235
Esga tushirish.
Esga tushirish oldin o‘zlashtirilgan materiallarni
xotirada qayta tiklanishi, ya’ni xotirada to‘planib (yig‘ilib) qolgan
izlarning faollashuv jarayoni murakkab yoki yengil kechishining
darajalariga binoan tavsiflanishi mumkin: a) bizni qurshab turgan
narsa va hodisalarni, hech ikkilanmasdan “avtomatik” tarzda tanish;
b) qariyb unitilish darajasida bo‘lgan narsa va hodisalarni qiyinchilik
va azob bilan eslash kabilar. Ana shu talqindan kelib chiqqan holda
esga tushirish jarayonining ichki tuzilishiga binoan bir nechta turlarga
ajratish maqsadga muvofiq: tanish-bevosita shaxs yoki narsani esga
tushirish (ixtiyoriy va ixtiyorsiz tarzda) va eslash (xotira ixtiyoriy
yoki ixtiyorsiz holatda). Bu asnoda insonning turmush tarixi (hayotiy
salnomasi), uning umr davomidagi (ontogenetik) xotirasi va uni
eslash shaxs uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Tanish – bu kognitiv nuqtayi nazaridan tevarak-atrofdagi narsa
va hodisalarni inson tomonidan qayta idrok qilish sharoitida esga
tushirishdan iborat xotira jarayoni. Tanish muayyan shaxsning hayoti
va faoliyatida katta ahamiyatga ega. Bu xotira jarayonining sharofati
tufayli biz voqeliklar va insonlar bilan qayta duch kelganimizda ularni
yangidan, boshdan idrok qilmaymiz, balki ularni qaysidir alomatlari,
ko‘rinishi, xususiyatlari va boshqalarga asoslanib taniymiz.
Esga tushirish jarayoni tanishdan farqli o‘laroq mo‘ljallangan
obyektni (subyektni) qaytadan idrok qilmasdan eslash orqali bevosita
tarzda amalga oshiriladi. Favquloddagi daqiqalarda ro‘yobga chiqari-
layotgan faoliyatning mazmuni esa tushirishni aks ettirsa-da, lekin
ushbu faoliyat maxsus tarzda uni esga tushirishga yo‘nalmagan bo‘ladi.
Bunday ko‘rinishdagi esga tushirish ixtiyorsiz deyilsa-da, ammo u
biron-bir tashqi yoki ichki turtkisiz, o‘zidan o‘zi yuzaga kelmaydi.
Ixtiyorsiz esga tushirishning turtkisi – bu predmetni (subyektni)
idrok qilish, tasavvur obrazlarini yaratish, fikrlarni tug‘ilish jarayoni
hisoblanib, ularni muayyan tashqi ta’sirlar (omillar) keltirib chiqaradi.
Xotirot (esdaliklar shaxsiy majmuasi) bu shaxsning o‘tmishdagi
obrazlar voqeliklar va taassurotlarining fazoviylashuvi hamda vaqt
(davr) jihatidan aniq ifodalanilishiga asoslanib esga tushirishdir.
236
Xotirlashda nafaqat o‘tmish obyektlari va subyektlari esga tushiriladi,
balki ular muayyan vaqt va fazo jihatidan muvofiqlashtiradi, ya’ni
ularni qachon, qayerda, qanday sharoitda kechganligi esga tushiriladi.
Dostları ilə paylaş: