Pedagogik konfliktologiya moduli bo`yicha o`quv-mavzu rejasi


Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, ob’ekti, predmeti



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə2/12
tarix22.10.2017
ölçüsü0,89 Mb.
#10142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

2.Pedagogik konfliktologiyaning mohiyati, ob’ekti, predmeti.
Pedagogik konflikt bu o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ziddiyatlarni, kelishmovchiliklar tortishuvlar mojorolar, muloqot jarayonida bir-birlarini tushunishlari, bir-birini idrok qilishlarini o’rganadi albatta o’qituvchi bu muammolarni oldini olishi va echimini topishi uchun o’z mutaxassisligini puxta o’rgangan, muloqot sirlaridan habardor bo’lishi, darsni tashkil etish bilan birgalikda tinglovchilarni jalb qila olishi kerakdir. Bundan tashqari tinglovchilarni bilim saviyasini va xulq-atvoriga xolisona baho berishi lozim

Mahmud Qoshg’ariy o’z asarida qo’yidagi fikrlarni bildiradiyu men kishilarni tana a’zolari kasalliklari kasallanganida yuzlarcha minglarcha kishi halok bo’lishini, ruhiy bilimsizlik o’quvsizlik yuzminglarcha, o’nminglarcha shaxslar halok bo’lishini aytadi va bu kasallikni oldini olishda men o’qituvchilik kasbi orqali erishdim degan fikrlarni bildirib o’tgan.

Alisher Navoiy o’qituvchilarni mehnatini xolisona baholab gohida, bola tarbiyasini tarbiyalashda bir kishi bitta bolaga tarbiya berishda ojizlik qiladi. O’qituvchi bir guruh o’quvchilarga o’zida o’zlashtirgan bilim malaka ko’nikmalarini ilmu-odobni o’rgatadi. Bu jarayonni tashkil etishda o’qituvchi ko’p aziyat chekadi va mashaqqatlarni boshidan o’tkazadi. SHuning uchun shogirdlar ustozlari oldida umrbod qarzdor ekanligini his etishlari darkordir. Agar shogird podsholikka erishganda ham ustoziga quluq qilsa arziydi.alisher Navoiy ta’lim-tarbiya maqsadi yosh avlodni xalqparvar, bilimli eng yaxshi fazilatlarga ega kishi qilib etishtirishdir. Pedagogik birgalikdagi ta’sir bu ta’lim va tarbiyani hamkorligida amalga oshiriladi. Masalan O’qituvchi o’quvchilarga biror bir ertak hikoyat, roman asarni aytib beradi. O’qitish ya’ni ta’lim bilan birgalikda tarbiyani shakllaninini ko’ramiz. E’tab unsakkiz bolalar juda taqlidchan bo’lishadi. Asardagi yoki ertaklardagi ijobiy sifatlarini o’zlarida mujassamlashtirishga harakat qiladilar, ular harakatlarida ijobiy tomonlar ko’rinadi. Demak xulosa qilib shu aytish mumkinli, ta’lim tarbiya jarayonlaribirgalikda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda tinglovchi va o’quvchilarimiz faqat o’qituvchilarni bilim saviyasini kuzatibgina qolmay, o’qituvchini ma’suliyatliligi, qobiliyatliligi, ishonchliligi, pedagogik mahorati qobiliyati, samimiyligi ta’lim tizimiga qay tarzda yondashishiga ham e’tiborlarini qaratadilar. Ta’lim-tarbiyaning samarasi, ta’sirchanligi, avvalo o’qituvchiga, uning bilim saviyasiga, kasbiy tayyorgarligiga, pedagogik shunga qiziqish va mahoratiga bog’liqdir. O’qituvchi ijodiy fikrlovchi: umum insoniy va milliy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallag bo’lishi o’z kasbi va bolalarni yaxshi ko’radigan insonparvar adolatli, talabchan pedagogik odobli har bir o’quvchisi ulg’ayib kelajakda yaxshi inson bo’lishiga ishonadigan, ularning barkamol shaxs, ish bilarmon kishi bo’lib etishishiga ko’maklashadigan mutaxassis bo’lmog’i lozim. Pedagogik birgalikdagi ta’sirda o’quvchilar ham ta’limga ijodiy yondashishlari shartdir.

Pedagogik konflikt psixologik nuqtai-nazardan olib qaraganda va psixologiya fanlari bir-biriga uzviy bog’liq va bu fanlar bir-birini to’ldirib turadi. YAxshi tarbiyasi bu avvolo yuqori ma’naviyatli inson. U o’zining barcha o’ylari va harakatlari bilan saf, odil va halokdir. Xuddi shunday murabbiygina o’zining tarbiyalanuvchilarning ma’naviy dunyosini tushunadi, ularning shodlik va qayg’ulari bilan yashaydi, ularning ishonchini qadrlaydi, ular bilan muomolada xushmuomola va odobli,shafqatli, chidamli kechirimli bo’ladi. U o’z tarbiyalanuvchilarining har birini yaxshi ko’radiva chuqur xurmat qiladi.

Pedagogik konfliktni yuzaga keltirmasligi uchun tarbiyachi nozik psixolog va mohir pedagog bo’lishi lozim. Tarbiyasi nazariy bilimlari va pedagogik sezgirligi vositasida o’qituvchilar va o’quvchilar bilan oson alohida kirishadi,maktabda va undan tashqaririda birgalikdagi faoliyatni mohirlik bilan uyushtiradi, tarbiyalanuvchining fikri, tuyg’usi va irodasini bevosita va bilvosita boshqarish san’atini egallagan bo’ladi. Tarbiyachi tadqiqotchi tashkilotchi, jamoatchi, fan sport texnika yoki san’atga shaxsiy bo’lgan inson. U o’z qalbining butun boyligini tarbiyalanuvchilariga hadya etadi. Pedagogk muloqot tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabat fikrlar almashuvi, bir-birlarini tushunishlari va tinglashlari pedagogik muloqotda amalga oshiriladi. Pedagogik muloqotning samarali bo’lishi pedagog va o’quvchilarga bog’liqdir. Pedagog tinglash qobiliyatiga ega bo’lsa, u konfliktni o’quvchilar o’rtasida yuzaga keltirmaydi. Tarbiyalanuvchilarni ruhlantiradi, yangi fikr g’oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. SHuning uchun ham ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruza agar tinglovchilar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham tarbiyasi va tarbiyalanuvchi ham teng yutadi. Tarbiyachi hayotga endigina kirib kelayotgan, bolani barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlarga yosh bolalar bilan muloqotda bo’ladi. Tarbiyalanuvchi muomala odabini asosan tarbiyachi timsolida anglab oladi. Sevimli tarbiyachi bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo’lib qolishi uchun konfliktlarni yo’qotish uchun harakatda bo’lishi kerak.

Konflikt tushunchasi va ta’rifi. Konflikt tushunchasi ilmiy adabiyotda bir xil ma’noda qo’llanilmaydi. «Konflikt» atamasining juda ko’p ta’riflari mavjud. «Konflikt» tushunchasiga nisbatan eng umumiy yondoshuvga ko’ra, u ziddiyatga umumiy tushuncha sifatida, eng avvalo, ijtimoiy ziddiyat sifatida qaraladigan tushunchadir.

Har qanday ziddiyatning rivojlanishi murakkab jarayon bo’lib, u ob’ektiv ziddiyatlarning yuzaga kelishi, avj olishi va hal etilishi asosida ro’y beradi. Marks nazariyasidagi sotsializm g’oyasi sinfiy konfliktlarni inkor etib kelgan. XX asrning 30-yillari oxirida bir qator mualliflar tomonidan sotsialistik jamiyatni «konfliktsiz» rivojlanishi, antagonistik qarama-qarshiliklarning bo’lmasligi haqidagi g’oya ilgari surilgan. Bu g’oya sotsializmda ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar xarakteriga to’liq mos kelishi haqidagi shiorda o’zining to’la ifodasini topgan. Keyinchalik bunday mos kelish faqat bir-biriga qarshi turgan ikki tomonning birligi bilan uyg’unlashgandagina namoyon bo’lishi tan olingan. Mos kelishlik qarama-qarshiliklar birligi doirasida qo’shilgan (birlashgan) vaqtda ziddiyatlar rivojining muayyan bosqichi sifatida talqin qilingan. Boshqa guruh faylasuflar esa sotsializmning asosiy ziddiyatlari bu ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi, ba’zan ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi, eski bilan yangi o’rtasidagi ziddiyat deb tushunganlar. Bir guruh ingliz olimlarning fikricha, «Konfliktlar bu hayotning muqarrar va ko’pincha ijodiy bo’lgan bir qismidir. Konfliktlar insonlarning maqsadlari farqlanganda yuzaga keladi. Kelishmovchiliklar va konfliktlar odatda zo’rlik qo’llanilmasdan hal qilinadi va ko’pincha barcha jalb qilingan tomonlarning ahvolini yaxshilanishiga olib keladi. Bu holat konfliktlar bizning mavjudligimizning bir qismi bo’lganligi bois to’la adolatli hisoblanadi.»1.

Demak, ziddiyatlar muammolari muayyan darajada ilmiy adabiyotda olimlar e’tiborini o’ziga tortgan. Biroq, bu holatni konfliktlar nazariyasiga taalluqli deb bo’lmaydi, chunki mohiyat jihatidan unga umuman e’tibor berilmagan. SHunga qaramasdan ziddiyatlar va konfliktni, bir tomondan, sinonimlar sifatida hisoblash mumkin emas, boshqa tomondan esa, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yib ham bo’lmaydi. Ziddiyatlar, qarama-qarshi turishlik, tafovutlar - bular konflikt uchun zarur, biroq etarli shartlar emas. Qarama-qarshi turishlik va ziddiyatlar, qachonki ularni ifodalovchi kuchlar o’zaro ta’sirga, o’zaro munosabatga kirisha boshlaganda konfliktga aylanadi. SHunday qilib, konflikt ob’ektiv yoki sub’ektiv qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar bo’lib, u taraflarning bir-biriga nisbatan qarama-qarshi kurashida ifodalanadi.

SHuni yoddan chiqarmaslik kerakki, bu fikrni jamiyatga taqqoslaganda gap mavhum kuchlar, kosmik va boshqa tabiiy hodisalar, shuningdek g’ayrioddiy fenomenlar (taqdir,tanilmagan ob’ekt va sh.k.) haqida emas, balki ijtimoiy sub’ektlar sanalgan muayyan odamlar, individlar, ijtimoiy guruhlar va qatlamlar, siyosiy partiyalar yoki davlatlar haqida boradi.

Gap aynan ijtimoiy (sotsial) konflikt haqida boradi, bunda ikki yoki undan ortiq individ yoki guruhning muayyan maqsadga erishish yo’lida bir-biriga halaqit berish, raqobatdoshining manfaatlarini qondirishni yo’qqa chiqarish yoki uning qarashlarini va ijtimoiy mavqeini o’zgartirish imkoniyatini astoydil, faol tarzda ro’yobga chiqarish jarayoni nazarda tutiladi. «Konflikt» atamasi analogiya bo’yicha go’yoki ko’p narsaga, hatto jonsiz predmetlarga ham qo’llanilishi mumkin. Biroq ijtimoiy konfliktlarda ishtirok etuvchi taraflar faqat shaxslar bo’ladi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, «Har qanday ishni yoki biror faoliyat turini , shu jumladan, konflikt bilan bevosita bo’ladigan ishni yoki biror faoliyat turini boshlashdan avval vaziyat qanday va nima sodir bo’layotganligini bilish shart. Bu “tahlil” deb nomlanadi. Turli insonlar nuqtai nazarlaridagi tafovutlardan xalos bo’lishning imkoni yo’q. Odamlar u yoki bu muammoni birgalikda o’rgana boshlaganlarida ko’pincha aynan bir xil faktlar mavjudligi sharoitida ularni go’yoki bir xil tushunganlardek bo’lib tuyuladi. Aslida bunday emas. Farqlar butun bir qator ko’rsatkichlar bilan belgilanadi: maqom, hokimiyat, boylik, yosh, jins bilan bog’liq rol, muayyan ijtimoiy guruhga taalluqlik va h. Insonning jamiyatdagi o’rnini tavsiflovchi bunday ko’rsatkichlar ko’pincha insonlarning aynan bir vaziyatdan turli narsalarni kutishlarini anglatadi: ularning maqsadlari farqlansa yoki bir-biri bilan sig’ishmasa konflikt yuzaga keladi». Ijtimoiy konflikt deganda, odatda taraflarning hudud yoki resurslarni egallab olish, muxolifatdagi individlar yoki guruhlarga, ularning mulki yoki madaniyatiga tahdid solishga qaratilgan qarama-qarshi turish turi tushunilib, bunda kurash hujum yoki mudofaa shaklida kechadi.

Ijtimoiy konflikt o’z ichiga shuningdek, individ yoki guruhning dushman taraf faoliyatini cheklashga, boshqa shaxs yoki guruhlar manfaatiga zarar etkazishni cheklashga qaratilgan faolligini ham oladi. Konfliktlar muammosi yana qator atamalar: nizolar, debatlar, munozaralar, kim oshdi savdosi, raqobatchilik, nazorat ostidagi kurashlar, egri va to’g’ri zo’ravonlik kabilardan foydalanadi. Ko’p tadqiqotchilar konfliktni umumiy va tarixiy o’zgarishlar bilan qo’shib o’rganadilar.

Boshqacha qilib aytganda, biz jamiyatning tabiat bilan yoki insonning o’zi bilan bo’ladigan «konflikt»larini o’rganmaymiz. Bu hollarda shubhasiz ziddiyatlar bo’ladi, biroq «konflikt» so’zi bunday vaziyatlarda ishlatilganda qo’shtirnoq ostida yoziladi, chunki u konfliktning asl ma’nosi bilan aynan emas.

SHunday qilib, ijtimoiy konfliktda doimo kamida ikkita qarama-qarshi kurashuvchi taraflarning bo’lishi zarur. Ularning hatti-harakatlari odatda o’zaro bir-birini istisno qiluvchi manfaatlarga erishishga yo’naltiriladi va demak, ular to’qnashadilar. Barcha konfliktlar uchun taranglashuv xos bo’lib, unda odamlar o’z harakatlarini u yoki bu tarzda o’zgartirishga, bunday vaziyatdan saqlanishga yoki moslashishga majbur bo’ladilar.

Sotsial konfliktga nisbatan eng to’laroq ta’rif adabiyotlarda tadqiqotchi olim E.M.Babasov tomonidan berilgan: «Ijtimoiy konflikt (lotincha «conflictus» - to’qnashuv) - bu ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashuvining eng oxirgi holati bo’lib, unda turli ijtimoiy uyushmalar - sinflar, millatlar, davlatlar, ijtimoiy guruhlar, ijtimoiy institutlar va boshqalarning manfaatlari, maqsadlari, rivojlanish tendentsiyalaridagi qarama-qarshiliklar yoki muhim tafovutlar bilan bog’liq bo’lgan holda ular orasida bo’ladigan to’qnashuv namoyon bo’ladi. Ijtimoiy konflikt ijtimoiy muammo echimini taqozo etuvchi muayyan vaziyatda shakllanadi va hal qilinadi. U etarli miqdorda sabablarga, o’zining ijtimoiy ifoda etuvchisi (sinflar, millatlar, ijtimoiy guruh va sh.k.)ga, muayyan funktsiyalarga, keskinlikning davomiyligiga va darajasiga ega».

Bu ta’rifda konfliktning ba’zi, xususan, ruhiy jihatlari o’z aksini topmagan. Tadqiqotchi YU.G.Zaprudskiy esa aynan shu jihatga alohida e’tiborni qaratgan: «Ijtimoiy konflikt - bu ijtimoiy sub’ektlar manfaatlari, maqsadlari va rivojlanish tendentsiyalaridagi ob’ektiv farqlar qarama-qarshiligining oshkora yoki yashirin holati, mavjud ijtimoiy tartibga nisbatan qarshi turish asosida ijtimoiy kuchlarning bevosita to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita to’qnashuvi, yangi ijtimoiy birlikka olib boradigan tarixiy harakatning alohida shaklidir» Boshqa bir guruh mualliflar esa, konfliktga quyidagicha ta’rif beradilar, ya’ni:”Konflikt - sig’ishmaydigan maqsadlarga ega yoki shunday maqsadlar haqida fikr yurituvchi ikki va undan ortiq tomonlar ( odamlar va guruhlar) o’rtasidagi munosabatlardir”.

Bu ta’rif keng va umumiy ko’lamda berilgan, shu bilan birga unda «quyi darajada»gi - turmush, ro’zg’or, oila, mehnat konfliktlari haqida gapirilmaydi. T.V.Novikovaning ta’rifiga ko’ra, «Ijtimoiy konflikt - bu taraflar (sub’ektlar) o’zaro munosabatlaridagi bir-birini istisno qiluvchi yoki bir-biriga zid bo’lgan muayyan o’z maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan vaziyatdir».

Ijtimoiy hayotning turli sohalarini o’rganishda tadqiqotchilar odatda konfliktologik yondashuvni qo’llaydilar. Xalqaro siyosatda konfliktologik yondashuv katta ahamiyatga ega. Bu yondashuv yurisprudentsiyada ham qo’llanishi mumkin, masalan, jinoyatga odamlar o’rtasidagi konflikt natijasi deb qaralgan vaqtda uning paydo bo’lish mexanizmini kuzatish mumkin. Konflikt sud jarayonida ham namoyon bo’ladi (bir tomondan - ayblanuvchi va uning himoyachisi, boshqa tomondan - jabrlanuvchi va qoralovchi).

Konfliktga yaqin turuvchi boshqa hodisalar ham bor, ya’ni: musobaqa, tortishuv, raqobat. Bu hollarda ham taraflarning qarama-qarshi turishi kuzatiladi . Biroq bu qarshi kurash qoida bo’yicha dushmanlik darajasigacha keskin tus olmaydi yoki agar bunday yovuzkorlik mavjud bo’lsa ham (masalan, raqobatda), u boshqa tomonning qonuniy harakatiga to’sqinlik qiluvchi birgalikdagi harakatga aylanmaydi. Har qaysi taraf yutuqqa erishishga intilib, qarshi tomonni engishga harakat qilib «O’z maydonida» ish ko’radi. Lekin bunda taraflarning harakatlari ijobiy (pozitiv) bo’lib, ular o’zlarining maksimal yutuqlariga intiladilar, raqibini engish ular uchun pirovard maqsad emas. SHunday qilib, konflikt va musobaqa aynan bir xil emas, biroq musobaqa konfliktga aylanishi mumkin. Bu hol raqobatga ham taalluqli, raqobatdoshlar bir-biriga to’g’ridan-to’g’ri tazyiq ko’rsatishga o’tishlari mumkin.

Ba’zi o’yinlar, ayniqsa, sport o’yinlari konflikt tarzida tashkil qilinadi (masalan, boks). Lekin bu erda mohiyat bo’yicha gap konfliktga taqlid qilish haqida borayotganligi ravshan. O’yin tugashi bilan «konfliktli» munosabatlar ham tugaydi. Musobaqa o’tgandan so’ng turli komandalar o’yinchilari o’rtasidagi kelishmovchilikning saqlanishi bu qoida emas, balki istisnodir, bu holat sportda rag’batlantirilmaydi.



Konflikt predmeti va ob’ekti. Konflikt predmeti deb taraflar o’rtasidagi nifoq (kelishmovchilik)ga sabab bulgan ob’ektiv mavjud bulgan yoki fikran tasavvur qilingan muammoga aytiladi. Har qaysi taraf bu muammoni o’z foydasiga hal qilishdan manfaatdor buladi. Konflikt predmeti - bu shunday ziddiyatki, sub’ektlar u uchun va uning hal qilinishi uchun qarama-qarshi kurashga kirishadilar. Bu xokimiyatga intilish, biror boylikni egallash, ustun mavqega ega bo’lish kabi muammolar bo’lishi mumkin.

Konfliktni hal qilish yo’llarini topishda uning predmetini aniqlash muhim, biroq ko’pincha bu qiyinlik bilan kechadi. Ko’p konfliktlar o’ta chalkash va murakkab holatlar bilan bog’liq bo’ladi. Konfliktlarda bir necha muammolar ustma-ust yuz berishi mumkin. Konflikt predmeti tarkibiy qismlarga bo’linishi mumkin. Bunga uzoq davom etadigan oilaviy kelishmovchiliklar yoki millatlararo konfliktlar misol bo’ladi.

Ishtirokchi taraflar o’rtasida olib boriladigan muzokaralarda konflikt predmeti oydinlashtiriladi, bunda taraflar bir-birining maksad va pozitsiyalarini aniqlashtiradilar.

Konflikt ob’ekti deganda taraflar egallashga yoki undan foydalanishga intiladigan muayyan moddiy yoki ma’naviy boylik tushuniladi.

Konflikt ob’ekti bo’lib shaxsiy, guruhiy, ijtimoiy, davlat manfaatlarining predmeti bo’lgan moddiy dunyo va ijtimoiy borliqning istalgan elementi hisoblanadi. Bu element konflikt predmeti bo’lishi uchun turli ijtimoiy sub’ektlar manfaatlari to’qnashadigan nuqtada bo’lishi kerak, sub’ektlar bunday element ustidan shaxsiy kontrol yuritishga harakat kiladilar. Bunday vaziyatlarga misol : kichik yoshdagi bolalar chiroyli o’yinchok ustida talashadilar yoki u yoki bu hududning tegishliligi haqidagi masala hal qilinmaganligi uchun davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning taranglashuvi.


Konfliktologiya fan sifatida avvalo o’qituvchining kasbiy axloqiy fazilatlaridan biri talabchan va adolatli bo’lishidir degan fikrlar asosida ish ko’radi. O’qituvchi o’z navbatida o’z ustida ishlashi talabchan bo’lsagina tinglovchilardan ham ma’suliyatlilikni vazifalarni o’z vaqtida bajarishini talab qila oladi. Pedagog talabchanlik bilan bir qatorda adolatli ham bo’lmog’i o’rinlidir. Pedagog bola bilimini adolatli ravishda holisona baholashni agar guruhda iqtidorli talantlilar bo’lsa ko’proq bunday o’quvchilarni rag’batlantirish ularni yanada o’z ustida ishlashga unday olishi ta’limni samarali tomonlarini ko’rsatadi. Pedagog ma’suliyatli bo’lishi o’quvchilarga mashg’ulot topshirildimi ularni tekshirib o’z vaqtida baholashi lozimdir. YUqoridagi fikrlar konfliktlarni paydo bo’lishicha yo’l qo’ymaydi.

Inson hayoti boshqalar bilan bo’ladigan turli munosabatlarning uzluksizligidan iborat jarayondir. Ana shu munosabatlar esa har doim ham bir tekis silliq va tinch davom etavermaydi. Hayotning bir tekis davom etishini turli nizo va ziddiyatlar buzib turadi. Biz ularni konfliktlar deb ataymiz. So’nggi vaqtlarda jamiyatimizdagi turli darajadagi o’zgarishlar iqtisodiyotning jadal qadamlar bilan o’sishi ma’naviy, ilmiy, texnikaviy imkoniyatlarning ochilishi murakkablik kasb etib boradigan dunyoni bilish va shu zamonda yashayotgan odamlarning to’qnashuvi natijasida konfliktlarning turli ko’rinishlarini namoyon qilmoqda.

Bugungi kunda konfliktlar mavzusi yoshlar o’rtasiga olib kirilishi bejis emas. Xo’sh aslida konflikt nima? Uni engib bo’ladimi, undan inson o’zini ehtiyot qilishi mumkinmi, konfliktsiz yashash mumkinmi va konfliktning zararli yoki foydali tomoni nimada?

Konfliktlarga biz oilada, opa-singillar, aka-ukalar, yaqinlar, do’stlar, ijtimoiy guruhlar, turli kompaniyalar o’rtasida, shuningdek o’qish va mehnat faoliyatida ham duch kelamiz.

Konflikt o’zi nima? U qanday paydo bo’ladi? Konflikt – o’zaro qarama - qarshi bo’lgan ziddiyatli manfaatlar va munosabatlarning ochiq to’qnashuvidir. Hayot konfliktlarga to’la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli ziddiyatlarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bunday ziddiyatlarga har qanday yoshda, har joyda va har qanday vaziyatda to’qnash kelish mumkin.

Konfliktologiya va boshqa fanlar. O’z-o’zidan ma’lumki, konfliktologiya, har qanday fan singari boshqa fanlar bilan ham uzviy bog’liq. Konfliktologiya birinchi navbatda sotsiologiya va ijtimoiy psixologiya bilan umumiy jihatlarga ega bo’lishi bilan juda yaqindir, chunki bu fanlar kishilar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganadilar. Konfliktologiya inson hatti-harakatlarining sabablari haqida mulohaza yuritish uchun boy ozuqa beruvchi tarix fani bilan bog’liq. Va nihoyat, konfliktologiya turli xil konfliktlar tabiatini, rivojlanish mexanizmini va oqibatlarini aniqlashtiruvchi siyosatshunoslik, iqtisod, etnologiya kabi boshqa ijtimoiy fanlar bilan ham yaqindan hamkorlik qiladi.
3.Pedagogik konfliktologiyaning maqsad va vazifalari
Konfliktlar uyda, maktabda, ko’chada, o’quvchilar orasida, ota-ona va farzandlar orasida, tinglovchi va o’qituvchilar, yoshi kattalar va yoshlar o’rtasida, jamoa a’zolari o’rtasida paydo bo’lishi mumkin.

Konflikt har bir insonning ajralmas qismi bo’lib, hech bir inson konfliktlardan o’zini “kafolatlanganman” deb ishonch bilan ayta olmaydi.

Konfliktlar, odatda, ko’p vaqtlar odamlar birga bo’ladigan hollarda, ya’ni uzoq muddat bir-birlari bilan psixologik va ruhiy muloqatda bo’ladigan hollarda, ular ma’lum muddat o’zaro birga bo’lishga majbur bo’lgan paytlarda ko’proq sodir bo’ladi.

Konflikt ijobiymi yoki salbiy xususiyatga egami? Konfliktning o’z ichki tabiati qanday? Nizoni rivojlantiruvchi omillar oldindan bartaraf etsa bo’ladigan vaziyatmi? Inson ziddiyatlarsiz yashay olishi mumkinmi? Bu savollarga javob topish ancha mushkul masala hisoblanadi.

Har bir inson konfliktlar bilan to’qnash kelishi aniq bo’lganligi sababli konfliktlar haqida keng bilimlarni tarbiyalash va shakllantirish muhim pedagogik ahamiyat kasb etadi. SHu jihatdan, yoshlarda konfliktlar to’g’risida nazariy va amaliy bilimlar, amaliy ko’nikmalar hosil qilish, ularni hayotga tayorlash, yoshlarni jamiyatdagi o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lishida zarur ehtiyoj ekanligini anglagan holda, ana shunday bilimlarni targ’ib qilish bugungi kundagi eng dolzarb mavzularidandir.

Konflikt tabiy hodisadir. Konflikt - oddiy hol. U har kuni biz bilan hamroh, hayotimizga tegishli. Konflikt bo’lgandan ko’ra bo’lmagani ma’qulroq deb o’y-laymiz. Aslida biz konflikt vaziyatidan qochamiz va buni inkor etamiz. Konflikt vaziyatiga tushib qolganimizdagina bu vaziyatni konflikt ekanini anglaymiz va undan chiqib ketish yo’llarini izlaymiz. Konfliklarni biz ma’lum bilimlarsiz to’g’ri baholay olmaymiz. Konfliktlarning yoshlarga, yoshlar o’rtasiga olib kirilishi bejiz emas. Konfliktlarning yoshlarga ta’sirini biz oilada, ota-ona, opa-singillar, mahalla, tengqurlar o’rtasida hamda o’qish va mehnat faoliyatida vujudga kelishini ko’rishimiz mumkin.

Xo’sh biz kimlarni yoshlar deb ataymiz? YOshlar deb, biz aholining o’sib kelayotgan qismini aytamiz. Bular;

1.O’smirlar 11-15 yosh.

2.O’spirinlar 14-21 yosh.

3.O’spirinlikdan keyingi davr.

O’smirlik davri qanday psixologik xususiyatlari bilan farqlanadi va o’smirlarga konfliktlarning ta’siri nimalarda ko’rinadi? Albatta bu savolga javob topish anchayin mushohada talab qiladi.

O’smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi bolalarni o’z ichiga qamrab oladi ya’ni, 6-8 sinf o’quvchilarini. Kichik va katta yoshdagi bolalarni tarbiyalash jarayoni qiyin kechadi. Bu davrda o’smirlarning o’z shaxsiy fikrlari paydo bo’ladi. Ularda o’z qadr qiymati haqidagi tushunchalari kengayadi. Jinsiy etilish munosabati bilan paydo bo’ladigan, yangi sezgilar, fikrlar, mayllar kechinmalar go’yo o’smir ongida hukmron bo’ladi. O’smir o’z oila a’zolari; ota-onasi, aka-ukasi yoki opa-singillari bilan konflikt vaziyatga tushib qolishi mumkin. Bunga bevosita mahalla-kuy, maktab, tengdoshlarning ta’siri katta bo’ladi.

Oilada ziddiyatni yuzaga keltiruvchi bir vaziyat:

Men 14 yoshda edim. Ammo o’zimni katta qiz hisoblar edim. O’zimni mustaqil, erkin ko’rsatishga intilar edim. Oilamizda eng oxirgi so’zni otam aytar edilar. Bir kuni sinfdoshim Olimjonning tug’ilgan kuni edi. Dugonalarimiz bilan birgalikda Olimjonning tug’ilgan kuniga bormoqchi bo’ldik. Buni otamga hech ham tushuntira olmadim. Onam esa otangdan so’ra deydilar. Otam bunday tadbirlarga borish menga yomon ta’sir qilishini aytdi. «Hozir sening vazifang uyda qolib kitob o’qish sen mening orzularimni inobatga olishing kerak qizim» - dedilar. Men shunday paytda otamni rosa yomon ko’rib ketganman. «Otam bunchalar zolim», «mening erkinligimni bug’ishadi» deb o’ylaganman. «Dugonalarim meni subutsizlikda ayblashadi». «Men qo’rqoqman, endigi safar albatta qochib bo’lsa ham boraman» deb o’yladim.

Ammo, otamning qattiq tergashlari, va ibratli misollari orqali bu mavzuga qaytadan murojat qilmadim.

Zarurat bo’lmaganda bunday tadbirlarga bormasdim. Kunlardan bir kun men maktabdagi tadbirda qatnashdim. Unda ustozlar meni rosa maqtashdi. Uyga kelib otamga rosa maqtandim otam mendan xursand bo’ldilar.

O’rtamizdagi ziddiyat umuman yo’qoldi. Endi otam nima desam, o’shani muhayyo qiladigan bo’lib qoldi, lekin, shunda ham, meni kamtarona kiyinishimni talab qilar va ortiqcha harakat qilishimga yo’l qo’ymasdilar. Albatta men bundan narozi bo’lib, «men huquqsizman g’ururim toptalgan» deb o’ylab, yig’lardim. Keyinchalik XI sinfda tug’ilgan kun kechalari uyushtiriladigan bo’ldi. Otam ruxsat berdilar ammo, nimagadir shu tug’ilgan kunga o’zimning borgim yo’q. Men diskamfort holatiga tushib qoldim.


Konfliktning kelib chiqishidan oldin konflikt vaziyat mavjud bo’ladi. Konfliktning oldini olmaslik intsidentga olib keladi. Intsindentnig rivojlanishi esa konfliktning o’zini vujudga keltiradi.

Intsidentlar nima?

Intsidentlar, hayotda uchrab turadigan turli nizo va ziddiyatga bog’liq bo’lgan voqealar bo’lib, osuda va tinchlik vaqtida siz ularni tezda xayoldan chiqarib tashlaysiz. Ammo ular ba’zan sizni konflikt tarkibga tortib ketadi.

Men va otam o’rtasidagi konfliktning yuzaga kelishida xuddi o’sha intsidentlarning ham hissasi katta.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin