Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Melanxolik
– senzitivligi yuksak, tortinchoq, g‘ayratsiz, arazchan, 
xafaqon bo‘ladi. U jimgina yig‘laydi, kam kuladi, qat’iyligi va 
mustaqilligi zaif, tez toladi, ortiqcha ishchan emas. Diqqati barqaror, 
his-tuyg‘usi sust o‘zgaruvchan, rigid va intravertlashgan. 
Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma’lum insonlar guruhi 
uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, 
balki mazkur xususiyatlarning qonuniy, zaruriy o‘zaro bog‘liqligi 
tushunilib, uning tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda 
194
o‘zaro bog‘liqligini turlicha aks ettirgan holda, yangi omillar mazkur 
tiplarning psixologik tavsifini qayta tahlil qilishni taqozo etadi. 
Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim 
xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi mumkin:
1.
Senzitivlik
(lot. “sensus” – sezish, his qilish)
– insonda bironta 
psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur bo‘lgan o‘ta kuchsiz tashqi 
taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi jumladan, sezgilarning 
paydo bo‘lishi uchun kerak qo‘zg‘ovchining ozgina kuchi (ularning 
quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas 
darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashishi tushuniladi. 
2. Reaktivlikda 
aynan bir xil kuch bilan ta’sir etuvchi tashqi va 
ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emotsional reaksiya 
qilishiga qarab munosabat bildirilib, uning yorqin ro‘yobga chiqishi – 
emotsionallik, ta’sirchanlikda ifodalanadi. 
3. Faollik
– inson qandaydir faollik darajasi bilan tashqi olamga 
ta’sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishida obyektiv hamda 
subyektiv qarama-qarshiliklarni faollik bilan yengishidir. 
4. Reaktivlik bilan faollikning o‘zaro munosabati
da
 
odamning 
faoliyati ko‘p jihatdan nimaga bog‘liqligiga binoan, chunonchi 
tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarda (kayfiyatga, favquloddagi 
hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlarga 
ko‘ra fikr bildirish nazarda tutiladi. 
5. Reaksiya tempi –
turli xususiyatli psixik reaksiyalar va 
jarayonlarning kechishi tezligiga, binobarin, harakat tezligiga, nutq 
sur’atiga, farosatlilikka, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqarishdir. 
6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat – rigidlik
(qotib qolganlik) – shaxsning o‘zgaruvchan tashqi taassurotlarga 
qanchalik yengillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (silliqlik 
bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik 
sust va zaifligi (rigidligi – qotib qolganligi)ga nisbatan baho berishdan 
iboratdir. 
7. Ekstravertlik va intravertlik
– shaxsning faoliyati va reaksiyasi 
ko‘p jihatdan nimalarga bog‘liqligiga, chunonchi favquloddagi 
tashqi taassurotlarga (ekstravertlik) yoki, aksincha, timsollarga, 
tasavvurlarga, o‘tmish hamda kelajak bilan uyg‘unlashgan 


195
mulohazalarga (introvertlik) taalluqligiga asoslangan holda munosabat 
ifodasidir. 
Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning fiziologik 
mexanizmlari keyingi ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning bosqichlarida 
ishlab chiqilib, bu borada izlanilishlar davom ettirilmoqda. 
Temperamentning fiziologik asoslariga o‘zining ulkan hissasini 
qo‘shgan olimlardan biri rus fiziologi I.P.Pavlov hisoblanib, u 
hayvonlarning oliy nerv faoliyatini tadqiq qilayotganida itlarda shartli 
reflekslarning paydo bo‘lishi, kechishi, davom etishi xususiyatlari 
insonlarnikidan farq qilishi va bu hodisa temperamentda ham 
uchrashi mumkinligini kashf etadi. I.P.Pavlov temperament ham 
shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib 
chiqaruvchi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, degan xulosani 
berib, mazkur ta’limot bo‘yicha, shartli reflekslar paydo bo‘lishining 
individual xususiyatlari ro‘yobga chiqishining sabablari nerv tizimi 
xususiyatlari mohiyatidandir. Muallif nerv tizimining uchta asosiy 
xususiyatiga alohida ahamiyat beradi:
1) qo‘zg‘alish jarayoni va tormozlanish (to‘xtalish) jarayonining 
kuchi; 
2) qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o‘rtasidagi 
muvozanatlilik darajasi (nerv tizimining muvozanatlashgani); 
3) qo‘zg‘alishning tormozlanishi bilan almashinishi tezligi (nerv 
jarayonlarining harakatchanligi). 
Uning ko‘rsatishicha, har bir hayvonning temperamenti ham 
mazkur xususiyatlarning u yoki bunisiga aloqador bo‘lmay, balki 
ularning majmuaviy tarziga, qonuniy birlashuviga bog‘liq bo‘ladi. 
I.P.Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari 
bilan temperamentga aloqador nerv tizimi xususiyatlarining o‘zaro 
qo‘shiluvini nerv tizimining tipi deb nomlaydi va uni to‘rtta tipga 
ajratadi: 
1) kuchli, muvozanatli, epchil (sangvinik); 
2) kuchli, muvozanatsiz, epchil (xolerik); 
3) kuchli, muvozanatli, sust (flegmatik); 
4) kuchsiz tip (melonxolik). 
196
Asabga bog‘liq bo‘lgan tabiiy xususiyatlarni ham umuman 
o‘zgarmas deb bo‘lmas ekan, chunki tabiatda o‘zgarmaydigan 
narsaning o‘zi yo‘q. Masalan, V.S.Merlin temperamentning psixologik 
tasnifi va ularning hayotiy vaziyatlarda namoyon bo‘lishini boshqarish 
masalasida ko‘p ishlar qilib, uning fikricha, insonda mavjud bo‘lgan 
faollik, bosiqlik, emotsional tetiklik, hissiyotlarning tezda namoyon 
bo‘lishi va o‘zgaruvchanligi, kayfiyatning turg‘unligi, behalovatlilik, 
ishchanlik, yangi ishga kirishib ketish, malakalarning tez hosil 
bo‘lishi kabi qator sifatlar asosida shaxsdagi o‘sha ekstraversiya va 
intraversiya xossalari yotadi va ularni ham o‘zgartirish va shu orqali 
temperamentni boshqarish mumkin.
Shulardan kelib chiqqan holda, shaxsning mehnat qilish uslubini 
tanlash va professional mahoratni o‘stirishda ayni shularga e’tibor 
bersa, ularning faoliyat natijasi samarador ko‘rsatkichga ega bo‘lishi 
kuzatiladi. Masalan, ba’zilar xoleriklarga o‘xshash qiziqqon, tezkor 
bo‘lib, ular mehnat jarayonida faollik, ishni tez bajarishga layoqati 
ijobiy bo‘lsa, uning salbiy tomoni ishni chala tashlab ketish xavfi, 
ba’zi tomonlariga esa yuzaki qarashi kishini o‘ylantiradi. Shu nuqtayi 
nazardan olib qaralganda, hayotda sof temperament ham bo‘lmaydi 
va u yoki bu temperament tipi juda yaxshi ham emas, har bir tipning 
o‘ziga xos nozik, kuchsiz tomonlari va shu bilan birga kuchli, ijobiy 
tomonlari ham bo‘ladi.
Shuni ta’kidlash o‘rinliki, olimlar fikricha temperamentni faoliyat 
talablariga moslashtirish (muvofiqlashtirish) imkoniyati mavjud ekan. 
Chunki har qanday faoliyat psixik jarayonlari dinamikasiga muayyan 
talablar tizimini qo‘yadi. Xususan: 
− kasb-hunarlarning insonlar temperamentiga mos turini tanlash 
kerak, chunki ularning psixik xususiyatlariga mutanosib kasbni 
tanlash professional tanlash deyiladi;
− shaxslarning individual xususiyatlarini hisobga olish joiz;
− temperamentga xos kamchiliklarni (salbiy illatlarni) bartaraf 
etish lozim;
− insonlarda individual uslubni shakllantirish zarur. Chunki 
shaxsning faoliyatiga ongli, faol va ijodiy munosabatda bo‘lishi 
muvaffaqiyatlar garovidir. 


197
Xolerik davriy almashib turadigan ishda o‘zining imkoniyatlarini 
namoyon qilsa, sangvinik turli sohalarda ya’ni u tug‘ma lider 
hisoblanadi. Flegmatik aniq, o‘zgarmaydigan rejimli ishni afzal 
ko‘rsa, melanxolik esa nozik qo‘l ishlari, badiiy sohada moyilligi 
yaqqol seziladi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, psixik faoliyatning 
dinamikasi nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik 
holatlarga, his-tuyg‘ularga ham bevosita bog‘liqdir. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin