Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Pedagogika tarixi
– pedagogik fikrlarning paydo bo‘lishi va 
rivojlanish tarixini, turli davrlarda bola tarbiyasini tashkil etishga oid 
bilimlarning shakllanishini tadqiq qiladi.
Pedagogika fanining maqsadi
– shaxsni har tomonlama 
rivojlantirish, unda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashdan 
iborat.


127
Rag‘batlantirish
– tarbiyalanuvchining xatti-harakati va 
faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘nglini 
ko‘tarish a uni qo‘llab-quvvatlashning eng samarali usuli. 
Reyting
(inglizcha “baholash”, “tartibga keltirish”)
 
– muayyan 
hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash shakli, usuli.
Rivojlanish 
– shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida 
namoyon bo‘ladigan miqdor va sifat o‘zgarishlar mohiyatini ifoda 
etuvchi murakkab jarayon.
Rivojlantiruvchi ta’lim
– pedagogik texnologiyalardan biri bo‘lib, 
u o‘quvchilarning ichki imkoniyatlari oshirish va ularni ro‘yobga 
chiqarishga xizmat qiladi.
Seminar 
– o‘qituvchi va o‘quvchilarning faol hamkorligi asosida
ishtirokida tashkil etiluvchi ta’lim shakllaridan biri bo‘lib, uni tashkil 
etishdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning mustaqil ishlarini 
yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasidan keng va chuqur 
ma’lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu 
asosda kelajak faoliyatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish 
ko‘nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir.
Sinf 
– yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo‘lgan muayyan o‘quvchilar 
guruhi.
Suhbat metodi
– pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlaridan biri 
bo‘lib, pedagogik kuzatish chog‘ida ega bo‘lingan ma’lumotlarni 
boyitish, vaziyatga to‘g‘ri baho berish, muammoning yechimini 
topishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni yaratish, 
tajriba-sinov ishlari subyektlari imkoniyatlarini muammo yechimiga 
jalb etishga yordam beradi.
Tanbeh berish
– eng muhim jazo choralaridan biri bo‘lib, o‘qituvchi 
o‘quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi va buni kundaligiga yozib 
qo‘yishi mumkin.
Tarbiya
– muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida 
yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va 
dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin