221
hidli bir joyga kirib qolganimizda, bir ozdan so‘ng bu hidni batamom
yo‘qolib ketganday his qilamiz.
Kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri ostida ham sezgilar zaiflashadi.
Masalan, qorong‘iroq xonadan juda yorug‘ joyga kirib qolsak, biz avval
boshqa yorug‘likdan «ko‘r» bo‘lib qolib, atrofimizdagi narsalarni
ajrata olmaymiz. Ma’lum fursat o‘tgandan so‘ng, ko‘rish
analiza-
torlarining sezgirligi keskin sur’atda pasayadi va biz mo‘tadil ko‘rish
imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Ko‘rish sezgirligining intensiv yorug‘lik
qo‘zg‘atuvchisi bilan ta’sir qilganda pasayishdan iborat hodisa
yorug‘lik adaptatsiyasi
deb yuritiladi.
Adaptatsiyaning yuqoridagi ikki turi ko‘pincha psixologiya fanida
negativ adaptatsiya
deb ataladi. Chunki, har ikkala adaptatsiya
natijasida ham analizatorlarning sezgirligi keskin pasayadi.
3. Sezgirlik kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida sodir bo‘lib, uning
ortib borishi
pozitiv adaptatsiya
deyiladi. Qorong‘ilik adaptatsiyasida
ko‘rish
sezgirligi ortsa, sokinlikka nisbatan adaptatsiya eshitish
adaptatsiyasi zamirida yuzaga keladi. Masalan, sovuq suvda qo‘l –
bir harorat – issiqday; issiq suvda qo‘l sovuq suvda o‘zgarmaganday
tuyuladi. Harorat sezish bilan bog‘liq bo‘lgan pozitiv adaptatsiyalar
yuqoridagi xususiyatlarga ega.
2. Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qilish natijasida
sezgirlikning kuchayishi
sensibilizatsiya
deb ataladi.
Sezgi a’zolarining sezgirligini o‘zgartirish qonuniyatlariga
asoslanib, maxsus ravishda tanlangan qo‘shimcha qo‘zg‘atuvchilarni
qo‘llash yordami bilan ma’lum bir retseptorlarni sensibilizatsiyalash,
ya’ni ularning sezgirligini oshirish imkoniyati mavjud.
3. Qo‘zg‘atuvchining birin-ketin analizatorga ta’siri
bilan
analizatorlarga xos sezgining paydo bo‘lishini
sinesteziya (yunon.
«sinesteziya» – birgalikda sezish)
deyiladi. Sinesteziya hodisasini
har xil turdagi sezgilarda kuzatish mumkin. Ko‘rish va eshitish
sinesteziyasi hammadan ko‘ra ko‘proq uchrab turadi,
unda tovush
qo‘zg‘atuvchilarining ta’siri bilan odamda ko‘rish obrazlari vujudga
keladi. Bunday tabiatli sinesteziyalar har xil odamlarda o‘ziga xos
ravishda kechadi, lekin ular har qaysi shaxs uchun muayyan darajada
doimiy bo‘lishi kuzatiladi.
222
4. Sezgirlik mashq qilish orqali rivojlantirib borilib, bunday
o‘zgarish
kompensatsiya
va faoliyat mazmunida o‘z aksini topa
boradi. Ayniqsa, ko‘r, kar, soqov, haykaltarosh odamlarda, vibratsiya
sezgisi bilan shug‘ullanuvchilarda sezgirlik keskin ravishda oshishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: