Pedagogik konfliktologiya moduli bo`yicha o`quv-mavzu rejasi


– mavzu. Pedagogik konfliktlarning oldini olish



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə5/12
tarix22.10.2017
ölçüsü0,89 Mb.
#10142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

3 – mavzu. Pedagogik konfliktlarning oldini olish

Ma’ruza mashg’ulotning texnologik modeli


Ma’ruzaga ajratilgan
vaqt – 2 soat



Tinglovchilar soni –

O’quv mashg’ulotining shakli:

Ma’lumotli ma’ruza


O’quv mashg’ulotining tuzilishi:

Pedagogika konfliktlarning kelib chiqishi sabablari. O`zaro munosabatlarni keskinlashtiruvchi pedagogik vaziyat. To`qnashuv, qarama-qarshiliklar motivi. Ta`lim-tarbiya jarayonidagi majburiylik Konfliktning ijobiy va salbiy tomonlari.

O’quv mashg’ulotining maqsadi:

Tinglovchilarga pedagogik konfliktlarning yuzaga kelish omillari to’g’risida ma’lumot berish.

Pedagogik vazifalar:

Mavzuni sharhlash.

Mavzuning asosiy maqsadini yoritib berish.

Turli nazariyalar bilan tanishtirish.

Tayanch tushunchalarni mazmunini yoritib berish.

Mavzuni rejalar bo’yicha mazmunini yoritib berish.




Oquv faoliyatining natijalari:

Mavzudagi asosiy tushunchalarni aytib berish.

konfliktlarning yuzaga kelishining ob’ektiv omillari haqidagi tushunchalarga ega bo’ladi.

“Konflikt” tushunchasining ma’nosini anglash.

Pedagogik konfliktlarning shaxsiy sabablari haqida ma’lumot oladilar.


Ta’lim metodi


Ma’ruza, suhbat, «Debat» strategiyasi

Ta’limni tashkil etish shakli


Ma’ruza, frontal, umumjamoa

Didiaktik vositalar


Tarqatma material, doska, bo’r

Ta’limni tashkil etish sharoiti


Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya

Nazorat


O’z-o’zini nazorat qilish.


Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi


Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Tinglovchi

I-Bosqich.

O’quv mashg’ulotiga kirish


(20 min).

    1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.

«Debat» baxs mavzusi.

    1. Eshitib, yozib oladilar.

1.2. «Debat» baxs mavzusi.

II-Bosqich.

Asosiy bosqich. Anglash


(50 min).

2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.

2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.

2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.


2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.

2.2. O’ylaydi va yozib oladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.

2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.


III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi


(10 min).

3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.

3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.

3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.


3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.

3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.




Pedagogika konfliktlarning kelib chiqishi sabablari. O`zaro munosabatlarni keskinlashtiruvchi pedagogik vaziyat.
Konfliktlarning kelib chiqish sabablari guruhdagi har bir shaxsning fe’l atvoridagi xatti-harakatlarida shaxsga mansub bo’lgan millat, xalq xudud xususiyatlarida namayon bo’ladi.

Pedagogik konflikologiya vfanining yuzaga kelishining ruxiy madaniy asoslari bilan tanishi ya’ni pedagogik ziddiyatlarni kelib chiqish sabablarini bilgisi, shu o’rinda turli pedagogik ziddiyatlarni kelib chiqish sabablarini bilishi, shu o’rinda turli pedagogik ziddiyatlarni oldini olishi va bartaraf etish usullari haqidagi nazariy bilimlarni amaliyotda keng tadbiq etishlari talablar bilimlariga quiylgan asosiy talablardan biri sanaladi. Pedagogik konfliktologiya fanining kelib chiqish sabablaridan yana biri pedagogik madaniyatni rivojlantiradi. Pedagogik konfliktlarni yuzaga keltirmasligi uchun ziddiyatlarni, muammolarni oldini olishda o’qituvchi pedagogika qobiliyat va mahorat o’qituvchilik ishida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir muallim pedagogik mahoratni egallashlari zarur. Pedagogk faoliyatning samarali bo’lishi uchun o’qituvchida qobiliyatning qo’ydagi turlar mavjud bo’lmog’i lozim. Bilish-qobiliyati o’z mutaxassisligini kuchli bilishi, o’z fani sohasida kashfiyotlarni hamisha ko’zatib borishi kerakdir. Tushuntira olish qobiliyati- o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib etkazib bera olish muammoli ziddiyatli mavzularni hayotiy misollar asosida tushuntirib berish: kuzatuvchanlik qobiliyati-o’quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyoga kira olishi, o’quvchi shaxsini va uning vqtinchalik ruhiy holatlarini yaxshi tushinish bilish bilan bog’liq bo’lgan kuzatuvchanlikka ham e’tiborini qaratish.

Ta’lim jarayonida o’qituvchi konfliktlarni yuzaga keltirmasligi uchun o’quvchini yosh va individualxuchuchiyatlariga ham e’tibor berish lozim. Har bir guruh tinglovchilarini xarakteri, tempromentga qarab munosabatga kirishsa, o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida konfliktlar yuzaga kelmaydi.

O’zaro munosabatlarni keskinlashtiruvchi pedagogik vaziyat.

Pedagogik vaziyat ta’lim-tarbiya jarayonida yuz beradigan turli xil shart-sharoitlardir. Pedagogik vaziyatda shunday holatlarga duch kelishimiz mumkin. Ta’lim jarayoni olib borilayotgan ya’ni o’qituvchi ma’ruza o’tayotgan paytda tinglovchilarimiz tushunmagan narsalarni o’z vaqtida domlaning fikrini to’xtatib savolini beradi. Agar pedagog o’z fanini puxta egallagan bo’lsa, savolga javob berib, keyin ma’ruzani davom ettira oladi. Bunday pedagogik vaziyatda ayrim pedagoglarimiz fikrim bo’lindi deb tinglovchilarga tanbeh beradi. Bu vaziyatdan chiqishga qiynalib qoladilar. Ayrim gurug’larda iqtidorli talantli tinglovchilarimiz borki, ularning fikrlari juda keng turli hil mavzudagi savollarni o’rtacha tashlaydilar, bunday vaziyatda o’qituvchi nima qilishi kerak o’qituvchi biladi lekin tinglovchiga kengroq umumiyroq tushuntirma yana savol beraveradi. Bunday vaziyatda o’qituvchi darsni bahs munozara tarzda tashkil qilsa, guruh tinglovchilaridan yangi yangi fikrlarni eshitishi va so’ng umumiy xulosa qilib o’z fikrlarini bildirishi lozimdir. Pedagogik vaziyatlarda ham pedagogik konfliktlarni ko’rishimiz mumkin darsni bahs munozara shaklida qarama-qarshilik tafovut, mojoralarni oldini olishda tinglovchilar bir-biri bildirayotgan fikrlarini ba’zan umuman rad qilib tashlaydila. Pedagogik vaziyatda har tinglovchini ham fikrlarini qaysidir tomonlama to’g’riligini ta’kidlash pedagogni pedagogik vaziyatdagi yutug’idir.

Konflikt sabablari va motivlari
Jamiyatdagi sababiy bog’liqlik. Ijtimoiy muhitda sababiylik ko’p murakkablik va chalkashlik bilan xarakterlanadi. Har bir ijtimoiy harakat turli-tuman va aksariyat hollarda ziddiyatli hodisalarni keltirib chiqaradi. Konfliktlarning asl sabablarini aniqlash esa, hodisalar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikning butun zanjirini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi.

Turli konfliktlardagi taraflar hatti-harakatlari sabablarini tahlil etishda ularning odatda o’z manfaatlarini qondirishga bo’lgan intilishlaridan iborat ekanligini tushunish qiyin emas. Faraz, o’ch olish, hasadgo’ylik, ko’rolmaslik, nosamimiylik, araz, qabul qilingan qarordan qoniqmaslik, bugungi kunda yoki kelgusida o’zini moddiy jihatdan ta’minlashga bo’lgan intilish sud amaliyotida uchrab turadigan turmush konfliktlari sabablarining aksariyati hisoblanadi. Guruhiy konfliktlarning motivlari xam bulardan farqlansa-da, ular xam o’ziga xos xilma-xil, masalan, iqtisodiy qiyinchiliklar, siyosiy ehtiroslar, rahbarlikka intilish, milliy g’urur va sh.k. Xalqaro maydonda davlatlar hatti-harakatlari motivlari ham shu kabi turlicha bo’lishi mumkin. Aslini olganda konfliktlar sabablari hozirgi hayotning butun murakkabligini aks ettirishga qodir. Aytish joizki, “Konflikt tahlili quyidagilar :

-vaziyat sabablari va tarixini, shuningdek, joriy hodisalarni tushunish ;

-faqat asosiy yoki aniq ko’rinib turgan taraflarni emas, balki konfliktga jalb qilingan barcha ishtirokchi (guruh)larni aniqlash ;

-barcha bu ishtirokchi(guruh)larning nuqtai nazarlari va ularning o’zaro munosabatlarini bilish ;

-konflikt negizida yotgan omillar va tendentsiyalarni aniqlash ;

-muvafaqqiyatsizliklar va yutuqlardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarish uchun zarurdir.

Konflikt tahlili bu bir martalik tadbir emas, u o’zgaruvchan omillar, dinamika va sharoitlarga harakatlarni moslashtirishga yordam qiluvchi doimiy jarayon bo’lib qolishi kerak.».

Biroq, individlar va ijtimoiy guruhlar hatti-harakatlarining (sabablari) motivlari konfliktlarning chuqur sabablari bo’la olmaydi, chunki bu motivlarni o’zi ham izoh talab etadi. Inson tashqi vaziyat o’zgarishlariga befarq bo’lmay, o’zgarib boradi; o’z navbatida psixologik omillar iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning borishiga ta’sir o’tkazadi. Ijtimoiy ong tafakkur, hissiyotlar, ehtiyojlar, motivlar, manfaatlar orqali namoyon bo’ladi, bundan esa, muayyan kishilarning fikrlari, mavqei, harakatlari, ehtiyojlari, xulq-atvori shakllanadi. Bunda aynan hissiy darajada qayd etiladigan va guruhlar, jamoalarning hatti-harakati, xulq-atvori, nuqtai nazari sifatida umumlashadigan ijtimoiy ongning individual ifodalanish turli shakllarida ma’naviy sohadagi ziddiyatlar oshkora va keskin ko’rinishda namoyon bo’ladi, borliq ziddiyatlari aks etadi.

Umuman keng ko’lamli konfliktli vaziyat jamiyatdagi ijtimoiy tarqoq jarayonlarning kechishi haqida, muayyan jamiyatning barqarorligini yoki hududiy yaxlitligini ta’minlovchi muhim ijtimoiy tuzilmalarning qisqa muddatli yoki uzoq davom etadigan ko’p yoki kam darajadagi, ba’zan esa tuzatib bo’linmaydigan dezintegratsiyasi haqida guvohlik beradi.

Hozirgi zamon jamiyatida konfliktlar oqibat natijada ob’ektiv mavjud ijtimoiy ziddiyatlarning tug’ilishi va namoyon bo’lishidan iborat.

Bunday nuqtai nazar markscha nazariyada keng ishlab chiqilgan. K.Marksning fikricha, jamiyat qotib qolgan emas, sinfiy kurash orqali u doimo o’zgaradi. Bunday jamiyat ishchi sinfi tomonidan o’zining qaramlik holatini anglab borgan sari ko’prok ziddiyatlashib boraveradi, toki ijtimoiy inqilob sodir bo’lib, ekspluatator sinfni qulatmaguncha. Bunday jarayon umumjahon xarakteriga ega va vaqti kelib sinfsiz jamiyatga olib kelishi muqarrar.

Ijtimoiy-tarixiy jarayonni bunday tushunish ba’zilar tomonidan jiddiy asoslantirilgan e’tirozlarga sabab bo’ladi. Marks ijodiy merosini o’rganuvchi ba’zi tadqiqotchilar shu narsaga e’tibor beradilarki, bu ma’nodagi sinfiy konfliktga uning turli xil hatti-harakat shakllarini nazariy tahlil etmasdan qaralgan. Ba’zi olimlar esa, uning ta’limotida sinflar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni mutlaqlashtirishni ko’rganlar.

M.Veber esa konfliktlarning paydo bo’lishini faqat kambag’allik va boylik tafovutlariga bog’liq deb hisoblamaydi. U notenglik xususiyatiga karab e’tibor, hurmatning turli darajada bo’lishi, bir xilda bo’lmagan obro’, mavqe, maqomli guruhlar tushunchasini kiritgan. Bunda Veber turli guruhlarning moddiy va g’oyaviy manfaatlari bilan diniy ong o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rsatib o’tgan.

R.Darendorf esa aynan sinflarni konfliktlashuvchi ijtimoiy guruhlar deb hisoblagan. Uning fikricha,sinfiy konflikt jamiyat xarakteri bilan belgilanadi. Konflikt odatda iqtisodiy munosabatlar bilan emas, balki boshliqlar va bo’ysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlar orqali vujudga keladi, uning bosh sabablari kishilarning bir-birlari ustidan xukmronligi, hokimiyatga esa bo’lishlaridir. Konflikt uchun asos faqat ishchilar ustidan tadbirkorlar hokimiyatining o’rnatilishi emas, konflikt boshqaruvchilar va bo’ysunuvchilar mavjud bo’lgan har qanday tashkilotda paydo bo’lishi mumkin (kasalxonada, harbiy qismda, universitetda va h.). Darendorf o’zining «Industrial jamiyatda ijtimoiy sinflar va sinfiy konflikt» nomli mashhur asarida ob’ektiv «yashirin» va anglashilgan «oshkora» manfaatlarning mavjudligi haqidagi xulosani chiqarish uchun Marksning ko’p nazariy xulosalaridan foydalangan. Sinflar, uning fikricha, qachonki «yashirin» manfaatlar «oshkora» manfaatlarga aylanganda vujudga keladilar.

Hozirgi zamon olimlaridan Per Burde esa hozirgi konfliktlarning rivojlanish xususiyatlari ustida fikrlash uchun amaliy tavsiyalar beradi. Uning fikricha, sinflar to’g’risidagi markscha nazariyaning kamchiligi ob’ektiv mavjud tafovutlar majmuini e’tiborga olmaslik, ijtimoiy borliqning faqat iqtisodiy maydon bilan cheklash natijasidir.

K.Boulding, L.Kraysberg, M.Krozelar fikricha, konfliktning o’zi turli xil maqsadlarga intiluvchi guruhlarning qarshi kurashidan iborat. K.Bouldingning ta’kidlashicha, hamma konfliktlar umumiy elementlarga xamda rivojlanishning umumiy me’yorlariga ega bo’ladi, bu elementlarni o’rganish konflikt hodisasini uning istalgan ko’rinishida o’rganish, tasavvur qilishga imkon beradi.

Demak, konfliktlarni tushunishda va asoslashdagi asosiy yondashuvlar yirik ijtimoiy uyushmalar o’zaro munosabatlarining xususiyatlarini ko’rib chiqish doirasida shakllanganligini ko’rishimiz mumkin.



Notenglik konflikt manbai sifatida. Ijtimoiy notenglikning asosiy belgilari bo’lib mulkchilik, hokimiyat, maqom munosabatlaridagi farqlar hisoblanadi. Bu xususiyatlar u yoki bu darajada jamiyatning ijtimoiy-sinfiy tuzilmasida aks etadi, ijtimoiy guruhlar, individlar o’rtasidagi munosabatlardagi notenglik bo’lib namoyon bo’ladi. Ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy notenglik bilan ijtimoiy guruhlar va individlarning hayot tarzida, madaniyatida, ruhiyatidagi muhim farqlar xam bog’liq bo’ladi.

Moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish, ularni ayirboshlash va taqsimlash yuzasidan bo’ladigan ijtimoiy harakatlar ijtimoiy guruhlar o’rtasida tanglikka, muayyan sharoitlarda esa ochiq konfliktga olib borishi muqarrardir.

So’nggi o’n yilliklarning tarixiy tajribasi shundan guvohlik beradiki, davlat sotsializmi xususiy mulkchilikni va sinflarning ijtimoiy notengligini butunlay tugata olmadi.U jamiyatni ijtimoiy konfliktlardan xam qutqara olmadi.

Bugungi kunda bozor iqtisodi ishlab chiqarish tizimining eng yaxshisi hisoblanadi, biroq uning afzalliklari insonparvarlik xarakteriga ega bo’lishi uchun demokratik davlat bozor iqtisodi vujudga keltirishi mumkin bo’lgan insonni qullikka solish va begonalashtirish tipik shakllarini yumshatish mas’uliyatini o’z zimmasiga olishi kerak. Amalda bu davlat tomonidan daromadlarni yo’qsillar foydasiga qayta taqsimlashni, progressiv soliqqa tortishni joriy etishni anglatadi. Bunday qayta taqsimlashning mexanizmi va vositalari turli yo’llar bilan ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan: muzokaralar, kelishuvlardan to konfliktlargacha. Biroq, kelajakda konfliktlarning bo’lishi istalmagan narsa, chunki bu o’zaro ijtimoiy talofatlar bilan kechadi. YUridik adabiyotlarda bu xususda bildirilgan ba’zi fikrlarga ko’ra, «Mikrodarajadagi shaxslar o’zaro ta’siridan boshlab to guruhlar, tashkilotlar, jamoalar va millatlar orqali insoniy o’zaro ta’sirning barcha tiplarigacha, shu jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlar va hokimiyatning taqsimlanishi masalalari - bularning hammasi konflikt orqali rivojlanadi, o’zgaradi va sodir bo’ladi. Konflikt bu munosabatlarda muvozanat yo’qligi sababli yuzaga keladi, masalan, noteng: ijtimoiy maqom, iqtisodiy ahvol, boylikka egalik yoki hokimiyatning taqsimlanishi. Bular o’z navbatida kamsitilish, ishsizlik, kambag’allik, jinoyatchilik va tazyiq ostida bo’lishlik kabi muammolarga olib keladi. Bu darajalarning har biri boshqalari bilan aloqador va kelgusida ijobiy o’zgarishlarga yoki buzg’unchi zo’rlikka olib keluvchi qudratli «shoxobcha»ni shakllantirishga qodirdir»1.

SHuni ta’kidlash lozimki, jamiyatda katta ijtimoiy guruhlarning notengligi bilan bog’liq konfliktlarni butunlay bartaraf qilishning samarali usullari mavjud emas. Birinchidan, insoniyat tarixi shuni ko’rsatadiki, ijtimoiy notenglik doimo qaror topaveradi. Davriy tarzda takrorlanadigan inqiloblar notenglikni amalga oshirilishi tiplari, shakllari va metodlarini ko’p darajada o’zgartiradi, biroq uni yo’qotishga kuchi etmaydi. Har qanday jamiyatda doimo turli ijtimoiy guruhlar o’rtasida manfaatlar konflikti, hech bo’lmaganda hayotiy muhim resurslarga ega bo’lish yoki ulardan foydalanishga bo’lgan huquq uchun kurash mavjud bo’lgan va bunday keyin ham bo’ladi. Bu kurash uning ob’ekti bo’lgan resurslarni vaqt chegaralariga bog’liq ravishda davom etadi.

To`qnashuv, qarama-qarshiliklar motivi. Ta`lim-tarbiya jarayonidagi majburiylik Konfliktning ijobiy va salbiy tomonlari. Manfaatlar va ehtiyojlar. Ijtimoiy konfliktlar tabiatini tushunish manfaatlar qarama-qarshi kurashini tahlil qilishdan iborat qadimiy an’anaga ega.

Turli-tuman konfliktlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, kurashuvchi taraflar hatti-harakatining negizida qandaydir aniq sabablar yotmasin, ular taraflar manfaatiga borib taqaladi, konflikt bo’lganda bu manfaatlar qarama-qarshi yoki bir-birini istisno qiladi. Gitler Germaniyasi o’zga davlatlar erlarini egallashga intilgan, Evropa mamlakatlari esa mustaqillikka intilganlar. O’g’ri birovning mulkini o’g’irlasa, mulkdor uni himoya qiladi. Er-xotinlar pul masalasida janjal qiladilar, ularning har biri oila mablag’idan mustaqil foydalanishga harakat qiladi va ular o’z manfaatlarini ma’qullab o’zini haqli deb hisoblaydilar.

Konflikt asoslari sifatida manfaatlarni tahlil qilishda ba’zi tadqiqotchilar unga yaqin turgan ijtimoiy va ruhiy hodisalarga e’tiborni qaratadilar, ya’ni manfaatni uzviy keltirib chiqaruvchi hodisalarga. Masalan, biror narsaning tanqisligi holatini asoslovchi ehtiyojlar kategoriyasi, bunda organizm(shaxs, guruh, jamiyat) shu etishmovchilikni to’ldirishga harakat qiladi. Ehtiyoj manfaatni keltirib chiqaradi, manfaat bu anglashilgan extiyoj, ba’zida esa, uni qanoatlashtirishning anglashilgan yo’li hamdir.

K.Ledederning fikricha, ijtimoiy konflikt inson ehtiyojlarining butun majmuini nomutanosib qanoatlantirish yoki unga putur etkazish natijasidir.

Xavfsizlikka, tan olinishga, o’xshashlikka, ijtimoiy mansublikka va shu kabilarga bulgan ehtiyojlar faqat alohida individga emas, balki ijtimoiy guruhlarga, etnik uyushmalarga, butun jamiyatga va davlatlarga xos. J.Bertonning fikricha, «asosiy insoniy ehtiyojlarni to’liq qanoatlantiradigan tashkiliy intilishlar, harakatlar konfliktni haqiqiy yakunlanishiga olib kelishi mumkin». SHu munosabat bilan ko’p mualliflar konfliktning psixologik sababi deganda asosiy insoniy ehtiyojlarning birortasiga tahdid solish(frustratsiya)ni tushunadilar. Konfliktda kurashuvchi taraflar o’z maqsadlari sari harakat qiladilar, birok, bu maqsadlarga bir vaqtning o’zida ikki tomonning bir-birlariga zarar etkazmasdan turib erishishlari istisno qilinadi.

Deprivatsiya kontseptsiyasi. Yirik ijtimoiy kolliziyalar sabablarini aniqlash uchun deprivatsiya deb ataladigan kontseptsiyadan foydalanish mumkin. Bunda gap shunday holat to’g’risida ketadiki, bu holat uchun talablar va ularni qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi yaqqol farqlanish xosdir. Vaqt o’tishi bilan deprivatsiya kuchayishi yoki kamayishi yoxud o’zgarmasdan qolishi mumkin. Deprivatsiyaning kuchayishi bir tomondagi talablar (kutilayotgan natijalar), ikkinchi tomondan, ularni qanoatlantirish imkoniyatlari o’rtasidagi nisbatga bog’liq. Deprivatsiyaning o’sishi, birinchidan, shakllangan talablarning imkoniyatlarini kamayishida ro’y berishi mumkin, masalan,iqtisodiy krizis sharoitida. Bunday sharoitda talablar quyidagi formula bilan belgilanadi: «faqat yomon bo’lmasa bo’ldi». Ikkinchidan shunday vaziyat bulishi mumkinki, bunda kutilayotgan natijalar, talablar ularni qondirish imkoniyatlaridan ko’proq o’sib boradi. Mana shunda deprivatsiya kuchayadi va demak, konfliktlarni vujudga kelish ehtimoli kuzatiladi.

Deprivatsiya barqaror darajasining saqlanishi yoki uning kamayishi ehtiyojlarni qondirish sharoitida talablar(kutilayotgan natijalar) darajasining pasayishi yoki kutilayotgan natijalarga nisbatan talablarni qondirishning juda tez o’sishi sharoitida yuz berishi mumkin, bu esa jamiyatda axloqiy-psixologik muhitni barqarorlashtirish, keskinlikni yumshatishga imkon beruvchi ruhiy shart-sharoitni yaratadi. Va aksincha, deprivatsiyaning kuchayishi ijtimoiy tanglikni ortishiga, ochiq ijtimoiy, siyosiy va etnik konfliktlarni vujudga kelishiga olib keladi.



Irratsional elementlar. Konfliktlarning paydo bo’lishida ijtimoiy sub’ektlar manfaatlarining to’qnashuviga olib kelgan u yoki bu ob’ektiv sabablarni aniqlash mumkin.Masalan,bir ayolni sevuvchi ikki erkak o’rtasidagi konflikt yoki transport vazirligi bilan fermerlar o’rtasidagi ularning hududida avtomagistral qurilishidan kelib chiqqan to’qnashuv ob’ektiv shakllangan vaziyatdan qonuniy tarzda kelib chiquvchi ziddiyatlarga asoslanadi, bu vaziyatda har kaysi tarafning haqiqiy ehtiyojidan to’qnashadi.

Biroq jamiyatda ziddiyatlar va demak, konfliktlar ham juda ko’p uchraydi, ularning hammasi ham biror jiddiy sabablar bilan bog’liq emas, balki odamlarning asl ehtiyojlari va maqsadlariga to’g’ri aloqador bo’lmagan sub’ektiv omillar va kishilarning xarakterlari, kayfiyatlari, oddiy, arzimagan injiqliklari kabi sabablar bilan ham ziddiyatlar yuzaga kelishi mumkin.

Bunday «sub’ektiv» ziddiyatlar oilada, xizmatda va boshqa ishlarda doimiy muloqotda bo’lishga majbur bo’lgan ayrim individumlar o’rtasida tez-tez sodir bo’lib turadi. Bu ziddiyatlar juda mayda, boshqa kishilar nazarida arzimaydigan,soxta bo’lishi mumkin, biroq xarakter xususiyatlariga ko’ra normal o’zaro munosabatlar uchun engib bo’lmas to’siqlar bo’lishi mumkin. Psixologlarning ta’kidlashicha, xarakter yoki xulk-atvorning eng ta’sirchan jihatlari bo’lib, me’yordagi, tabiiy sifatlar bo’lishi, biroq bunday sifatlar boshqa odamlarda bo’lmasligi mumkin: punktuallik, tejamkorlik, aniqlik, sabrlilik va b.

Boshqa bir odamning kiyinish odati yoki ovqat eyish usuli ham norozilikni yuzaga keltirishi mumkin. Ko’pincha temperament, ta’sirlanishning tezligida farqlanuvchi kishilar o’rtasidagi to’qnashuv-larni tushunish qiyin bo’ladi. Nihoyat, konflikt sababi bo’lib kimningdir shunchalik ta’sirchanligi, axmoqona qilig’i bo’lishi mumkin.

Konflikt haqidagi odatdagi fikr shundan iboratki, konflikt doimo o’z manfaatlarini oqilona qo’llab-quvvatlovchi kishilar o’rtasidagi mantiqan tushuniladigan ziddiyatdir.

Biroq, dastavval bunday tushunishga mutaxassislar tomonidan kuzatiladigan ko’p omillar qarama-qarshi turadi. Masalan,oilaviy janjalda er ziddiyatni iloji boricha yumshatishga harakat qilib xotiniga yon bosadi , ayol esa, erning bunday harakatini «bejiz emas» deb tushunib, battar «to’nini teskari kiyib oladi» va konflikt yangi kuch bilan avj oladi. Davlatlararo muzokaralarda bir taraf unga birinchi so’z berilmagani uchun o’zini haqoratlangan (kamsitilgan) deb biladi va muzokaralar uziladi. Mana shunga o’xshash konfliktlar sabablarining murakkabligini tasdiqlovchi shu kabi ko’p misollarni keltirish mumkin, biroq bular har doim ham qat’iy mantiqiy tuzilma (rekonstruktsiya)da e’tiborga olinavermaydi va ko’pincha yo’qotib bo’lmaydigan irratsional elementlari bilan kechadi, bu esa, konfliktning individual o’ziga xosligini tashkil qiladi va uni oddiy vositalar bilan hal qilishga yo’l qo’ymaydi.

Bu, ayniqsa, milatlararo konfliktlarda ko’rinadiki, bu konfliktlar odamlar hatti-harakatining puxta ishlab chikilmaganligi, oqilona emasligi (irratsional bo’lishi), destruktiv (buzg’unchi) xarakterdagi hissiyotlarning ustun kelishi oqibatida boshqara olinmaydi va mabodo ular kengayib, avj olsa, haqiqiy halokatga aylanishi mumkin.

Psixoterapevtik amaliyotdan ma’lumki, odamning muloqot jarayonida sodir etadigan xulq-atvori, harakatining noaniqligi, boshqa kishilarda asabiy reaktsiyani tug’dirishi mumkin va konfliktlarga olib kelishi mumkinki, bular go’yo boshqa shaxslarga butunlay bema’ni va sababsizdek bo’lishi mumkin. SHu bilan birga barcha muammo munosabatlarning tartibga solinmaganligida va chalkashligida, psixologik jihatdan «turli tilda» ekanligidadir.

SHaxsiy konfliktda irratsional element, agar unda ruhiy kasal yoki aqli noraso shaxs ishtirok etsa, uning haqiqiy asl sababi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bunday holatlar kam emas. Biz bu erda shaxsning ichki konfliktlari ustida tuxtalmaymiz, ayni vaqtda milliy yoki diniy hislar bilan qo’zg’algan omma orasida ba’zan konfliktni kuchli keskinlashtirishga qodir odamlarning hozir bo’lib qolishini yodimizdan chikarmasligimiz kerak. SHu bois kompleks fan bo’lgan konfliktologiya shunday kam ahamiyatli bo’lgan holatni e’tiborga olish lozim.

O’z-o’zidan tushunarliki, «ob’ektiv» va «sub’ektiv» ziddiyatlar, shuningdek «irratsional» elementlar deb atalgan narsalar real hayotda qat’iy chegaralarga ega emas va bu erda konfliktli xulq-atvor sabablarida bo’lishi mumkin bo’lgan variantlar doirasini ko’rsatish uchun juda shartli qilib belgilanadi. Hamma hollarda biz u yoki bu tarzda kishilar manfaatlari bilan ish ko’ramiz, bu manfaatlar ko’p yoki kam ahamiyatli, barqaror va o’zgaruvchan, oshkora yoki yashirin bo’lishi mumkin.



Ziddiyatlar darajasi. Ziddiyatlarning «ob’ektivligi» va «sub’ektivligi»ni ularning ikki xil darajadagi manfaatlar bilan bog’liqligini e’tiborga olganda turli nuqtai nazardan tushunish mumkin. Sodda kilib aytganda bunday bo’lish u yoki bu tashqi faoliyatdagi ehtiyojlar bilan yoki mustaqillikka, o’z-o’zini saqlab qolishga, o’z-o’zini hurmat qilinishiga bo’lgan ehtiyojlari bilan bog’liq.

Odamlar o’rtasidagi jiddiy to’qnashuvga qator holatlar sabab bo’lishi mumkin,masalan, ikki odam restoranda bitta stolga da’vo qiladi, urushlar ikki davlatning biror hududda o’z ta’sirini saqlab qolish yoki birining ikkinchisi ustidan hukmronligini o’rnatish, o’z mustamlakasiga aylantirishga bo’lgan intilishidan kelib chiqadi.

YUqoridagi ikki holatda mohiyat bo’yicha turli darajadagi manfaatlar to’qnashadi. Birinchi holatda har qaysi sub’ekt o’zining xususiy manfaatidan kelib chiqib, o’ziga halaqit berayotgan boshqa sub’ekt bilan kurashadi. Ikkinchi holatda ozodlik, daxlsizlik, asosiy huquqlarni hurmat qilinishini saqlash bilan bog’liq motivlar ahamiyatli. Inson uchun muhimrog’i bu uning individual erkinligi, jismoniy daxlsizligi, sha’ni va qadr-qimmati bo’lsa; davlat yoki millat uchun esa, mustaqqilligi, hududi yoki chegarasining daxlsizligi, jahon hamjamiyatining teng huquqli sub’ekti sifatida tan olinishi muhimdir. Bunday manfaatlardagi ziddiyatlarning eng keskin ifodalanishi - boshqa ijtimoiy sub’ekt bilan to’liq mos kelmaslik va uni yo’q kilish uchun kurashish hisoblanadi.

YUqorida gap ijtimoiy ziddiyatlarning darajalari haqida boradiki, bu darajalar taraflarning manfaatlari qanchalik muhimligini farqlaydi. Ziddiyatlarni darajalarga ajratish ularning bir biridan qanchalik chuqurligiga qarab farqlanishini ko’rsatadi. Bu esa,sub’ektning konfliktga jalb qilinganligi darajasini, konfliktni hal qilish imkoniyati va usullarini belgilab beradi.

Konfliktli vaziyatlarni hal etishda kuch ishlatishga bo’lgan yondoshuvning inkor etilishi.

Konfliktli vaziyat tushunchasi. Konfliktgacha bo’lgan hodisalarni ko’rib chiqsak, ularning ikki guruhdan iborat ekanligini aniqlash mumkin: qarama-qarshi kurashuvchi taraflar ishtirok etayotgan ob’ektiv hayotiy vaziyat va taraflarning o’zi - muayyan manfaatlarga ega kishilar.

Ma’lumki, hayotiy vaziyat o’zining ko’p jihatlari bo’yicha turlicha bo’lishi mumkin. Inson turmushi yoki ijtimoiy guruh mavjud bo’lishi holatlari o’zgaruvchan, tezlik bilan yoki aksincha,sekinlik bilan kechuvchi , uzoq vaqt o’zgarmaydigan tarzda o’tishi mumkin.Ular muayyan ma’naviy muhit va u yoki bu darajadagi moddiy ne’matlar bilan xarakterlanishi mumkin. Ular sub’ektlarning hududiy joylashuvi, turli ijtimoiy ierarxiyalar va boshqa ko’p omillar bilan bog’liq.



Konfliktli vaziyat deganda insonlar manfaatlari bilan bog’liq bunday holatlarning shunday jamlanishiki, bu ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida real qarama-qarshilik uchun ob’ektiv tarzda negiz yaratadi. Bu ta’rifni batafsil ko’rib chiqsak, vaziyatning bosh xususiyati bu konflikt predmetining vujudga kelishidir.Vaziyat, konfliktdan oldin yuzaga kelishi uchun u taraflar tomonidan hali foydalanmasligi va hatto to’la ma’noda anglanmagan bo’lishi mumkin. Masalan, ilmiy muassasada shtatlar qisqarishi kutilmoqda. Ko’p xodimlar, ayniqsa, nafaqa yoshidagilar bu tadbir ta’siri ostiga tushishlari mumkin. U yoki bu lavozimlarni tugatish haqidagi masala kun tartibiga aniq qo’yilmaganligi uchun konfliktni vujudga kelganligi haqida gapirish ertalik qiladi. Biroq, konfliktli vaziyat bor, chunki bo’lishi kutilayotgan kelishmovchiliklar predmeti va kurash mavjud, jamoada tanglik paydo bulgan, bu vaziyat ishtirokchilarining keyingi harakatlarini yuzaga chiqaradi , belgilab beradi.

F.M.Borodkin va N.M.Koryak mehnat jamoalaridagi turli konfliktli vaziyatlarni tahlil etib, tashkilotlarda konfliktlar uchun negiz yaratuvchi turli tipik vaziyatlarni quyidagicha umumlashtirganlar: a) tashkilotlarning tarkibiy bo’linmalari o’rtasida texnologik aloqalarning nomuayyanligi; b) turli farmoyishlar beruvchi ko’p sonli boshliqlarning mavjudligi; v) bir boshliqqa bo’ysunuvchi xodimlarning ko’p mikdorda bo’lishi, bu boshqaruvda tartibsizlikni yuzaga keltiradi; g) mas’uliyatni bir xodimdan ikkinchisiga o’tkazish, bu umumiy mas’uliyatsizlik holatini yuzaga keltiradi; d) bir qator xodimlarning uncha yuqori bo’lmagan shaxsiy va ishchanlik sifatlariga ega bo’lishi. Tabiiyki, shunday sharoitlarda jamoada konflikt va ziddiyatni yuzaga kelishi juda engil yuz beradi. Bu ruyxatga tanglikni yuzaga keltiruvchi yana qator boshqa omillarni kiritish mumkin, masalan, boshqaruv tizimini qayta tashkil qilish, yuqori idoralarning shtatlar qisqarishi haqidagi ko’rsatmalari, ish haqini to’lash bilan bog’liq qiyinchiliklar va b.

Xalqaro sohadagi konfliktli vaziyatlar o’ta murakkab va turlichadir. Masalan, Dnestr bo’yi respublikalarida Moldova hukumati bilan shu hududdagi rus tilida so’zlashuvchi aholi o’rtasida konflikt yuzaga kelgan. Bu hududda taraflar qarama-qarshiligining boshlanishi Moldaviya SSR Oliy Soveti til haqidagi qonunning muhokama qilinayotgan vaqt, ya’ni 1989 yilning yoz-kuz fasliga to’g’ri kelgan, bu qonun moldav tilini butun respublika hududi uchun yagona davlat tili sifatida tasdiqladi. Bunga javoban Dnestr bo’yining ko’p korxonalarida mehnat jamoalari kengashlari tuzilib, ular bu masala yuzasidan referendum o’tkazilishini talab etganlar. Bu talab respublika hukumati tomonidan rad etilgan. Dnestr bo’yi konfliktining boshlanishi shunday yuz bergan.

Konfliktli vaziyat ob’ektiv ravishda bo’lg’usi qarama-qarshi taraflar erki va xohishidan tashqari (masalan, muassasada shtatlar qisqarishi) yoki taraflardan birining yoxud ikkisining xohishi bilan yuzaga kelishi mumkin. Bunda shu narsa juda muhimki, har qanday vaziyat ob’ektiv mazmunga (u real mavjud hodisalar bilan belgilanishi mumkin) va sub’ektiv mazmunga (bu hodisalarga taraflarning har biri qanday ta’sir etishiga bog’liq) ega, chunki sub’ekt shulardan kelib chiqib konfliktda harakat qila boshlaydi.



Konfliktning ijobiy va salbiy tomonlari.

Konfliktli vaziyatni sub’ektiv tarzda aks ettirish ishning haqiqiy holatiga to’g’ri kelishi shart emas. Adabiyotda konfliktni anglab olish har doim o’zida sub’ektivizm elementini aks ettirishi va shu sababli muayyan darajada buzib aks etilishi haqida fikr to’g’ri bildirilgan.

Dnestr bo’yi vaziyatida moldav rahbarlarining harakatlarini xarakterlovchi ob’ektiv faktlar shu hudud aholisi tomonidan tezda ilg’ab olingan va tub millatga mansub bo’lmagan shaxslarga nisbatan kamsitilish deb qabul qilingan.

Ko’p o’tmay Dnestr bo’yi avtonomiyasini yaratish maqsadida Dnestr bo’yi aholi punktlarining ko’pchiligida referendumlar o’tkazilib, ularda ovoz berganlarning ko’pchiligi suverenitetni yoqlagan. Bu holdagi barcha voqealarning tahlili shuni ko’rsatadiki, yuzaga kelgan vaziyatni sub’ektiv baholash ob’ektiv holatlar bilan ko’p darajada mos kelgan. Biroq, moldav hukumatining harakatlarini Dnestr bo’yi aholisi tomonidan Moldaviyadagi eng ekstremistik harakat oqimlarining shiorlari va chaqiriqlari bilan bevosita o’xshashdek qabul qilinganligini istisno kilish kerak emas, bu hukumatning diskriminatsiyaviy maqsadlarini ma’lum darajada bo’rttirib yuborishni anglatadi.

Vaziyatni noto’g’ri qabul qilish keng ko’lam kasb etishi mumkin. Ma’lumki, konflikt sababi bo’lib boshqa sub’ektni tushunmaslik hisoblanishi mumkin. Mutaxassislar «adekvat tushunilmagan» va «soxta» konfliktlar kategoriyalarini ajratadilar1 .

Birinchisiga shunday holatlar kiradiki, bunda konfliktli vaziyat mavjud va taraflar uni shundayligicha qabul qiladilar, biroq haqiqiy ahvoldan jiddiy chetga chiqqan holda qabul qiladilar. Jiddiy chetga chiqish deganda paydo bo’lgan muammoning ko’lamlarini haddan ziyod kengaytirish (mutloq xususiy sabab yuzasidan paydo bulgan kelishmovchilik umumiy xarakterga ega kelishmovchilik sifatida noto’g’ri talqin qilinishi mumkin) yoki aksincha uni haddan ziyod toraytirish mumkin, ya’ni konfliktli vaziyat to’liqmas yoki qisman aks etishi mumkin. Boshqa turdagi chetga chiqish «shartli» konflikt vaziyatida mavjud bo’ladi, bunda ziddiyatlarning mavjud bo’lishi kurashuvchi taraflar tomonidan anglashilmaydigan engil o’zgaruvchi vaziyatlarga bog’liq bo’ladi. Millatlararo konfliktlarda bu hol tez-tez uchraydi.

«Soxta» konfliktda esa ob’ektiv konfliktli vaziyat butunlay bo’lmaydi, sub’ektlar o’rtasida birorta ziddiyat yuq, shunga qaramasdan taraflar o’zaro munosabatlarining konfliktliligini his etadilar va qarama-qarshi kurashni boshlaydilar. YUridik adabiyotda bu masalada bildirilgan yana bir fikr diqqatga sazovordir, ya’ni : “Insonlar hayotni va unga xos bo’lgan qiyinchiliklarni turlicha tushunadilar, chunki :

- har birimizda takrorlanmas xarakter va o’ziga xos hayotiy tajriba bor;

- har birimiz erkak yoki ayol bo’lib tug’ilamiz;

- har birimiz tug’ilishda muayyan muhitga tushib qolamiz va butunlay boshqa tajriba, dunyoqarash va rolga ega bo’lamiz;

- har birimiz turli qadriyatlarga ega bo’lamizki, bular bizning tafakkurimizga va xulq-atvorimizga ta’sir etadi hamda bir xil harakatlarni sodir qilishga va boshqalaridan voz kechishga majbur qiladi.

SHu sababli biz boshqa odamlar bilan tanishganimizda va ishlaganimizda hammamizning aynan bir xil narsalarni turlicha qabul qilishimiz ajablanarli emas»

YUqorida ko’rsatilgan hollarda noadekvat bo’lgan yoki soxta qabul qilishning ikkala tarafga xosligi kam kuzatiladi.Odatda faqat bir sub’ekt vaziyatni xato yoki buzib, boshqasi esa to’la adekvat holda tushunadi. Birinchi sub’ekt vaziyatni konfliktli deb tushunib, shunga mos harakat qila boshlaydi, boshqasi esa, konfliktli harakatlarni o’ziga yo’naltirilganligini bilgandan so’ng bu vaziyatni «konfliktli» deb baholash uchun ko’proq asosga ega bo’ladi. Mabodo ikkinchi sub’ekt vujudga kelgan muammoning tasodifiyligini anglab etmasa, vaziyatni u tomondan baholanishi ob’ektiv bo’la olmaydi.Soxta qabul qilish kimningdir oldindan ko’zlanmagan harakatlarini qasddan, ataylab qilingan, ya’ni shaxsning muayan manfaatlariga mos keluvchi harakat deb tushunish bilan bog’liq bo’ladi. Bunday muammoni hal qilish uchun odatda konfliktni boshlagan harakatlar ehtiyotsizlik tufayli, qasddan bo’lmaganligini aniqlash va tushunish etarli hisoblanadi. Biroq, ko’pincha bu imkoniyatlar e’tibordan chetda qoldiriladi va taraflar bir-birlarining harakatlarida yovuz qasdni ko’radilar, bu esa konfliktning kuchayishi va chuqurlashishiga olib keladi.

Konfliktli vaziyatni noadekvat yoki soxta qabul qilishning sababi sifatida qaraganda shuni ta’kidlash muhimki, agar bunday qabul qilish kognitiv konflikt genezisida bayon qilinayotgan nuqtai nazar mazmunini buzib sharhlash bilan bog’liq bo’lsa, mafaatlar konflikti genezisida esa bu, eng avvalo, opponent motivlarini baholashdagi xatolar bilan belgilanadi.

Soxta qabul qilish odatda boshqalarning so’zi va harakatlarini noto’g’ri tushunish bilan bog’lik. U turli sabablardan kelib chiqadi: xabarning ikki xil mazmunga ega bulishi, xabarning dastlabki mazmuniga muloqot matni orqali kiritiladigan xatoliklar bilan va b. Muayyan holatlarda savol berish yoki hatto xushomad qilishni haqorat sifatida qabul qilinishi kuzatilgan. O’zgalarning hatti-harakatlaridagi ma’noni bunday qabul qilishdagi tafovutlar ko’pincha madaniyatdagi farqlar, muloqotning turli qoidalari bilan belgilanadi.

Afsuski, xatolik orqasida yuzaga kelgan konflikt keyinchalik guyoki o’zining real predmetiga ega bulgan konflikt kabi avj olishi mumkin. Konflikt jarayonining o’zidayoq haqiqiy konfliktli vaziyat vujudga keladi. Bunday holat ko’pincha kriminal konfliktlarga xos belgidir. SHu munosabat bilan A.M.YAkovlev hatto jinoiy hatti-harakatni yuzaga kelgan vaziyatga nisbatan noadekvat reaktsiya sifatida xarakterlagan. Vaziyatni noadekvat baholashning o’zi turli shaxsiy omillar bilan izohlanadi: dunyoqarashning cheklanganligi, ruhiy ta’sirlanish (stress), oqibatlarni oldindan ko’ra bilishning sustligi, narkotik yoki alkogol ta’sirida bo’lish va h. Bunda vaqt omilining ham ahamiyati bor: hamma narsani birdaniga ob’ektiv hal qilish mumkin emas.



Konfliktli vaziyat va shaxs. Shunday qilib, shaxslar o’rtasidagi konfliktda konfliktli vaziyatni taraflar tomonidan qabul qilish xarakteri katta ahamiyatga ega. YUzaga kelgan vaziyatni e’tiborga olib, shaxs o’z xarakteri va qarashlarining xususiyatlariga muvofiq holda harakat qiladi. Aynan shu narsa bilan bir xil vaziyatda turli kishilar(guruhlar) tomonidan turlicha, ba’zan zid harakatlar sodir etilishini tushuntirish mumkin. Aynan konkret vaziyat bilan shaxs xususiyatlarining o’zaro ta’siri konfliktni yuzaga keltirishi mumkin yoki odamni undan qutqarishi mumkin.

4 – mavzu. Pedagogik konfliktlarni boshqarishning texnologiyasi

Ma’ruza mashg’ulotning texnologik modeli


Ma’ruzaga ajratilgan
vaqt – 2 soat



Tinglovchilar soni –

O’quv mashg’ulotining shakli:

Ma’lumotli ma’ruza


O’quv mashg’ulotining tuzilishi:

Pedagogik konfliktlar bilan boshqarish tushunchasi. Shakllararo konfliktlarni boshqarish sohasi. Muloqot-pedagogik konfliktlarni yechish va boshqarish usullari. Pedagogik muloqotning konfliktologenligi profiklatikasi

O’quv mashg’ulotining maqsadi:

Tinglovchilarga Pedagogik konfliktlarni boshqarishning texnologiyasi togrisida malumot berish.

Pedagogik vazifalar:

Mavzuni sharhlash.

Mavzuning asosiy maqsadini yoritib berish.

Turli nazariyalar bilan tanishtirish.

Tayanch tushunchalarni mazmunini yoritib berish.

Mavzuni rejalar bo’yicha mazmunini yoritib berish.




Oquv faoliyatining natijalari:

Mavzudagi asosiy tushunchalarni aytib berish.

Pedagogik birgalikdagi ta’sir haqidagi tushunchalarga ega bo’ladi.

“Konflikt” tushunchasining ma’nosini anglash.

Pedagogik konfliktlarning tuzilishi haqida ma’lumot oladilar.


Ta’lim metodi


Ma’ruza, suhbat, «Debat» strategiyasi

Ta’limni tashkil etish shakli


Ma’ruza, frontal, umumjamoa

Didiaktik vositalar


Tarqatma material, doska, bo’r

Ta’limni tashkil etish sharoiti


Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya

Nazorat


O’z-o’zini nazorat qilish.


Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi


Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Tinglovchi

I-Bosqich.

O’quv mashg’ulotiga kirish


(20 min).

    1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.

«Debat» baxs mavzusi.

    1. Eshitib, yozib oladilar.

1.2. «Debat» baxs mavzusi.

II-Bosqich.

Asosiy bosqich. Anglash


(50 min).

2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.

2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.

2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.


2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.

2.2. O’ylaydi va yozib oladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.

2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.


III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi


(10 min).

3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.

3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.

3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.


3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.

3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.




Konflikt eskalatsiyasi. Konflikt eskalatsiyasining tashqi namoyon bo’lish xususiyati - bu , eng avvalo , kurashning jadallashuvi hisoblanadi. Konflikt spiralni burash metodi bo’yicha rivojlanadi: bir tarafning harakati ikkinchi tarafning qarshi harakati bilan birga kechadi va bu keyingi harakat o’z oqibatlarining ko’lamiga ko’ra konflikt boshlanishi nuqtasidagiga aynan bo’lmaydi.
Pedagogik konfliktlar bilan boshqarish tushunchasi

Konfliktdan oldin uning latent - yashirin bosqichi shart hisoblanib, unda tashqi harakatlarni istisno qilganda konflikt barcha elementlari mavjud bo’ladi.

O’z navbatida bu bosqich konflikt rivojlanishining bir qator izchil jarayonlarini yoki davr(etap)larini o’z ichiga oladi.

Birinchi davr - ob’ektiv konfliktli vaziyatning yuzaga kelish davri.

Ikkinchi davr - bunday vaziyatda sub’ektlar (yoki hech bo’lmaganda sub’ektlarning biri) tomonidan o’z manfaatlarini anglab etish davri.

Uchinchi davr – o’z manfaatlarini qondirish uchun to’siqni anglab etish (kognitiv konfliktda – o’zga qarashlarni anglash) davri. Bu to’siqlar uch turda bo’lishi mumkin. Birinchidan, bu to’siqlar bo’lg’usi konfliktning doimiy ishtirokchilari deb qaralishi mumkin bo’lgan boshqa shaxslarning pozitsiyalariga bog’liq emas, balki ob’ektiv vaziyatdan kelib chiqishi mumkin. Masalan, ximiya zavodi atmosferani ifloslantirib atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha talablarni doimiy ravishda buzib kelgan. Sababi - mazkur kimyoviy ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan suvni muhofazalash inshootlarining sanoatda ishlab chiqilmaganligidadir. Zavodning manfaati - bu mazkur vaziyatni o’zgartirish, oshkora huquqbuzarlikka barham berishdir. Zavod bilan konfliktlashuvchi tarafning o’zi yo’q. Bu erda konfliktli vaziyat bevosita konfliktni yuzaga keltirmaydi. Ikkinchidan, ishtirokchilarning o’z sub’ektiv xususiyatlari ularning manfaatlarini qondirish uchun to’siq bo’lishi mumkin. Masalan, zavod misolida ko’radigan bo’lsak, uning o’zi tozalash inshootlarini o’z kuchlari bilan qurishi mumkin edi, biroq kerakli tashabbusni namoyon etmagan. Biroq bunda zavodning tashqi tartibdagi konfliktga kirishuvini kuzata olmaymiz. Bu erda konflikt jamoa ichida bo’lishi mumkin.

Nihoyat, uchinchidan, tashqi to’siq mavjud va ob’ektiv belgilangan, masalan, tozalash inshootini qurish uchun qo’shimcha harajatlarga vazirlikning mansabdor shaxsi tomonidan rozilikning berilmasligi. Bu holatda to’siq etarli asosda mavjud va anglashilgan, bu esa, konfliktni keyingi rivojlanishi uchun muhim shart hisoblanadi.

To’rtinchi davr – o’z manfaatlarini va boshqa tarafning tegishli qarshiliklarini anglash davri.

Beshinchi davr - taraflarning biri tomonidan o’z manfaatlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirgan muayyan harakatlarini o’z ichiga oladi ( masalan, zavod ma’muriyatining vazirlikka rasmiy murojaati).

Biroq, bu murojaatga berilgan rad javobi konfliktni boshlanishi bo’lib, unda ikkala tarafning pozitsiyalari aniq shakllangan bo’ladi va bir-biriga nisbatan amaliy harakatlar boshlanadi. Bu oltinchi davrdir.

Konflikt rivojlanishining oltita davri ko’rsatilgan izchillikda bir-birining o’rniga kelishi shart emas. Ba’zilari tushirilib qoldirilishi, boshqalari takrorlanishi, ularning izchilligi boshqacha tarzda bo’lishi mumkin. YUqorida keltirilgan mantiqiy sxema konflikt tashqi rivojlanishining eng tipik misolidir.

Tabiiyki, bunda konflikt ochiq shaklga ega bo’ladi, bu esa kamida uch holat bilan xarakterlanadi. Birinchidan, ishtirokchilarning har biri uchun konfliktning mavjudligi shak-shubhasizdir;

Ikkinchidan, harakatlar amaliy ahamiyat kasb etadi, ular tashqi shaklga ega bo’ladi, ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, nizoli ob’ektni egallash bo’yicha harakatlar sodir etish, zo’rlik, tahdid va b.;

Uchinchidan, latent bosqichdan o’tgan konflikt haqida konfliktga u yoki bu darajada ta’sir etishga qodir bo’lgan uchinchi shaxslar, begona shaxslar xabardor bo’ladilar. Bunday ta’sir bir xil ahamiyatli bo’lmaydi. U ba’zida konfliktni sustlashtirishi yoki, aksincha, millatlararo konfliktlarda taraflarning yovuz kayfiyatlarini kuchaytirishi mumkin.

Ba’zi konfliktlarda boshqacha darajadagi konfliktlarga o’tish kuzatiladi, masalan, shaxsiy munosabatlardan guruhlar o’rtasidagi konfliktga o’tish mumkin.

Tashqi harakatlar. Konflikt odamlar, guruhlar yoki individlar o’rtasidagi munosabat bo’lganligi bois u har qanday ijtimoiy munosabat kabi yurisprudentsiyada yaxshi o’rganilgan yuridik ahamiyatli xulq-atvor singari kamida to’rtta elementdan iborat bo’ladi, ya’ni : konflikt sub’ektlari, ob’ekti, qarama-qarshi jarayonning ichki, ruhiy (sub’ektiv) va tashqi (ob’ektiv) tomonlari. Konfliktli xulq-atvor ob’ektiv jihatdan konflikt ishtirokchilarining qarama-qarshi yo’naltirilgan harakatlaridan iborat. Bu harakatlar orqali konfliktlashuvchi tomonlarning fikriy, ruhiy, irodaviy sohalardagi yashirin jarayonlari amalga oshiriladi. Har bir taraf manfaatlarining qaror topishiga yo’naltirilgan o’zaro ta’sirning almashinishi va raqib manfaatlarini cheklash ijtimoiy hodisa sifatida konflikt mohiyatini tashkil etadi.

Konflikt tuzilmasini to’liq tushunish va demak, u qanday rivojlangan va oqibatda nimani kutish mumkinligi haqida tasavvurga ega bo’lish uchun yuqorida ko’rsatilgan elementlarni tahlil etish lozim. Ishtirokchilar tashqi harakatlarining o’zi harakat joyi va vaqtiga bog’liq holda o’z mohiyatini keskin o’zgartiradi. Vaqt omili juda muhim. O’z vaqtida erishilmagan bitim yoki aksincha, rad etish konfliktda manfaatdor tomon kutayotgan natijani bermasligi yoki teskari natijani berishi mumkin.

Konfliktdagi barcha harakatlarni shartli ravishda asosiy va yordamchi harakatlarga bo’lish mumkin. Asosiy harakatlar bu manfaatlardagi mavjud qarama-qarshilikni o’zgartirishga olib keluvchi yoki saqlab qoluvchi bevosita konflikt predmetiga yo’naltirilgan harakatlardir. YOrdamchi harakatlar asosiy harakatlarning bajarilishini ta’minlaydi va konflikt markaziy muammosini hal qilishga qodir emas.

Shakllararo konfliktlarni boshqarish sohasi

Konfliktlashuvchi taraflarning asosiy, tashqi harakatlarini ob’ektiv nuqtai nazarga ko’ra ikki guruhga : tajovuzkor va mudofaa harakatlariga bo’lish mumkin.

Tajovuzkor harakatlar dushmanga hujum qilish, uning mulkiga zarar etkazish, nizoli ob’ektni qo’lga kiritish, dushmanni ajratib qo’yish, quvish, tutqinlikka solish va qarshi taraf manfaatlarini to’g’ridan-to’g’ri kamsitishga qaratilgan boshqa harakatlardan iborat. Ayrim mutaxassislar fikricha, «Zo’rlik - insonlarga jismoniy, ruhiy, ijtimoiy yoki ekologik zarar etkazish mumkin bo’lgan va/yoki insonlarning o’zlarini to’la namoyon qilishga imkon bermaydigan harakatlar, so’zlar, ko’rsatmalar, tuzilmalar yoki tizimlardan iborat»1.

Mudofaa harakatlari nizoli ob’ektni ushlab turish, o’z-o’zini himoya etish, moddiy qiymatlarni yo’q qilinishi yoki zararlanishidan himoya qilish kabi harakatlardan iborat.



Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin