Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

dinamik 
xususiyat deyiladi. Xarakter xislatlarining dinamik 
xususiyati temperament xususiyatlariga bog‘liqdir. Ana shu holatga 
muvofiq ravishda temperament xususiyatlari ham xarakterning 
ma’lum xislatlarining vaqt davomida tashqi namoyon bo‘lishi ham 
temperament tipiga bog‘liq. 
Taraqqiyot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari hamda ularning 
psixikaning irsiy individual xususiyatlari bilan o‘zaro munosabati 
xarakter xislatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tavsiflamaydi, balki shaxsning 
faoliyati orqali belgilaydi. Uning faoliyatiga taalluqli aynan bir xil 
ijtimoiy sharoitda ham xuddi shu bir xil irsiy xususiyatlaridan turli 
xarakter xislatlari shakllanadi. Shu boisdan xarakterning rivojlanishi 
shaxsning faol faoliyati jarayonida uning xatti-harakatlariga bog‘liq 
tarzda amalga oshadi. Xarakterning tarkib topishida faol faoliyatda 
harakatning individual o‘ziga xos usullari shakllanadi. Harakat 
usullarining avtomatlashuvi muayyan dinamik stereotip hosil 
qilinishi bilan bog‘liq shartli reflektor funksional holatning natijasidir. 
Avtomatlashuvning bir necha turdagi psixologik mexanizmlari 
mavjud bo‘lib, ulardan biri – bu 
odat
lardir. Xarakter xislatlari tarkib 
topishining muhim shartlaridan yana biri – bu xislatlarni zaruriy xatti-
harakatlarda chidam bilan 
mashq qilish
dan iboratdir. 
Xarakterning tarkib topishida 
taqlidchanlik
ning roli katta bo‘lib, 
u harakat usullari avtomatlashuvining bosh manbayi hisoblanadi 
va uning ahamiyatliligi ko‘p jihatdan ifodali xatti-harakatlarning 
shaxs emotsional (hissiy) kechinmalariga ta’siri bilan belgilanadi. 
Taqlidchanlik xatti-harakat namunasiga taqlid qilish uchun 
mo‘ljallangan shaxs munosabatlari tomonidan motivlashtirilgan-
dagina xarakter xislatlarini tarkib toptirish shartiga aylanadi. 
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit 
obyektiv va subyektiv mayllik tarzidagi ko‘rsatma berish (ustanovka), 
psixologik mexanizm negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim 
bo‘lib, bunda ko‘rsatma (ustanovka) odatlaridan farqli o‘laroq, 
202
muayyan harakatlarga tayyor turishgina bo‘lib qolmay, balki bilish 
jarayonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham tayyor turishlikdir. 
Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat 
kasb etib, bunda xarakter faqat murakkab va keskin vaziyat (sharoit)
larda yorqin namoyon bo‘libgina qolmasdan, balki mazkur holatlarda 
u tarkib ham topadi. Odatda, xarakter xislatlarining o‘zgarishidagi 
individual farqlar shaxsning nizoli vaziyatlardan chiqish uchun 
qanday yo‘l-yo‘riq topishiga bog‘liq. Shunday qilib, shaxs o‘zining 
butun hayoti va faoliyati davomida o‘z xatti-harakatlari, odatlari 
bilan o‘z xarakter xislatlarini o‘zi yaratadi va ularni boshqarishga 
odatlanadi. 
Xarakter xususiyatlarining variantliligi ularning faqat sifat jiha-
tidan rang-barangligi va o‘ziga xosligida emas, balki miqdor jihatidan 
ifodalanganligida ham namoyon bo‘ladi. Xarakter xususiyatlarining 
miqdoriy ifodalanishi, ya’ni ayrim belgilarning haddan tashqari kuchli 
namoyon bo‘lishi shaxs xulq-atvori me’yorining eng oxirgi marrasiga 
borib, patologik belgilar bilan chegaralanish holatida kuzatiladi. Bu 
holat psixologiyada xarakter aksentuatsiyasi (me’yordan ortishi) deb 
ataladi. Bunda shaxsda boshqalarga nisbatan barqarorlik bo‘lgani 
holda bir xil qattiq xayajonlantiruvchi omillarga zaiflik ortishi 
kuzatiladi. 
Xarakter aksentuatsiyasi turlari olimlar tomonidan turli xil 
ko‘rinishda ajratib ko‘rsatiladi. Ularning ayrimlari (K.Leongard 
bo‘yicha) haqida to‘xtalib o‘tamiz:
Giertim tip
– bu toifadagilar o‘ta kirishimli, so‘zamol bo‘ladilar, 
mimika va pantomimika orqali o‘z his-tuyg‘ularini namoyon qiladilar. 
Ular to‘satdan suhbatning dastlabki mavzusidan chetga chiqadilar. 
Bu toifadagi odamda o‘z xizmat va oilaviy majburiyatlariga yetarli 
tarzda jiddiy e’tibor bermasliklari oqibatida atrofidagi odamlar bilan 
qisqa kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Ularning ijobiy tomonlari 
ishchanlik, optimistlik, faoliyatlilik, tashabbuskorlik kabi sifatlari 
orqali namoyon bo‘ladi. Ularning salbiy xislatlari – yengiltabiat, 
jizzaki, o‘z majburiyatlariga befarq munosabatda bo‘lish kabi 
sifatlardir.


203

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin