkin. Bu voqelik allaqachon unutilgan deb 
tasavvur qilingan taassurotlarning favqulodda ayrim omillarni esga 
tushirish holati bilan izohlanadi. Masalan, og‘ir betob holda yotgan 
odam qachonlardir o‘rgangan she’rini tasodifan yoddan aytadi, 
vaholanki, undan uzoq-yillar foydalanmagani uchun uni batamom 
unutgan deb o‘ylash mumkin. 
Xotira jarayoni hisoblanmish unutish bu o‘ziga xos, rang-barang, 
izohtalab ruhiy kognitiv hodisa. Assotsiativ psixologiya maktabining 
vakili, taniqli psixolog G.Ebbingauz jahon psixologiyasida birinchi 


237
bo‘lib, 1885-yilda oliy ruhiy jarayon bo‘lgan xotirani (1888-yilda 
intellektni) ilmiy tajriba metodi negizida tekshirdi va keng ko‘lamda 
turmushga tatbiq etdi. G.Ebbingauz unutishning vaqtga bog‘liqligini 
tajriba orqali aniqlagan. To‘plangan natijalarning ko‘rsatishicha, ma-
terial yod olingandan so‘ng unutish sur’ati tez, keyinchalik u bir-
muncha sekinlashadi. Bu qonuniyat ma’nosiz ayrim bo‘g‘inlarni 
unutish ustida olib borgan ishlarida tasdiqlangan. Tajribalarning 
ko‘rsa tishiga, qaraganda, o‘rganilgan narsalar bir soatdan keyin 
unutiladi. Materialni o‘zlashtirish jarayoni mobaynida, xotirlash 
natijasida unutish sekinlashib boradi. Vaqtning o‘tishi bilan birmuncha 
unutilib borilayotgan yoki unutilib ketilayotgan vaqtli bog‘lanishlarni, 
ya’ni assotsiatsiyalarni qaytadan tiklash jarayoni kuch-quvvat, xatti-
harakatlarni talab qiladi.
Tadqiqotlar natijasiga asoslangan holda mana bunday xulosaga 
kelish mumkin: birinchidan, bir mavzudan boshqa bir mavzuga 
o‘tish chog‘ida biroz to‘xtalish qilish tufayli asabiy taranglashuv, 
jiddiylik, aqliy zo‘riqish kamayadi; ikkinchidan, auditoriyadan 
tashqari mashg‘ulotlarda mustaqil bilim olishda turdosh, jinsdosh 
o‘xshash fanlar yuzasidan emas, balki o‘zaro bir-biri bilan keskin 
tafovutlanuvchi sohalar bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini yo‘lga qo‘yish 
darkor.
Ma’lumotlarni samarali o‘zlashtirish (esda olib qolish, esda 
saqlash, qayta esga tushirish) masalalari psixologiya sohasida keng 
tadqiqot obyektiga aylangan. Olib borilayotgan tadqiqotlar samarali 
o‘zlashtirish usullari yaratilishiga zamin bo‘lmoqda. Bunday 
usullardan “Intellekt karta”si (
ing. mind maps
) bo‘lib, taniqli ingliz 
psixologi, xotira va ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi metodikalar 
muallifi Toni Byuzen tomonidan ishlab chiqilgan. Mazkur metodika 
hozirgi kunda aqliy faoliyatning samaradorligini oshirishda 
qo‘llaniladigan eng universal va oddiy usul hisoblanib, zamonaviy 
konspekt deb ham yuritilmoqda. Intellekt kartasi malumotlarni qayta 
ishlab chiqish, tartibga solish, tizimlashtirish, faoliyatni rejalashtirish, 
murakkab vaziyat va topshiriqlarni yechish, muammolarni hal 
qilishning turli variantlarini jamoaviy ko‘rib chiqish, barcha ijodiy v

238
intellektual imkoniyatlaridan foydalanish hamda barcha psixik-bilish 
jarayonlari (xotira, diqqat, sezgi, idrok, tasavvur, tafakkur, nutq, 
xayol)ni rivojlantirishda qo‘llaniladi. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin