4-5 ma'ruzalar. Ma'lumotlar almashish va kontekstli menyu
REJA
Maple 6 muhhiti bilan boshqa muhitlarning aloqasi.
Kontekstli menyu
Ishchi varaqni hujjatlashtirish
Bir nechta ishchi varaq bilan ishlash
Giperhavola tashkil qilish
Tayanch iboralar
Edit menyusi, RTF Word va Text formatlari, konekstli menyu, chiqarish maydoni, Plot2D menyusi, natijani hujjatlashtirish, Insert menyusi, Format menyusi, ma'lumotlar shrifti, File opsiyasi, giperhavola.
1. Maple 6 muhiti bilan boshqa muhitlarning aloqasi.
Maple 6 muhitidan Windows operasion tizimidagi boshqa programmaviy ta'minotlar bilan aloqa qilish uchun ma'lumot almashish buferidan foydalansa bo'ladi. Maple 6 muhitidagi ishchi varaqning ixtiyoriy qismini yoki butun varag'ini belgilab, uni Edit menyusining Cut komandasi bilan kesib olib va so'ngra Copy komandasi bilan nusxa olib, ma'lumot almashish buferiga tashlash mumkin. Ma'lumot almashish buferidagi ma'lumot jimlik qoidasi bo'yicha RTF formatida saqlanadi, bu esa Maple 6 muhitida hosil qilingan natijalarni rasm ko'rinishida (matematik talqinda) MS Word ning hujjatlariga qo'yish imkonini beradi. Paste komandasi, aksincha, ma'lumotlar almashish buferidagi ma'lumotni Maple 6 ishchi varag'iga qo'yadi. Ushbu komandalarni Edit menyusida ko'rsatilgan tugmalar kombinasiyasi yordamida ham amalga oshirish mumkin. Copy as Maple Text komandasi yordamida ishchi varaqni yoki uning qismini Maple 6 formatida nusxasini olib, maxsus Text formatida saqlash mumkin. Ma'lumot almashish buferidagi Maple Text formatidagi ma'lumotni Maple 6 muhitidagi ishchi varaqqa bajariladigan formatda ko'chirish mumkin. Ishchi varaqning o'zida ma'lumotlarni tahrirlash MS Word tizimidagi texnologiyaga o'xshashdir.
Dostları ilə paylaş: |