1.2. Pedagogikaning ijtimoiy fan sifatida rivojlanishi
Pedagogikaning fan sifatida rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlar
mavjud. «Avesto» ta’limoti, “Qur’oni Karim» saboqlari, Abu
Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810– 970), Abu Iso
Muhammad ibn Iso at–Termiziy (824– 892) kabi Hadis ilmining ulug‘-
lari, tasavvuf ilmi (sufiylik tariqati)ning namoyondalari: Bahovuddin
Naqshbandiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubrolarning
komil inson to‘g‘risidagi g‘oyalari, “ustoz-shogird” munosabatlari,
ilm o‘rganish borasidagi ta’limotlari bilan Sharqda ta’lim-tarbiya
jarayonining rivojiga ulkan hissa qo‘shdilar. Ularning pedagogik
qarashlari tarixning zarhal sahifalaridan munosib o‘rin egalladi.
Sharq Uyg‘onish davrining 1-bosqichida yashab, ijod etgan Abu
Nosir Farobiy (789– 950), Abu Ali ibn Sino (980– 1037), Abu Rayhon
Beruniy (937– 1051), Kaykovus (X1 asr), Ahmad Yugnakiy (X1 asr),
Mahmud Qoshg‘ariy (X1 asr) kabi allomalar ta’lim-tarbiyaga oid
dunyoviy fikrlari bilan dovrug‘ qozondilar.
Sharq Uyg‘onish davrining 2-pallasida yashab ijod etgan o‘zbek
badiiy tilining asoschisi, buyuk davlat arbobi Mir Alisher Navoiy
o‘zi ning tarbiyaviy ahamiyatga molik bo‘lgan noyob asarlari,
dostonlari, she’riyat olamidagi merosi bilan insonshunoslik to‘g‘-
risidagi fanning shakllanishiga zamin yaratgan bo‘lsa, ilmiy tafakkur
va falakiyot ilmi sohasida yetuk dunyoqarash sohibi Mirzo Ulug‘bek
ma’rifiy qarashlari, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa adiblar
o‘zlarining o‘lmas ijodiyoti bilan pedagogika taraqqiyotiga salmoqli
hissa qo‘shdilar.
Yevropo faylasuflari Tertullian (160–222), Avgustin (354–430), Akvi-
nat (1225–1274)larning pedagogik ta’limotlari garchi muvaffaqqiyat
qozongan bo‘lmasada, Rotterdamlik Erazm (1466–1536), italiyalik
Vittorino de Feltre (1378–1446), fransiyalik Fran sua Rable (1494–
1553) va Mishel Monten (1533–1592)larning inson parvarlik g‘oyalari,
ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari pedagogik g‘oyalar rivojida muhim
ahamiyat kasb etdi. Didaktikaning asoschisi, chex olimi Yan Amos
Komenskiyning ta’lim tamoyillari, shakllari va uslublari to‘g‘risidagi
ilmiy qarashlari, ingliz faylasufi va pedagogi Jon
Lokk (1632–1704)ning
23
“jentelmen tarbiyasi” – tadbirkor va ma’rifatli, ishbilarmon va ziyoli,
e’tiqodi kuchli shaxs tarbiyasiga oid ta’limoti bugungi kunda ham o‘z
dolzarbligini yo‘qotganicha yo‘q. Fransuz ma’rifatparvar mutafakkirlari
Deni Didro (1713–1784), K.Gelvetsiy (1715–1771), P.Golbax (1723–
1789), Jan Jak Russo (1712–1778) larning demokratik va gummanistik
qarashlari, shveytsariyalik olim Iogann Genrix Pestalotssi (1746–1827)
ning o‘quvchilarning ma’na viy tarbiyasi va rivojlantiruvchi ta’lim
nazariyasi pedagogika sohasini kengaytirdi.
Amerikalik olimlar Iogann Fridrix Gerbart (1776–1841), Jon
Dyui (1859–1952), Edvard Torndayk (1874-1949)larning fanga
“tarbiyaviy ta’lim”, “dars modeli”, “rivojlantiruvchi topshiriqlar tizi-
mi”, “eksperimental pedagogika”, “test usuli” kabi tushunchalarni
kiritish lari, noan’anaviy pedagogik ta’limotlari, nemis olimi Fridrix
Adolf Disterveg (1790–1886)ning ta’lim tamoyillari muammolariga
qarashli nazariyasi insonlarni hanuzgacha noyobligi, originalligi bilan
hayratga soladi.
Rus milliy pedagogikasining asoschisi Konstantin Dmitriyevich
Ushinskiy (1824
–
1870)ni o‘qitishning xalqchilligi nazariyasi, ulug‘
yozuvchi, olim, pedagog va tanqidchi Lev Nikolaevich Tolstoy
(1828
–
1910) ning o‘qitish jarayonidagi hayotiylik tamoyili ta’lim-
tarbiya jarayonida o‘ziga xos o‘rinni egallaydi.
Jadidchilik harakatining yorqin namoyondalari: Munavvarqori Ab-
du rashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Saidahmad Siddiqiy, Abdulla
Av loniy, Abdurauf Fitrat, Is’hoqxon Ibrat, Muhammadsharif So‘fizoda
ka bilar Turkiston maorifi va ta’lim-tarbiya tizimi rivojiga salmoqli hissa
qo‘sh dilar. Ular o‘zlarining sermazmun hayoti va faoliyat lari bilan ha-
nuzgacha yosh avlodga ibrat namunasi bo‘lib kel moqda.
O‘qitishda innovatika masalalari, taksonomiya kabi ta’lim naza-
riyalariga asos solgan amerikalik olimlar – Benjamin Blum, Govard
Gard nerlar (XX asr) pedagogikaning rivojlanishiga ulkan hissa
qo‘shdi lar.
Muammoli ta’lim hamda rivojlantiruvchi ta’lim nazariyalarini
o‘qitish jarayoniga tatbiq qilgan olimlar S.T.Shatskiy, V.Davidov,
N.Zankov, K.Babanskiy, I.Podlasiylar zamonaviy pedagogikaning
salmog‘ini yanada oshirishdi.
24
Shaxsning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishiga doir qarashlar
N.Leontev, L.A.Karpenko, G.K.Lozanov, G.A.Kitaygorodskaya
(Rossiya), R.Mavlonova, O.To‘rayeva, O.Hasanboyeva, R.Inog‘omov,
T.Risqiyevlarning ilmiy qarashlarida o‘z aksini topdi. Ta’limda
texnologik yondashuv, o‘quv jarayonini loyihalash, ta’lim tex-
nolo giyasi samaradorligini aniqlash va baholash M.Ochilov, N.Sa-
yidahmedov, N.Azizxodjayeva, B.Abidov, M.Usmonboyevalar ishla-
rida yoritildi. Shuningdek, rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyalari
N.N.Sunsov, I.A.Zimnyaya, B.Bershadskiy, V.Zankov, K.Klarin,
M.Monaxov, V.Choshanov, B.F.Lomov, A.K.Markova, B.Bespalko
(Rossiya) va respublikamiz olimlari S.S.G‘ulomov, B.Farberman,
R.H.Jurayev, J.G‘.Yo‘ldoshevlarning ishlari orqali zamonaviy pe-
dagogik muammolarning yechimini topishga zamin yaratildi.
O‘zbek milliy pedagogikasining rivojlanishiga katta hissa
qo‘shgan K.Hoshimov, A.Zununov, S.Nishonova, O.Hasanboyeva,
E.Seytxalilov, M.Quronov, O.Musurmonovalar yosh avlodni tar-
biyalash an’analarini, jamiyatning taraqqiyot bosqichlaridagi o‘qitish
va kamol toptirish tizimlarini, ularning qonun-qoidalarini, qomusiy
mutafakkirlar, ma’rifatparvar adiblar va pedagoglarning ta’lim-
tarbiya, ma’rifatga doir g‘oyalarini o‘z asarlarida chuqur yoritadilar.
Bugungi kunga qadar pedagogika sohasida yangi-yangi
ta’limotlar, g‘oyalar kashf qilindi, yuzlab risolalar, asarlar yaratildi,
ammo tarbiya jarayonidagi insonni chuqur o‘yga cho‘mdiradigan
muammolar hanuzgacha o‘z yechimini to‘laqonli topganicha yo‘q.
Shu sababli zamonaviy pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat
ko‘rsatayotgan shaxslarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga
bardosh bera oladigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-
atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, komil inson etib
tarbiyalashdek muhim masalalarni hal qilishi lozim.
Pedagogika fani uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tib, hozirgi vaqtda
ilmiy bilimlarning yaxshi shakllangan, katta nazariy va amaliy
materiallarni o‘z ichiga qamrab oldi va o‘zining ilmiy-nazariy,
uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Zamonaviy pedagogika fan sifatida
shakllanib, takomillashib borib, ta’lim - tarbiyaning maqsadi va
25
vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari
haqidagi fanga aylandi. Natijada bularning barchasi pedagogika
fanining alohida tarmoqlari vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Jumladan,
pedagogika tarixi
mustaqil tarmoq sifatida, pedagogika
fanining tarixan rivojlanishini o‘zida aks ettirdi. Bunda o‘tmishdagi
ilg‘or pedagogik g‘oyalarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, ularning
bugungi kundagi ahamiyati, mutafakkirlarning pedagogik merosidan
foydalanish zaruriyati haqida fikr yuritiladi.
Dostları ilə paylaş: |