Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Assotsiativ nazariyasi.
Ushbu nazariyaga ko‘ra o‘zlashtirilishi 
lozim bo‘lgan narsa va hodisalarning ongda bir vaqtda yoki birin-
ketin xotiradagi mavjud ma’lumotlar bilan o‘xshashligi, yondoshligi, 
qarama-qarshiligi asosida 
bog‘lanishlar
hosil qilinishi xotira 
samaradorligini belgilaydi. 
Geshtalt nazariyasi
esa ma’lumotlarni umumlashtirib, yaxlitlab 
o‘rganishni tavsiya qiladi. Geshtaltizm ong hodisalariga nisbatan 
assotsianistlarning qismlarga ajratgan holda yondashuviga avvalo 
qismlarni sintez qilish prinsipini, uning qismlariga nisbatan 
yaxlitlikning birlamchiligi prinsipini qarama-qarshi qilib qo‘yadi. 
Mazkur ta’limot bog‘lanishlar hosil bo‘lishining negizini shakliga 
o‘xshashligi bo‘yicha miyadagi izlarning aynan o‘xshaydigan tarzda 
tuzilishini ham belgilaydigan ma’lumotning tashkil etilishini ilgari 
suradi. 
Freydizm nazariyasi
asoschilarining fikricha, ma’lumot shaxs 
ehtiyoji, qiziqishi, motivi, motivatsiyasi, emotsiyasi, faoliyatining 
maqsadi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu ma’lumot oson o‘zlashtirilib, sekin 
unutiladi.
230
Bixeviorizm nazariyasi
esda saqlashning muhim omili – takrorlash 
ekanligini e’tirof etadi.
Mantiqiy nazariya
ga ko‘ra ma’lumotlarning mazmundorligi, 
mohiyatan anglanilganlik darajasi esda saqlashni yengillashtirib, 
unutish sur’atini susaytirishga zamin hozirlaydi.
Faoliyat nazariyasi
da inson uchun hayotiy, ijtimoiy, kasbiy 
ahamiyatli bir qator voqeliklar, ma’lumotlar aslo unutilmasligi, odatda, 
shaxsning faoliyatda ishtirok etish darajasiga qarab ma’lumotning 
esda saqlanishi ta’kidlanadi.
Xotira insonning hayoti va faoliyatining barcha sohalarida 
qatnashishi tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari, holatlari, 
shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko‘rinishga egadir. Odatda, 
xotiraning ikki turi mavjud: 1) 
tug‘ma
(irsiy) xotira; 2) 
orttirilgan
xotira. 
Tug‘ma xotira
oddiygina qilib tushuntirganda shartsiz reflekslar 
yig‘indisi bo‘lsa, 
orttirilgan xotira
esa shaxsning hayot va faoliyati 
jarayonida shakllanib, rivojlanib boradi. Orttirilgan xotiraning o‘zi 
muayyan turlarga bo‘linadi: 
Harakat xotirasi
– turli harakatlar va ularning bajarilish tartibi, 
tezligi, sur’ati, tizimini esda qoldirish, saqlash esga tushirishdan iborat 
xotira turiga aytiladi. Agar insonda harakat xotirasi bo‘lmaganda edi, 
u bironta harakatni amalga oshirish tugul o‘sha harakatning aynan 
o‘zini har gal “boshdan boshlar” va o‘rganar edi. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin