Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Shaxslararo intellekt
tengdoshlari bilan aloqada bo‘lishni 
yaxshi ko‘radi, vaziyatlarda rahbar bo‘lib qoladi, boshqa bolalar 
bilan o‘ynashni va ularga o‘rgatishni yoqtiradi, birga qayg‘ura oladi, 
boshqa bolalar uning davrasiga intilishadi.
VII. 
O‘z-o‘ziga yo‘nalgan intellekt
sohibi mustaqillik – iroda 
kuchi tuyg‘usini namoyish qiladi, o‘zining ijobiy tomonlarini va 
kamchiliklarini haqiqatan ham tan oladi, unga hech narsa xalaqit 
bermagan paytda vazifalarni yaxshi bajaradi, o‘zini tuta oladi, 
yolg‘izlikda ishlashni afzal ko‘radi, o‘z his-tuyg‘ularini aniq ta’riflab 
beradi, o‘z xatolaridan saboq oladi, o‘z qadrini biladi.
VIII. 
Tabiatga yo‘nalgan intellekt
tabiat hodisalari, hayvonlar, 
o‘simliklarga qiziqishini ko‘rsatadi, tabiat dunyosini tushunish, 
atrofdagi muhitning belgilari va xususiyatlarini ajrata olish, klassi-
fikatsiyalash qobiliyatini namoyon qiladi.


209
Demak, shaxsning u yoki bu faoliyatiga tayyorligi tariqasida yuzaga 
keladigan har qaysi yaqqol intellektlar tuzilishi o‘z tarkibiga yetakchi 
va yordamchi, umumiy va maxsus nomdagi majmua sifatlarni qamrab 
olgan bo‘lib, murakkab tizimdan iborat ekan. 
Talant
 
qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi ekanligidan 
dalolat beradi. 
Talant
(yunon. “talanton”– qimmatbaho, noyob narsa, 
irsiy, tabiiy xislat)
muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy 
ravishda bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar 
majmuasidir. 
Talant
– katta, ijodiy va zo‘r mehnat mahsuli bo‘lsa, mehnat 
esa hayotiy tajriba, ko‘nikmalarning zaruriy majmuasi manbayidir. 
Ijodiyot
ning sharti esa hayotiy tajriba, zaruriy ko‘nikma va malakalar 
yig‘indisining mavjudligidir. Ijodiy faoliyat talantning ajralmas qismi 
hisoblanib, bunda 
ruhlanish
deb nomlangan psixologik holat alohida 
ahamiyat kasb etib, bunda ruhlanish faoliyat mahsuldorligi ortishiga 
qaratilgan ijodiy lahzadan iborat holatdir. Talant imkoniyat tariqasida 
psixologik hodisa hisoblansa, u holda 
mahorat 
– haqiqatga aylangan 
imkoniyat gavdalanishidir. Psixologik nuqtayi nazardan haqiqiy 
mahorat 
– bu shaxs talantining faoliyatda namoyon bo‘lishidir. 
Layoqat 
esa qobiliyatning tabiiy zamini sifatida faoliyatda muhim 
rol o‘ynaydi. 
Layoqat
deb qobiliyatlar taraqqiy etishining dastlabki 
tabiiy sharti sifatida namoyon bo‘ladigan miya tuzilishining, sezgi 
a’zolari va harakatlarning morfologik hamda funksional xusu si yat-
lariga aytiladi. 
Qobiliyat va layoqatlar muayyan tabiiy zaminga bog‘liq bo‘lsa-
da, lekin ular faqat tabiatning in’omi emas, balki insoniyat tarixiy 
taraqqiyotining bebaho (qimmatli) mahsulidir. Xuddi shu bois qo-
biliyatlarning namoyon bo‘lishi shaxslar tomonidan ijtimoiy eh ti -
yojlarni qondirish davomida ijtimoiy shartlangan bilimlar va ko‘-
nikmalarni tarkib toptirishning yaqqol usullariga bevosita bog‘ liqdir. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin