129
Ta’lim mazmuni
– shaxsni
har tomonlama rivojlanishi, unda
boy dunyoqarashni, e’tiqodni
tarkib toptirish, bilishga nisbatan
qiziqishlarini rivojlantirish uchun asos bo‘luvchi
aniq belgilangan,
tizimlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi.
Ta’lim maqsadi
– ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi
yetakchi g‘oya.
Ta’lim metodlari
– o‘quv jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini
ta’minlovchi uslublar majmui.
Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish
– pedagogik ilmiy-
tadqiqot metodlaridan biri bo‘lib, pedagogik hodisa va dalillarni
tekshirish maqsadida o‘rganiladi; ta’lim
muassasalarida uzluksiz
ta’limni tashkil etishga oid hujjatlar talablarining bajarilish holatini
o‘rganish, erishilgan yutuq hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni
aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim
muassasasi
pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.
Ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining mohiyatini
qayd
etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati;
belgilangan
maqsadni amalga oshirish darajasi.
Ta’lim tamoyillari
– ta’lim nazariyasining muhim, asosiy,
yetakchi, ustuvor g‘oyalari,
qoidalari; o‘qitish asosidagi ta’lim va
uni tashkil etish jarayonini tashkil etish mazmuni, shakl, metod va
vositalar tanlanishini belgilaydigan boshlang‘ich asoslar.
Ta’lim tizimi
– yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida davlat
tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya
muassasalari majmui.
Ta’lim turlari
– mazmuni, tashkil etilish o‘rni, bosqichi,
qo‘llaniladigan vositalari va ta’lim oluvchilarning yoshiga ko‘ra
farqlanuvchi ta’lim ko‘rinishlari.
Dostları ilə paylaş: