Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

antitsipatsiya
(lot. “anticipatio” – oldindan sezish, 
payqash, oldindan idrok qilish, hodisa mohiyatini ochishdagi topqirlik)
bir necha bosqichlardan iborat ekanligidan dalolat bermoqda. Jahon 
psixologlari antitsipatsiyaning besh darajaga ajratib o‘rganmoqdalar, 
chunonchi:
Antitsipatsiyaning
subsensor 
(
lot. “sub” osti va “sensis” – sezish, 
ya’ni idrok qilishning ongosti holati
) darajasining ifodalanishi inson 
gavdasining o‘zgarishida, uning ideomotor (ihtiyorsiz harakat) 
jarayonida, tashqi ta’sirga tezkor javob qaytarishida o‘z aksini topib, 
gavdaning mujassamlashuvi va harakat barqarorligi insonning 
ihtiyoriy sa’y-harakatiga tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim zamin 
ta’minlaydi.
Antitsipatsiyaning 
sensomotor
(
lot. “senses” – sezish, “motor” 
– harakat
) bosqichi harakatdagi jismlarni o‘zaro taqqoslashda, 
murakkab harakatlarni muvofiqlashtirishda, tezkor harakatning 
muhitdagi vaqt va fazoviy o‘zgarishlar mutanosibligini uzluksiz 
ravishda idora qilib turishda namoyon bo‘ladi.
Perseptiv
(
lot. “rersertio” – idrok
) bosqichda idrok qilish xotira 
jarayonlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Buning natijasida o‘tmish 
tajribalariga asoslanib kelajakda vaqt va fazoviy o‘zgarishlar yuz be-
rishi ehtimoli chuqur tahlil qilinadi, uning obrazlari yaqqollashtiriladi.
Antitsipatsiyaning 
tasavvur
darajasi obrazlarning vaqt va fazoviy 
o‘zgarishiga binoan ularni fikran qaytadan yaratish, bunyod etish, 
goho aralashma tasvirlar vujudga keltirish, ularning sxemasi va 
rejasini tuzish uchun insonda uquvchanlik, qobillik hamda ijodiy 
faollikning tug‘ilishini namoyish qiladi.
Antitsipatsiyaning beshinchi bosqichi nutq va tafakkur yordamida 
bo‘lg‘usi holatlar, hodisalar, keskin o‘zgarishlar to‘g‘risida 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin