Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

IKKINCHI BO‘LIM
V BOB.
PSIXOLOGIYA FANIGA KIRISH. TIBBIYOTDA 
PSIXOLOGIK BILIMLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
Bobning qisqacha mazmuni
Psixologiyaning predmeti va uning tibbiyot xodimlari faoliyatida 
tutgan o‘rni. 
Psixologiyaning predmeti, maqsadi, vazifalari va 
psixologik bilimlarning tibbiyotdagi o‘rni. 
Psixologiyaning shakllanish tarixi
. Psixologiyaning shakllanish 
tarixi va rivojlanish bosqichlari, qadimgi dunyo va o‘rta asr faylasuf 
va mutafakkirlarining psixologiya ilmi to‘g‘risidagi tushunchalari, 
dunyo va rus olimlarining psixologiya faniga qo‘shgan hissalari.
 Psixika va ong
. Psixika va ong muammolari, psixikaning reflektor 
tabiati, psixikaning moddiy asosi, ongning psixologik tavsifi, onglilik 
va ongsizlik tushunchalari
Psixologiyaning asosiy tamoyillari (prinsiplari), ilmiy tadqiqot 
metodlari va tarmoqlari.
 Psixologik qonuniyatlar va ularni aniqlash 
metodlari, psixologiya fanining tarmoqlari, boshqa fanlar bilan 
bog‘liqligi.
5.1. Psixologiyaning predmeti va uning tibbiyot xodimlari 
faoliyatida tutgan o‘rni
Psixologiya yunoncha 
psychelogos
so‘zi “jon”, “ruh” haqidagi 
fan, ta’limot degan ma’noni anglatsada, ammo hozirgi davrda “jon” 
tushunchasi o‘rniga 
“psixika”
qo‘llanilib kelinmoqda. “Psixika” 
tushunchasi bugungi kunda “jon”dan kengroq ko‘lamga ega bo‘lib, 
ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmovchi tomonlarni o‘zida 
aks ettiradi. Psixikaning tarkibiy qismlari bo‘lmish faoliyat, xulq, 


133
muomala yaqqol namoyon bo‘lish xususiyatiga ega bo‘lsa, bilish 
jarayonlari, psixik holatlar, ichki kechinmalar, ijodiy rejalar, ilmiy 
farazlar esa miyada mujassamlashgani uchun ular ko‘zga ko‘rinmaydi. 
Psixologiya fanining keyingi davrdagi taraqqiyoti ular o‘rtasida bir 
talay tafovutlarni keltirib chiqardi.
Demak, psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni 
va o‘z-o‘zimizni bilishimizning asosida yotgan 
jarayonlar, hodisalar, 
holatlar
va shakllangan 
hislatlar
tashkil etadi. Psixologiya bo‘yicha 
adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, 
psixika
dir, deb 
ta’riflashadi.
Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati 
va miyaning mahsuli bo‘lib, u borliqning sezgi a’zolari orqali 
insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, bilish 
jarayonlarida, shaxsning xususiyati va holatlarida, diqqati, his-
tuyg‘ulari, xarakter hislatlarida, qiziqishi hamda ehtiyojlarida o‘z 
ifodasini topadi.
Psixikaning negizida miyaning reflektor faoliyati yotib, tashqi 
dunyodan kirib keladigan qo‘zg‘atuvchilarga ichki yoki tashqi 
biologik a’zolarning javob reaksiyasini bildiradi. Bosh miya katta 
yarim sharlarida vujudga keladigan muvaqqat nerv bog‘lanishlari 
psixik hodisalarning fiziologik asoslari hisoblanib, ular tashqi 
ta’sirning natijasida hosil bo‘ladi. Miyaning funksiyasi psixofiziologik 
qonuniyatlarga binoan muvaqqat nerv bog‘lanishlarining birlashish 
mexanizmi hamda analizatorlar faoliyati mexanizmlari ta’sirida hosil 
bo‘ladi.
Psixikani tadqiq etish deganda insonning butun ongli faoliyatini – 
uning ham nazariy, ham amaliy hayot faoliyatini o‘rganish tushuniladi. 
Odamning ongliligi uning turli-tuman faoliyatida, xatti-harakatlarida 
namoyon bo‘lib, uning shaxsi har xil shakl va mazmunga ega bo‘lgan 
nazariy hamda amaliy faoliyatlarda tarkib topadi. Bunda muhit, irsiy 
belgilar, ijtimoiy ta’sir asosiy omillar hisoblanadi.
Inson o‘zi yashab turgan davrni, moddiy turmushni aks ettiradi, 
ijtimoiy-siyosiy muhit ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtirgan holda 
ijtimoiylashadi. Shuningdek, ijtimoiy muhitda uning his-tuyg‘ulari, 
xarakteri, qobiliyati, iqtidori, tafakkuri, ehtiyojlari, e’tiqodi, uni 
134
faollikka da’vat qiluvchi harakat motivlari, istaklari, tilaklari, 
xohishlari asta-sekin o‘zgarib boradi.
Psixikaning turli shakllarda ko‘rinishi, jumladan, psixik jarayonlar, 
anglanilmagan holatlar, xulq-atvor, psixosomatik 
(yunoncha psyche 
“jon” somo “tana” ma’nosini anglatadi)
hodisalar, inson aql-zakovati 
va qo‘lining mo‘jizakorligi moddiy va ma’naviy madaniyat mahsulini 
yaratdi. Har qanday faktlar (voqelik)da, hodisalarda psixika namoyon 
bo‘lib, o‘zining xususiyatlarini ajratadi va faqat ular orqaligina 
psixikani o‘rganish mumkin bo‘ladi. 
Psixologik voqelik-fakt
deganda subyektning ichki kechinmalari-
ning tarkibiy qismlari bilan bir qatorda ularning obyektiv shakllari 
(xulq-atvor, tana harakati, jarayoni, faoliyat mahsuli, ijtimoiy-madaniy 
hodisalar) orqali psixikaning xususiyatlari, holatlari, qonuniyatlarini 
o‘rganish tushunilib, bunda inson ongidan tashqari, unga bog‘liq 
bo‘lmagan holda hukm suruvchi obyektiv borliq, ya’ni atrofimizdagi 
narsa va hodisalar, muhit, sharoit va boshqalarning psixikada aks 
etishi tushuniladi. 
5.1.1-jadval

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin