Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

7.2. Idrok
Idrok
sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon 
bo‘lib, barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson 
ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar 
bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, bevosita aks ettirishda ishtirok 
etadi.
Idrokning 
(lot. «perceptio» – qabul qilish, idrok)
yuqori bosqichi 
«appersepsiya»
deyiladi. 
Appersepsiya
– idrok jarayonini shaxsning 
oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, 
motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning 
barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya hodisasi tufayli 
odamlar o‘zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan 
darajada tafovutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o‘zining 
bilim saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib 
chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks 
ettiradilar. Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar o‘simliklarning 
moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi 
ko‘rinishida, ijtimoiy nuqtayi nazardan qarindosh-urug‘chilik shak-
lida ko‘z oldiga keltiradi. 
Appersepsiya
hodisasi 
barqaror 
va
 vaqtincha
(muvaqqat) deb 
yurituvchi ikki turga ajratiladi. Barqaror appersepsiya hodisasi 
shaxsning dunyoqarashi, ideali, motivatsiyasi, qiziqishi, bilim 
saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati va kasbiy 
tayyorgarligiga bog‘liq bo‘lib, u o‘ta murakkab tuzilishga egadir. 
Vaqtincha appersepsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilish 
jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning kayfiyati, ruhlanishi, 
shijoati, stress, affektiv ko‘rinishdagi his-tuyg‘ularida, ularning 
sur’ati, davomiyligi, tezligida o‘z ifodasini topadi.


223
Idrokning 
vaqtni, harakatni, fazoni idrok qilish turlari
mavjud. 
Ular yordami bilan atrof-muhit, biosfera va ijtimoiy turmushning 
mohiyati yuzasidan axborotlar, ma’lumotlar, xususiyatlar aks 
ettiriladi. Borliqdagi narsa va hodisalarning yashash shakli, uzluksiz 
ravishda harakatda bo‘lishi, muayyan obyektiv 
vaqt
birligida 
hukm surishi inson ongida bevosita in’ikos qilinadi. Odatda, inson 
tomonidan 
vaqtni idrok qilish
, asosan ruhiy hodisalar, holatlar, 
vaziyatlar, xususiyatlarning o‘zaro o‘rin almashinuvi tufayli namoyon 
bo‘lib, inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obyektiv 
(haqqoniy, xolis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga 
bog‘liq bo‘lib, xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o‘lchanadi. 
Masalan, shaxsning ehtiyoji, motivatsiyasi, qiziqishlari va intilishiga 
mos, mutanosib vaqt birligini idrok qilgan taqdirdagina vaqt obyektiv 
jihatdan (kechinmalar, his-tuyg‘ularga nisbatan shaxsning ijobiy 
haqqoniy munosabatlarida) tez o‘tganday idrok qilinadi, odatda, 
yoqtirmaslik idrok maydoniga nomutanosiblikni keltirib, shaxsda 
zerikish holatini yuzaga keltiradi va vaqt «sekin» o‘tishi tuyg‘usini 
uyg‘otadi.
Harakatlarni idrok qilish
jism (ba’zan nisbiy jihatdan boshqa 
ijtimoiy, siyosiy tabiiy holat)larning fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) 
o‘rin almashinuvini bevosita (bilvosita) in’ikos ettirishdan iboratdir. 
Bunda harakat nisbatan (qiyosiy) va nisbatsiz (taqqoslanmasdan) 
idrok qilinadi. Harakatdagi jism uni qurshab turgan harakatsiz boshqa 
jismlarga taqqoslangan holda idrok qilinsa, bunday toifadagi harakat 
nisbatan idrok qilish
deb atalib, harakatlanayotgan jism hech qanday 
narsa bilan taqqoslanmasdan idrok qilinsa, bu ko‘rinishdagi harakat 
esa 
nisbatsiz idrok qilish
deyiladi. 
Fazoni idrok qilish 
– voqelikdagi narsa va hodisalarning 
fazoda egallagan o‘rnini, shaklini, miqdorini va bir-biriga nisbatan 
munosabatlaridan iborat bilish jarayonining shakli bo‘lib, voqelikni 
idrok qilish orqali inson borliq to‘g‘risida, uning xususiyatlari, hajmi, 
masofasi (ich tomoni va chuqurligi) yuzasidan muayyan ma’lumotlar, 
xossalar, axborotlar to‘plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
224
Idrok jarayonida uning 
fenomenlari
(yunon. “phainomenon” – 
noyob, g‘ayriodatiy holat)
muayyan hodisalarni aks ettirishda ishtirok 
etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo‘lishi mumkinligi 
to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ular 
gallyusinatsiya
(lot. “hallucinatio” 
– alahlash, bosinqirash, valdirlash, yo‘q narsalarning ko‘rinishi, 
eshitilishi, sezilishi)

illyuziya
(lot. “illusio” – xato, adashish, 
yanglishish)

attraksiya
(frans. “attraction” – o‘ziga tortish, mahliyo 
etish, jalb qilish)

yaqqol ko‘rinish
(rus. “yasnovidenie” – yaqqol 
oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyibdan xabar olish)
tushunchalari orqali 
nomlanadi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin