233
olish uchun inson tomonidan tegishli ravishda qayta ishlab chiqishi,
zarur materiallarni bunday ishlab chiqish uchun ma’lum darajada
muddat talab etishi tabiiy holdir. Ana shu muddat oralig‘ida xotirada
qayta tiklanayotgan izlarni
konsolidatsiyalash – mustahkamlash
deb
qabul qilingan.
Juda ko‘p qaytarishlar va qayta tiklashlar natijasida materialni
uzoq muddat davomida esda saqlab qolish
uzoq muddatli xotiraga
xos bo‘lsa, undan farq qilgan holda
qisqa muddatli xotira
bir marta
hamda juda qisqa vaqt oralig‘ida idrok qilish va shu ondayoq qayta
tiklashdan so‘ng qisqa muddatli esda olib qolish bilan xarakterlanadi.
Operativ xotira
vositachilik funksiyasiga ega bo‘lib, u inson
tomonidan bevosita amalga oshirilayotgan faol, tezkor harakatlar
va usullar uchun xizmat qiluvchi jarayonni anglatuvchi mnemik
holatdir. Masalan: matematik amalni bajarishga kirishar ekanmiz,
biz uni muayyan bo‘laklarga ajratib hal qilishni maqsad qilib qo‘yib,
oraliq natijalarini yodda saqlashga intilamiz, nihoyasiga (oxir
vayakunlanishga) yaqinlashgan sari ayrim materiallar esdan chiqa
boshlaydi.
Fenomenal
xotira tug‘ma qobiliyatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib,
bir vaqtning o‘zida nisbatan juda katta hajmdagi ma’lumotlarni esda
olib qolish, saqlash va qayta esga tushirishdir.
Xotiraning esda olib qolish (
fiksatsiya
), esda saqlash (
retensiya
),
esga tushirish (
reproduksiya
), unutish kabi jarayonlari ham alohida
ajratib ko‘rsatiladi.
Ularning har biri mustaqil holatda namoyon bo‘lmaydi, chunki
ular muayyan faoliyat davomida, xoh bilish, xoh mnemik faoliyat
bo‘lishidan qat’iy nazar shakllanadi va o‘sha faoliyat tuzilishi,
mohiyati va mazmuni bilan belgilanadi. Shu bois
inson tomonidan
biror bir ma’lumotni esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish
uning individual tajriba ko‘lami, bilim saviyasi va aql-zakovati
darajasiga ham bog‘liqdir.
234
7.3.2-chizma.
Dostları ilə paylaş: