Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari . Har bir fanning
mazmun va mohiyatidan kelib chiqadigan, uning asosiy tomonlarini
yoritishga xizmat qiladigan va eng ko‘p ishlatiladigan asosiy
12
tushunchalari bo‘ladi. Shuningdek, pedagogika fanining ham asosiy
tushunchalari – kategoriyalari mavjud.
Kategoriya – (
yunoncha: kategoriya – ko‘rsatma, dalil, tushuncha )
pedagogikada ta’lim va tarbiyaga oid jarayonlar xususiyatlarini, mohi-
yat-mazmunini, shaxs va jamiyat, shaxs va guruh, shaxs va jamoa
o‘rta si dagi, ta’lim va tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-estetik,
iqtiso diy-ekologik va boshqa munosabatlarni aks ettiruvchi asosiy
tushun chadir. Kategoriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi
va jamiyat tajribasi asosida paydo bo‘ldi. Kategoriyalar orqali inson
borliqni va tevarak-atrofni, ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan voqea-
hodisalarni o‘rganadi.
Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi. Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari shaxs kamolotini
ta’minlash, ta’lim va tarbiya samaradorligiga erishishga qaratilgan
jarayonlarning umumiy mohiyatini yoritadi. Eng muhim kategoriyalar
sirasiga quyidagilar kiradi:
shaxs, tarbiya, ta’lim (o‘qitish, o‘qish), bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish. Pedagogikaning yana bir muhim tushunchalaridan biri
“didaktika” kategoriyasidir. Miloddan oldingi III–II asrlarda qadimgi
Yunonistondagi maktablarda ta’lim beruvchi kishini “didaskal” deb
atashgan. “Didaktika”– yunoncha “didaktikos” so‘zidan kelib chiqib,
“o‘qitish”, “o‘rgatish”, “bilim berish” ma’nolarini anglatadi.
Qadimgi yunonlar o‘qitish faoliyatiga nisbatan “didasko”, o‘qi-
tuvchi o‘rnida “didaskal”, o‘quvchiga nisbatan “didaskale” atama la ri
qo‘llanilgan. Ammo “didaktika” termini o‘zining dastlabki
ma’ no -
sidan ancha uzoqlashgan. Hozir bu tushunchalarning hajmi va maz-
muni ancha boyigan va kengaygan bo‘lib, u faqat o‘qituvchining
faoliyatini emas, shu bilan birga o‘quvchining faoliyatini, ta’limiy
texnologiyalar, ta’lim metodlarini ham qamrab oladi.
Pedagogika ta’lim va tarbiya sohasidagi tajribalarni umumlash ti ra-
di, ta’lim mazmuni va tarbiyaning kelgusidagi istiqbollari, yo‘l la ri va
usullarini ko‘rsatib boradi. Pedagogika fanida umumiy katego ri yalar
bilan bog‘langan asosiy tushunchalardan biri