245
masalalarini yechish vaqtida fikr yuritish, mulohaza bildirish abstrakt
tafakkurga xos misollardir.
Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy
tafakkur deb ataladi. Tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni, muno-
sabatlarni, ichki bog‘lanishlarni yoritib borish va shu bog‘lanishlarni
nazariy jihatdan fikr yuritish yo‘li bilan izohlash kabi jarayonlarni
nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin.
Voqelikni o‘zlashtirish vositasi bilan
real narsa va hodisalarni
ya ratishga yo‘naltirilgan fikr yuritish amaliy tafakkur deb ataladi.
U qo‘yilgan amaliy va nazariy vazifalarni yangi usullar bilan hal
qilish, ongimizda yangi tasavvur, tushuncha va hukmlar hosil qilish,
muayyan yangi narsalar yaratish bilan bog‘liq murakkab tafakkur
jarayonidir.
Ijodiy tafakkur murakkab bilish faoliyatidan biri bo‘lib tadrijiy
ravishda, izchil o‘zaro bog‘langan jarayonlardan tashkil topadi:
dastavval savollar tug‘iladi, vazifa aniqlanadi, masalani yechish yoki
savollarga javob qidirish jarayoni vujudga keladi. Ijodiy tafakkur turi
o‘zining samaradorligi va dolzarbligi, universalligi bilan boshqa fikr
yuritish jarayonlaridan farq qiladi, yangi-yangi muammolarni o‘ylab
chiqishda, masalani hal qilishda zarur jarayon bo‘lib, insonning bilish
faoliyatida yetakchi rol o‘ynaydi.
Qisqa vaqt birligi ichida yangi, original
fikrlar yaratish yoki
muhim ilmiy, amaliy masalalarni hal qilish bilan belgilanadigan
tafakkur produktiv tafakkur deyiladi. Reproduktiv tafakkur esa passiv,
tayyor mulohazalarni o‘zlashtirib olishga va «tayyor holda» undan
foydalanishga qaratilgan insonning bilish faoliyati ko‘rinishidir.
Fazoviy tafakkur
deganda narsa va hodisalarning fazoda rat sio-
nal joylashishi, zamon va makon munosabatlarini, murakkab bog‘-
lanishlarini adekvat ravishda aks ettirishdan iborat fikr yuritish
jarayoni tushuniladi. Insonning fazoviy
tafakkuri xotira va xayol
tasavvurlari bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi.
Tafakkurning individual xususiyatlariga
(sifatlariga) bilish faoli-
yatining mazmundorlik, mustaqillik, epchillik, samaradorlik, fikrning
kengligi, tezligi, chuqurligi va boshqa sifatlari kiritiladi.
246
Tafakkur mazmundorligi
deganda insonning tevarak-atrofdagi
moddiy voqelik to‘g‘risida ongida qay miqdorda (ko‘lamda) mulo-
haza, muhokama, fikr, muammo va tushunchalar joy olganligi nazarda
tutiladi.
Tafakkurning chuqurligi
deganda, moddiy dunyodagi narsa-hodi-
salarning asosiy qonunlari,
qonuniyatlari, xossalari, sifatlari, ular-
ning o‘zaro bog‘lanishlari, munosabatlari tafakkurimizda to‘liq aks
etganligini tushunishimiz kerak.
Tafakkurning kengligi
o‘zining mazmundorligi, chuqurligi ka-
bi sifatlari bilan muntazam aloqada bo‘ladi.
Insondagi narsa va
hodisalarning eng muhim belgi va xususiyatlarini o‘zida mujassam-
lashtirgan, o‘tmish yuzasidan, hozirgi davr haqida, shuningdek, kela-
jak to‘g‘risidagi mulohazalar, muammolar va tushunchalarni qam rab
olgan tafakkur keng tafakkur deyiladi.
Tafakkurning mustaqilligi
deganda, kishining shaxsiy tashabbusi
bilan o‘z oldiga konkret maqsad, yangi vazifalar qo‘ya bilishi, ular
yuzasidan amaliy va ilmiy xarakterdagi faraz (gipoteza) qilishi,
natijani ko‘z oldiga keltira olishi, qo‘yilgan vazifani hech kimning
ko‘magisiz, ko‘rsatmasisiz, o‘zining aqliy izlanishi tufayli turli
yo‘l, usul va vositalar topib, mustaqil ravishda hal qilishdan iborat
aqliy qobiliyatni tushunish kerak. Tafakkurning mustaqilligi
aqlning
sertashabbusligi, pishiqligi va tanqidiyligi
da namoyon bo‘ladi.
Ta
fakkurning ixchamligi
deganda, muammoni hal qilishning dast-
lab tuzilgan rejasi mazkur jarayonda masala yechish shartini qanoat-
lantirmay qolsa, nomutanosiblik hosil bo‘lsa, hech ikkilanmay elastik
ravishda o‘zgartirishlar kiritishdan iborat fikr yuritish faoliya tini ta-
sav vur qilishimiz shart.
Tafakkurning tezligi
qo‘yilgan savolga va muammoga to‘liq
javob olingan vaqt bilan belgilanib, tafakkur jarayonlarining tezligi
va jarayonlarning ma’lum fursat ichida qanchalik samara berganligi
bilan baholanadi.
Fikrlarning tezligi o‘quvchi va talabalarga juda zarur psixologik
qurol bo‘lib xizmat qiladi. Imtihon paytida, seminar mashg‘ulotlarida
faol ishtirok etgan talaba hayajonlanib, egallagan bilimlarini vaqtincha
unutib, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. O‘rinsiz, salbiy emotsiyalar (his-
247
tuyg‘ular) uning tafakkurini tormozlab, muvaffaqiyatsizlikka olib
keladi, ya’ni fikrni bayon qilishda inertlik paydo bo‘lib, keyinchalik
butunlay tormozlanishga aylanadi. Ba’zi talabalar, aksincha, imti-
honda hayajonlanib, fikrlari ravonlashadi. Qattiq hayajonlanish, qattiq
tashqi ta’sir natijasida uyqudagi ayrim neyronlar uyg‘onib funksiyasi
jadallashib ketadi va fikr “birdaniga” ravshanlanishi mumkin. Shuning
uchun o‘qitish jarayonida talaba va o‘quvchilarning aqliy faoliyatini
to‘g‘ri baholashda ularning individual-tipologik
xususiyatlarini
hisobga olish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: