231
Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir nechta turlari ajratib
ko‘rsatiladi (7.3.1-chizma). Ulardan biri
izchil obrazlar
bo‘lib, u
sensor xotiraning eng sodda ko‘rinishi yoki shaklidir. Ularning
namoyon bo‘lish hodisasi quyidagilardan tuzilgan: agar subyekt
(shaxs)ga bir necha daqiqa oddiy qo‘zg‘atuvchi yuborilsa, jumladan,
10
–
15 sek., yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so‘ng
tekshiriluvchi oldidan kvadrat olib qo‘yilsa, u qizil kvadrat o‘rnida
xuddi shunday geometrik shakl izini ko‘rishda davom etadi, asosan,
bu shakl ko‘k-yashil rangda gavdalanadi.
Obrazli
xotira
Ta’m
bilish
Hea
bilish
Ko‘rish
Eshitish
Izchil
xotira
Tasavvur
xotirasi
Eydetik
7.3.1-chizma. Obrazli xotira turlari
Mazkur iz o‘sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo
bo‘lib, 15 sekunddan to 45
–
60 sekundgacha o‘sha obyektda saqlanib
turadi, shundan so‘ng u asta-sekin oqara boshlaydi. Natijada o‘zining
aniq konturini yo‘qotadi, keyinchalik mutlaqo yo‘qolib ketadi,
goho butunlay yo‘qolish uchun qaytadan paydo bo‘lishi mumkin.
Odamlarning individual-tipologik xususiyatlariga qarab, izchil
obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo‘lishi mumkin.
Eydetik obrazlar (yunon. “eydos” – obraz)
izchil obrazlardan
farqli ravishda bunda narsa va hodisalarning obrazlari yaqqolroq
namoyon etadi.
Tajribalarda aniqlanishicha, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson
ongida saqlanishi, mabodo ularning izlari yo‘qolib ketgan bo‘lsa
232
ham, lekin hech qanday qiyinchiliksiz uning siymosi qayta tiklanishi
mumkin ekan.
Tasavvur obrazlari
xotiraning yanada murakkabroq turi bo‘lib,
bunda eydetik obrazlarga qaraganda ancha boy bo‘lib, o‘ziga xos
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tasavvur obrazlarini eydetik
obrazlardan ajratuvchi farq – tasavvur obrazlarining
polimodallik
xususiyati,
buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari ko‘rish, eshitish,
teri orqali sezish izlarining tarkibiy qismlarini birlashtirishidir.
Masalan, meva to‘g‘risidagi tasavvur obrazi uning tashqi ko‘rinishi
(shakli, rangi, mazasi, og‘irligi va vazni)ni o‘zaro birlashtirib aks
ettiradi.
So‘z-mantiq xotirasi
mazmunini fikr va mulohazalar, aniq
hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etib, ularni ifodalash faqat
o‘zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izohlash, talqin
qilib berishga qaratilgan bo‘ladi. Ularni so‘zma-so‘z ifodalanilishini
aynan aytib berishga qaratilgan bo‘lib, ma’lumot, axborot, xabar,
material ma’no jihatdan qayta ishlanmasa, u holda materialni so‘zma
so‘z o‘zlashtirish
mexanik
esda olib qolish deyiladi.
Dostları ilə paylaş: