Pedagogik novatorlik – pedagogik faoliyatda ilg‘or tamoyil
yoki g‘oyani asoslash, yangi yo‘l, usul yoki vositalarni tavsiya
qilish, ularning amaliyotga tatbiqini ta’minlashgaqaratilgan ijodiy
yondashuv.
126
Pedagogik odob – bu pedagog (o‘qituvchi) oldiga uning o‘ziga,
kasbiga, jamiyatga, bolalarga va o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa
ishtirokchilariga munosabatda bo‘lishiga nisbatan qo‘yiladigan
axloqiy talablar tizimi.
Pedagogik relaksatsiya – ta’lim oluvchilar (o‘quvchi, talaba,
tarbiyalanuvchi)larnng hissiy faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini
hamda ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash.
Pedagogik takt – pedagogning o‘quvchilar bilan turli faoliyat
shakllari bo‘yicha tashkil etiladigan muloqotda mavjud axloqiy
tamoyillar hamda hulq-atvor qoidalarga rioya qilishi, ularga to‘g‘ri
yondashish malakalariga egaligi.
Pedagogik texnika – pedagogga alohida o‘quvchi (talaba,
tarbiyalanuvchi) hamda ta’lim oluvchilar jamoalariga pedagogik
ta’sir ko‘rsatish metodlarini amalda samarali qo‘llay olish uchun zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar majmui; pedagogik faoliyatda
orttirilgan ko‘nikma va malakalar yig‘indisi.
Pedagogik texnologiya – muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan,
aniq maqsadga yo‘naltirilgan va bu maqsadning natijalanishini
kafolatlovchi pedagogik faoliyat jarayonining mazmuni.
Pedagogik faoliyat – pedagog tomonidan kasbiy maqsadga
muvofiq tashkil etiladigan tizimli harakatlarning muayyan shakli.
Pedagogika (“παιδαγωγική” – tarbiya san’ati, qadimgi grek tilidan
“
παῖς” (“pais”) – bola, “ἄγω” (“agogos”) – yetaklayman) – shaxsni
shakllantirishga qaratilgan muayyan tizimli faoliyat hamda ta’lim-
tarbiyaning mazmuni, shakli, metod va vositalari haqidagi fan.
Pedagogika nazariyasi – har tomonlama rivojlangan, barkamol
shaxsni shakllantirish, unda dunyoqarash va yuksak ma’naviy-axloqiy
sifatlarni tarbiyalash masalalarini o‘rganadi.