Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

quyidagicha klassifikatsiya qiladi
:
tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks 
ettirishga moslashgan hamda retseptorlarga tananing sirtqi qismiga 
joylashgan 
eksterioretseptiv sezgilar
(retseptorlar);
− ichki tana a’zolari holatlarini in’ikos etuvchi hamda retseptorlari 
ichki tana a’zolarida, to‘qimalarida joylashgan 
interioretseptiv 
sezgilar
;
− tana va gavdaning holati hamda harakatlari haqida ma’lumot 
(axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, bog‘lovchi paylarda, 
mushaklarda joylashgan
proprioretseptiv sezgilar
.
218
Eksterioretseptiv sezgilar ko‘rish, eshitish, hid bilish, teri-tuyish, ta’m-
maza kabi turlarni tashkil qiladi. Ko‘rish sezgilari bosh miya po‘stining 
orqa bo‘lagiga joylashgan bo‘lsa, eshitish sezgilari miya po‘stini tepa 
burmasining qismda joylashagan. Teri-tuyish, harakat sezgilari esa miya 
po‘stini markaziy burmasining orqa qismidan o‘rin olgan.
Sezgi turlarining psixologik tavsifi:
Psixologiya fanida uchta katta guruh (turkum)ga ajratilgan sezgilar 
(eksterioretseptiv, proprioretseptiv va interioretseptiv) o‘z navbatida 
quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. 
Ko‘rish sezgilari
. Inson tomonidan rang va yorug‘likni sezish 
ko‘rish sezgilari tarkibiga kirib, uning a’zosi – ko‘z hisoblanib, u ko‘z 
soqqasi va undan chiqib keladigan ko‘ruv nervlaridan tashkil topgan. 
2. 
Eshitish sezgilari
tovushlarni eshitishdan iborat bo‘lib, 
musiqaviy va shovqinli tovushlarni aks ettiradi. Odatda, tovushlar 
oddiy va murakkab turlarga ajratiladi, ularning birinchisi bir tondan 
ikkinchisi esa bir necha tonlardan tashkil topadi. 
Eshitish sezgilari a’zosi quloq bo‘lib, tashqi quloq (quloq suprasi 
bilan eshituv yo‘lidan iborat), o‘rta quloq (nog‘ora parda va unga 
yopishgan uchta suyakcha: bolg‘acha, sandon va uzangidan tashkil 
topgan), ichki quloq (quloq labirinti o‘zaro birlashgan uchta bo‘lakdan 
tuzilgan). 
3. 
Hid bilish
sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi 
burun kovagining yuqori tomoni hisoblanib, bu yerda hid bilish 
hujayralari hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan, ular shilliq 
pardaga botib turadi.
Hidli moddalar sezuvchi nervni qo‘zg‘aydi, hid bilish markazi 
bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb 
taxmin qilinadi. 
4. 
Ta’m bilish
(maza) sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho‘r sin-
gari mazalarni his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga 
kiritilgan va kiritilmagan xilma-xil turlarga ega bo‘lib, narsalar va 
moddalarning nomlari bilan yuritiladi: non va qovunning mazasi 
kabilar.
Ta’m bilish sezgilarining a’zosi tilning yuzasi va tanglayning 
yumshoq qismidan tashkil topgandir. Tilning shilliq pardasida maxsus 


219
ta’m bilish surgichlari mavjud bo‘lib, ular tarkibida tayoqsimon 
hujayralardan tuzilgan maxsus ta’m bilish «kurtaklari»ga ega. 
5. 
Teri sezgilari
tarkibi tuyish va harorat turlaridan iborat bo‘lib, 
ularning bunday nomlanishining bosh omili – bu retseptorlarning teri 
va organizmning tashqi shilliq pardalarida joylashganligidir.
Tuyish sezgilari ikki xil axborotni qabul qilish imkoniyatiga 
ega bo‘lib, ularning birinchisi tegish va tarqalishni tuyish sezgilari, 
ikkinchisi esa silliq yoki g‘adir-budurni tuyish bilan tavsiflanadi. 
6. 
Muskul-harakat sezgilari
va statik sezgilar. Muskul-harakat 
sezgilari motor sezgilari, goho kinestetik sezgilar deb nomlanib, 
ularga og‘irlikni, qarshilikni, a’zolar harakatini bilish sezgilari kiradi. 
Ularning a’zolari – gavda muskullari, paylar, bo‘g‘imlardan iboratdir. 
A’zolarning tarkibida sezuvchi nervlarning chekka tarmoqlari mavjud 
bo‘lib, ularning ta’sirida harakat va statik sezgilar vujudga keladi.
7. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin