13
Shaxs
–
ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va
xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-
atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyat a’zosi. Jamiyatda o‘z
mavqeyiga ega bo‘lgan, o‘zligini anglagan, o‘z “Men”iga da’vogar,
tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan ijtimoiy voqea-hodisalarga adek-
vat
baho bera oladigan, tafakkur faoliyatining obyektivligi bilan
tavsiflanadigan insondir. Shaxs – “kadrlar tayyorlash tizimining bosh
subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi
va ularni amalga oshiruvchi”
1
.
Jamiyatsiz shaxs, shaxssiz jamiyat
bo‘lmaganidek, insonning shaxs sifatida kamol topishi uchun
biologik,
psixologik, ijtimoiy omillar sabab bo‘ladi.
Shaxsning
axloqiy sifatlari
– shaxsning aqliy jihatdan kamolotga
yetishuvi uning aqliy, zehniy sifatlari,
fazilatlari orqali namoyon
bo‘ladi:
bilag‘onlik, obyektivlik, fikrlovchilik, qobiliyatlilik
va
boshqalar hisoblanadi.
Pedagogik muhit
– ta’lim-tarbiya
maqsadlariga muvofiq ra-
vishda tuzilgan shaxslararo (o‘qituvchi – shifokor – tahsil oluvchi–
talaba; tahsil oluvchi-tahsil oluvchi; o‘qituvchi-tahsil oluvchi-
jamoa; o‘qituvchi-ota-onalar; tahsil oluvchi-ota-ona va boshqalar)
munosabatlar majmuidir.
Ichki muhit
– shaxsning o‘ziga xos hayotiy faoliyati, xarakterining
o‘ziga xosligi, hayotiy tajriba va irsiy tafakkur ko‘nikmalari majmui,
odatdagi ruhiy holatlarda o‘zini namoyon etadigan ta’sirchanlik va
voqelikka munosabatlarining o‘zaro bir-biriga muvofiq kelishi, bir-
birini to‘ldirishi va boyitishidir.
Ma’lumki, har qanday shaxs jamiyatda shakllanadi va rivojlanadi.
Inson bioijtimoiy mavjudot bo‘lganligi tufayli, biologik rivoji bilan bir
qatorda u ijtimoiy rivojlanib ham boradi va kamolotning ma’lum bir
bosqichida shaxsga aylanadi. Pedagogikada “shakllanish” kategoriyasi
muayyan insonda muayyan
sifatlar, fazilatlar, xususiyatlarni singdirish
jarayoni bilan belgilanadi. Masalan, boladagi badiiy adabiyot, tasviriy
1
Kadrlar tayyorlash milliy dasutri. Barkamol avlod
–
O
‘
zbekiston taraqqiyotining
poydevori.
–
T., «Sharq», 1998 y, 41-bet
14
san’at, musiqaga bo‘lgan iqtidorni oldindan aniqlash asosida undagi
qobiliyatlarni shakllantirish mumkin.
Shaxsning har tomonlama kamolga yetishi – ma’lum bir
tarixiy shart-sharoitlardagi
individ qobiliyati va iqtidori, uning
bioijtimoiy mohiyatlarini tashkil qiladigan hamma kuchlarni to‘liq
rivojlantirishdan iboratdir. Shaxsda muayyan belgilar, sifatlar,
fazilatlar (ba’zan ayrim illatlar, nuqsonlar) shakllangach, rivojlanish
jarayoni boshlanadi
1
.
“
Dostları ilə paylaş: