207
ikkinchi signallar sistemasi esa obrazlar haqida so‘zlar orqali signal
berishdan iboratdir. Ikkinchi signallar sistemasi I.P.Pavlov tomonidan
“signallarning signali” deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani
osonroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
− shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar sistemasining signal-
lari nisbatan ustunlik qilsa inson
“badiiy”
tipga taalluqli bo‘lib, ular
uchun bevosita taassurot, jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuyg‘ular
(emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi
xosdir;
− mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bo‘lsa – bu shaxs
“fikrlovchi tipga”
munosib bo‘lib, ular uchun, mavhum, mantiqiy
tuzilmalar, nazariy mulohazalar va metodologik muammolarning
ustunligi muvofiqdir;
− agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‘lsa, (birortasining
ustunligi sezilmasa) – bu inson
”o‘rta tipga”
mansub odamdir.
− Psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi aql-zakovat, ya’ni
intellekt
tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi.
Intellekt
(lot. “intellectus” – tushunish, bilish, “intellectum” – aql)
aql-idrokning shunday bo‘lagiki, uni o‘lchab, o‘zgartirib, rivojlantirib
boriladi. Bu intellekt va u bilan bog‘liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga
ega ekanligidan darak beradi. Qobiliyatlar va intellektga bevosita
tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir
ko‘rsatadi.
Govard Gardner “Intellektning xilma-xilligi” nazariyasida intellekt
bu turli-tuman qobiliyatlardan tashkil topgan shunchaki hodisa emas,
balki aksincha intellektning har xil turlari ko‘p, ulardan har qaysisi
o‘zicha muhim va boshqalardan mustaqil deb ta’kidlagan edi.
G.Gardner ta’kidlaydiki, har bir odamda hech bo‘lmaganda VIII
turi bor:
I.
Dostları ilə paylaş: