Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Gallusinatsiya
deb, yaqqol voqelikdagi idrok va hodisalarning 
tana a’zolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan 
inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning 
sezilishi) xayolan, fikran paydo bo‘lishidan iborat idrokning 
psixopatologik (ruxiy xastalik) hodisasiga aytiladi. Gallusinatsiya 
hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo‘lib, ba’zan qo‘rqinch 
hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig‘idagi 
qo‘zg‘alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patologik) harakati 
natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan 
tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Gallusinatsiya 
hodisasi bir necha xil ko‘rinishga ega: 
− yo‘q narsalarning ko‘zga ko‘rinishi;
− u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi;
− yo‘q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.
Illuziya
hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va 
hodisalarni noto‘g‘ri (noadekvat), yanglish, xato idrok qilishdan 
iborat jarayonning noyob hodisasi hisoblanadi. 
Illyuziyalar ko‘rinadigan harakatlar bilan bog‘liq, ya’ni: 
a) qorong‘ilikda harakatsiz yorug‘lik manbayidan nurlarning 
tartibsiz tarqalishi (avtokinetik harakat); 
b) fazoviy jihatdan yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning 
tez sur’atlar bilan namoyon etib turish harakat taassurotini vujudga 
keltiradi (stroboskopik harakat); 
d) harakatsiz obyektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi 
yo‘nalishga qo‘yish harakat tuyg‘usini paydo qiladi (induksion 
harakat) kabilar.


225
Attraksiya
insonni (o‘zi bilan o‘zga o‘rtasidagi munosabatda 
namoyon bo‘lib) o‘ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, 
ongsizlikka taalluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasi 
bo‘lib, bu hodisa bir qancha manbalar, qo‘zg‘atuvchilar va motivlar 
ta’sirida vujudga keladi, jumladan: 
1) dastlabki tashqi ko‘rinish, istaraning issiqligi; 
2) subyektga nisbatan rishtasiz bog‘lanib qolishlik, ongsizlik 
darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 
3) shaxslarning xarakterida o‘xshashlikning mavjudligi; 
4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va b.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin