5– mavzu. Pedagogik konfliktlarni boshqarishda pedagogning roli
Seminar mashg’ulotning texnologik modeli
Seminarga ajratilgan
vaqt – 2 soat
|
Tinglovchilar soni –
|
O’quv mashg’ulotining shakli:
|
Amaliy
|
O’quv mashg’ulotining tuzilishi:
|
Hamkorlik konsensiyasi. Metodika va mazmunning o`zida xosligi, uning insonparvar va demokratikligi. Bolalarga oliyjanob munosabat. Majburlamagan holda o`qitish
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
|
Tinglovchilarga Pedagogik konfliktlarni boshqarishda pedagogning roli
haqida o’quvchilarni bilim, malaka, ko’nikmalarini tashxis etish
haqida ma’lumot berish.
|
Pedagogik vazifalar:
Mavzuni sharhlash.
Mavzuning asosiy maqsadini yoritib berish.
Turli nazariyalar bilan tanishtirish.
Tayanch tushunchalarni mazmunini yoritib berish.
Mavzuni rejalar bo’yicha mazmunini yoritib berish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Mavzudagi asosiy tushunchalarni aytib berish.
Pedagogik fanlarni o’qitish jarayonida o’quvchilarni bilim, malaka, ko’nikmalarini tashxis etish haqidagi tushunchalarga ega bo’ladi.
“tashxis” tushunchasining ma’nosini anglash.
|
Ta’lim metodi
|
Suhbat, BBB» metodi, «Aqliy xujum» metodi
|
Ta’limni tashkil etish shakli
|
Ma’ruza, frontal, umumjamoa
|
Didiaktik vositalar
|
Tarqatma material, doska, bo’r
|
Ta’limni tashkil etish sharoiti
|
Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya
|
Nazorat
|
O’z-o’zini nazorat qilish.
|
Seminar mashg’ulotining texnologik xaritasi
Bosqich vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Tinglovchi
|
I-Bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish
(20 min).
| -
Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.
«Debat» baxs mavzusi.
| -
Eshitib, yozib oladilar.
1.2. «Debat» baxs mavzusi.
|
II-Bosqich.
Asosiy bosqich. Anglash
(50 min).
|
2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.
2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.
2.3. «Debat» baxs mavzusi.
2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.
2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.
|
2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.
2.2. O’ylaydi va yozib oladi.
2.3. «Debat» baxs mavzusi.
2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.
2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.
|
III-Bosqich.
YAkuniy fikrlash bosqichi
(10 min).
|
3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.
3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.
3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.
|
3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.
3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.
|
6 – mavzu. Pedagogik konfliktlarning xususiyatlari va ularni hal qilish
Ma’ruza mashg’ulotning texnologik modeli
Ma’ruzaga ajratilgan
vaqt – 2 soat
|
Tinglovchilar soni –
|
O’quv mashg’ulotining shakli:
|
Ma’lumotli ma’ruza
|
O’quv mashg’ulotining tuzilishi:
|
Pedagogik vaziyatlar va konfliktlar. Psixologiyada konfliktning qarama-qarshi yo`naluvchanligi. Pedagogik vaziyatlar va konfliktlar turi.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
|
Tinglovchilarga pedagogik konfliktlarning turlari to’g’risida ma’lumot berish.
|
Pedagogik vazifalar:
Mavzuni sharhlash.
Mavzuning asosiy maqsadini yoritib berish.
Turli nazariyalar bilan tanishtirish.
Tayanch tushunchalarni mazmunini yoritib berish.
Mavzuni rejalar bo’yicha mazmunini yoritib berish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Mavzudagi asosiy tushunchalarni aytib berish.
O’quvchilar orasidagi konfliktlar haqidagi tushunchalarga ega bo’ladi.
“konflikt” tushunchasining ma’nosini anglash.
O’qituvchi va o’quvchilar orasidagi konfliktlar haqida ma’lumot oladilar.
|
Ta’lim metodi
|
Ma’ruza, suhbat, «Debat» strategiyasi
|
Ta’limni tashkil etish shakli
|
Ma’ruza, frontal, umumjamoa
|
Didiaktik vositalar
|
Tarqatma material, doska, bo’r
|
Ta’limni tashkil etish sharoiti
|
Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya
|
Nazorat
|
O’z-o’zini nazorat qilish.
|
Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Bosqich vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Tinglovchi
|
I-Bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish
(20 min).
| -
Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.
«Debat» baxs mavzusi.
| -
Eshitib, yozib oladilar.
1.2. «Debat» baxs mavzusi.
|
II-Bosqich.
Asosiy bosqich. Anglash
(50 min).
|
2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.
2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.
2.3. «Debat» baxs mavzusi.
2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.
2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.
|
2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.
2.2. O’ylaydi va yozib oladi.
2.3. «Debat» baxs mavzusi.
2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.
2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.
|
III-Bosqich.
YAkuniy fikrlash bosqichi
(10 min).
|
3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.
3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.
3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.
|
3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.
3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.
|
Pedagogik vaziyatlar va konfliktlar.
Intizomga oid konfliktlar Intizomga oid bo’lgan, o’quvchilar va ayrim hollarda o’qituvchilar tomonidan sodir etiladigan ruhiy zo’riqish hamda ziddiyatlar, ta’lim jarayonida maktab intizomiy qoidalari va tartibining buzilishiga doir tipik holatlarning statistik manzarasini tavsiflash muhim ahamiyatga molikdir. Salbiy xulq – atvorga doir faktlar orasida o’qituvchi tomonidan sodir bo’ladigan holatlar farqlanadi.
Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar. Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar orasida pedagogning o’smirlar bilimini baholashdagi xatolari salmoqli o’rin egallaydi. Chunonchi, o’qituvchi o’quvchilarning bilimini baholaganda har ikki tomon orasida kuchli konflikt sodir bo’ladi.
“Yaxshi” va “Yomon” o’quvchilarga munosabat usuli
Xalqaro munosabatlardagi konflikt faqat taraflarning qarama- qarshi kurashi sifatida birgina harbiy harakatlardan iborat bo’lib qolmaydi. Zo’rlik vositalarisiz hal qilinadigan diplomatik konflikt, savdo, chegara, siyosiy konfliktlar bo’lishi mumkin
“Chegaradan chiquvchi etik” konfliktlar termini boshlang’ich sinf o’qituvchilari xulq – odobida namoyon bo’luvchi qo’pol g’ayripedagogik munosabatshakllarini aniqlashda qo’llaniladi.
O’quvchilar orasidagi konfliktlar.
O’quvchilarning har xil predmet o’qituvchilarining metodik tayyorgarligiga bo’lgan e’tirozlari ko’pincha to’g’ri bo’lib chiqadi.
O’quvchilarning bu sohadagi e’tirozlari quyidagicha:
-
tushuntira olmaslik;
-
sistemasiz, palapartish bayon;
-
tilning o’rinsiz murakkabligi;
-
takrorlashning yo’qligi;
-
materialni quruq bayon qilish;
-
mavzuni hayot bilan bog’lay olmaslik;
-
xo’ja ko’rsinga “mavzuni” bajarish;
-
predmetga qiziqish uyg’ota olmaslik;
-
xolis baholash olmaslik;
-
arzimagan javobga yuqori baho qo’yish;
barcha o’quvchilarga faqat “3” baho qo’yish va hokazo.
O’smirlar o’qituvchilar bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlari jarayonida maktabning birinchi pog’onasida ta’lim oluvchi boshlang’ich sinf o’quvchilariga nisbatan anchagina farq qiladi. Bunday ziddiyatlarning o’smir yoshi bilan bog’liq jihatlari nimalardan iborat? O’smir yoshining oliy o’quv yurti pedagogika va psixologiyasida o’qitiladigan tavsifnomasiga murojaat qilamiz. Pedagogika nazariyasining tegishli bo’limida o’smirlik yoshi bolalik va katta yosh holatining oralig’ida ekanligi qayd etiladi. Pedagogika qo’llanmasi mualliflari “o’prilishli” (krizisli), “qiyin”, “o’tish”, “konfliktli”, “og’riqli” kabi terminlarni ko’p qo’llaydilar. O’quvga bo’lgan qiziqishning sustligi o’smir uchun xos. U romantik tuyg’ularga berilgan bo’ladi. O’smirda jinsiy bilimlarga bo’lgan qiziqish uyg’ongan bo’ladi. U o’z kuch va qobiliyatlariga yuqori baho beradi. Kattalarga taqlid qilish, ularga o’xshashga harakat qilishga intiladi. A.S.Makarenko fikricha, o’smirlar – bu haqiqiy risarlar. Ular qo’rqmasdan pedagog orqasidan o’zini o’tga ham suvga ham uradi, agar u haqiqiy ustoz bo’lsa.
Psixologlar o’z navbatida, kim boshlang’ich sinfda yaxshi o’qigan, tartibli bo’lsa, o’smir yoshiga kelib qo’pol, tez intizomsiz bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydilar.
Boshlang’ich sinfda o’qituvchi o’rnatgan tartib – intizomga so’zsiz bo’ysunish o’rnini o’z insoniy qadr – qimmatiga ortiqcha baho berish tuyg’usi egallaydi. Ilgari boshlang’ich sinflarda o’qituvchining so’zidan xafa bo’lmagan o’smir yuqori sinf o’qituvchisining aynan shu so’zidan norozi bo’ladi. O’smirlarda o’zligini anglash kattalar bilan bo’lib o’tadigan munosabatlarning yomonlashuvi bilan o’zaro almashinib turishi kuzatiladi. Bo’lajak o’qituvchilar uchun mo’ljallab chop etilgan qo’llanmalarda qayd etilgan o’smirlar xarakter xususiyatlariga doir umumiy tasavvurlar ana shulardan iborat. Ko’p sonli tadqiqotlarda o’smirlarning ijtimoiylashuvi masalasida qimmatli ma’lumotlar uchraydiki, ularga asoslangan holda o’qituvchi va o’quvchilar munosabatlarida yuz beruvchi konfliktlarni pedagogik nuqtai nazardan to’g’ri hal etish mumkin bo’ladi.
Bu sohada o’smirlarning muomalaga kirisha olish tiplariga doir tadqiqot natijalari qiziqishga loyiqdir. Bularning uch turi farqlanadi.
1. Odamovi maktab o’quvchisi. Yolg’izlikka moyil. U tengdoshlari bilan muloqotga kirishganda toliqadi. Noqulaylik his etadi. Yolg’iz qolganida, it, mushuk va boshqa predmetlar bilan qolganda o’zini yaxshi his etadi.
2. Juft – juft muloqotga moyil o’quvchi tipi. Uning o’zi ishonadigan do’sti bo’lishi lozim. Ularsiz yashay olmaydi, zerikadi. Ko’p hollrada do’stlashuv ijobiy munosabatning yuzaga kelishi bilan tugashi, yoki buning aksi ro’y berishi mumkin.
3. Jamoaviy muloqotga moyil o’quvchilar. Ulardan stixiyali ravishda sog’lom yoki nosog’lom dasturga ega bo’lgan o’smirlar jamoasi tashkil topishi mumkin.
Agar birinchi tip konfliktli sharoitda ruhiy zo’riqishni bir o’zi boshdan kechiradigan bo’lsa, ikkinchi tip, ayniqsa uchinchi tipga mansub o’quvchilarda tabiiy ravishda tashqi himoya to’sig’iga ega bo’ladilar. O’smirlar o’qiydigan sinflarda konfliktga kirishuvchilar soni keskin kengayadi, chunki endi ular boshlang’ich sinfdagidek bir o’qituvchi bilan emas balki, o’nlab – yigirmatalab o’qituvchilar bilan muloqotda bo’ladilar, demak, konfliktga kirishuvlari ham mumkin.
Shuni alohida qayd etish kerakki, o’smir – o’quvchilar bilan predmet o’qituuvchilari orasida konfliktsiz hamkorlik umuman uchramaydi. Bu o’smirlar yaxshi o’qituvchilar masalasida omadsizlar degan gap emas. Gap shundaki, ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchilarda ham o’quvchilardagi kabi ruhiy zo’riqish uchrab turadi.
O’qituvchi va o’quvchilar orasidagi konfliktlar.
Intizomga oid bo’lgan, o’quvchilar va ayrim hollarda o’qituvchilar tomonidan sodir etiladigan ruhiy zo’riqish hamda ziddiyatlar, ta’lim jarayonida maktab intizomiy qoidalari va tartibining buzilishiga doir tipik holatlarning statistik manzarasini tavsiflash muhim ahamiyatga molikdir. Salbiy xulq – atvorga doir faktlar orasida o’qituvchi tomonidan sodir bo’ladigan holatlar farqlanadi.
Quyida o’qituvchining nopedagogik muomalasi natijasida sodir bo’ladigan konfliktlarga to’xtalamiz:
O’qituvchilar sinfni boshqara olmaydi, bilish jarayonini to’g’ri tashkil eta olmaydi, barchaning diqqatini jalb eta olmaydi. Maktab amaliyotidan bunga doir misollarni keltiramiz.
-
O’qituvchi dars boshlanishi bilan o’qituvchilardan hech kim uy vazifasini bajarmaganligini payqadi, hamma unga e’tibor bermay bir – bir bilan gaplashib o’tirmoqda. O’qituvchi ayol yig’lab yuboradi va eshikni qattiq yopib, sinfdan yugurib chiqib ketadi...
-
Geografiya darsi boshqa fanlarga nisbatan yaxshi tashkil etilmagan edi. O’quvchilar darsini ko’pincha tashlab chiqib ketadigan o’qituvchi ustidan kulishardi...
-
Chizmachilik o’qituvchisi hech qanday metodikaga ega emas, o’rgata olmas, o’quvchilardan qo’rqardi...
-
Ingliz tili darsida o’qituvchi tartib o’rnata olmas, tartib o’rnatishga urinmas edi. O’quvchilar undan “ikki” qo’ymaslikni iltimos qilishar va buning evaziga gul taqdim qilishlarini va’da qilishardi. U kulimsirab, rozi bo’lardi...
-
Ashula o’qituvchisi sinfdagi to’s – to’polonga ahamiyat bermas, unga hech kim quloq solmas, u esa xotirjam dars o’tardi, xuddi hamma narsa joyidadek...
-
O’quvchilarning tartibsizligini ko’rgan o’qituvchi qattiq baqirar, mushti bilan stolni urar, ota – onasi yoki maktab direktorini chaqirish bilan tahdid qilardi. Hech narsani o’zi hal qila olmasdi...
-
Sinf rahbarining darsida hech qachon intizom yo’q edi. U hammaga, lekin hech kimga tegishli dakki berish odatiga ega edi. Hammmaga birdek baqirar, alohida holda hech kimga dakki bermas, ogohlantirmasdi...
-
O’qituvchi ayol mayda – chuyda narsalar uchun ham ogohlantirib o’quvchilarning joniga tegardi. Bunday tanbehlar hech kimga kor qilmasdi.
-
O’qituvchining doimiy qichqirig’i o’quvchilarda unga nisbatan hurmatsizlik, qo’pollik, shovqinli munosabatni tug’dirardi...
-
Sinf rahbari sinfga nisbatan hurmatsizlarcha munosabatda bo’lar, hatto butun sinfni surbetlar sinfi deb atardi.
-
O’quvchilar shovqin – suron ko’targanliklari uchun fizika o’qituvchisi o’tilayotgan mavzuga oid tajribani namoyish etishdan bosh tortdi.
Xuddi shuningdek, o’smirlar polga oyoqlarini urish orqali o’zlarining maktab intizomidan ozod ekanliklarini namoyish etadilar. Ximiya o’qituvchisi kasal bo’lib qoldi, o’rniga boshqa fan qo’yilgan bo’lsa – da, o’quvchilar hamjihatlik bilan yayrab, quvonishadi. O’quvchi o’qituvchiga qo’pollik qilganda yovuz quvonch sinfni chulg’ab oladi. Noroziliklarini izhor qilish maqsadida ekskursiyaga ajratilgan transportni adolatsiz taqsimlagani uchun o’qituvchi mashg’ulotiga barcha o’quvchilar kelishmadi. Yangi kelgan o’qituvchining darsida o’quvchilarning barchasi boshqa maktabga ishga o’tgan o’qituvchiga nisbatan hurmatlarini izhor etish maqsadida javob berishdan bosh tortishadi. Hamma darsni tashlab ketadi: umuman o’qishni xohlashmaydi. Tarix o’qituvchisi darslik materialini aynan aytib beradi. O’quvchilar uni yoqtirishmaydi, uning darsida umuman intizomsizlik hukm suradi. Amaliyotchi – talab o’quvchilarning yomon xulq – atvoriga chiday olmasdan sinfni tashlab chiqib ketadi. Chunki u boshqa buyruq ohangida gap boshladi, biroq o’zi she’rni ifodali o’qiy olmadi. Sinf rahbarini sevishmasdi, u sinf uchun ko’p kuch sarflagani ham bunga yordam bermadi.
Pedagoglarning kasbiy no’noqliklari haqida cheksiz fragmentlarni keltirishimiz mumkin. O’quvchilarning o’qituvchilarga bo’lgan munosabatlari ham bundan qolishmaydi.
O’smirlar va o’qituvchilar orasida yuz beruvchi ziddiyatlarning oldini olish mumkinmi? Albatta, mumkin. O’qituvchining mukammal kasbiy tayyorgarligi, uning har qanday ruhiy zo’riqishga qarshi relaksasiya – bo’shashish holatini o’zida mashq qildirgan bo’lishi katta ahamiyatga egadir.
O’qituvchilar jaomasi orasidagi konfliktlar.
Didaktik hamkorlik sohasidagi konfliktlar orasida pedagogning o’smirlar bilimini baholashdagi xatolari salmoqli o’rin egallaydi. Chunonchi, o’qituvchi o’quvchilarning bilimini baholaganda har ikki tomon orasida kuchli konflikt sodir bo’ladi. Quyida ana shunday ziddiyatlar sabablarini sharhlashga o’tamiz.
O’quvchilarga baho qo’yish. O’quvchilar ko’pincha yozma hamda og’zaki javoblarini past baho qo’yildi deb hisoblaydilar. Ayniqsa muntazam ravishda past baho qo’yilganda o’quvchilar g’oyatda g’azablanishadi, fan va o’qituvchiga nafrat bilan qaray boshlaydilar. O’zaro kelishmovchilikning o’ta jiddiy tus olishi o’quvchining o’zini himoya qila olish darajasi va uni sinf qo’llab – quvvatlashiga bog’liq bo’ladi. O’quvchi yozma ishini bo’yagan, xati xunuk bo’lgani uchun bahosining tushirilishiga toqat qila olmaydi. Adolatsizlik bilan qo’yilgan past baho atrofiga har xil rasmlar chizadi, o’qituvchi sha’nini haqoratlovchi so’zlar yozadi.
O’quvchilarda, ayniqsa, bir xil xatolar bo’la turib, yozma ishga har xil baholar qo’yilishi ko’proq norozilik tug’diradi. Ko’p hollarda o’qituvchi o’quvchilarga bahoni ijobiy yutuqlarga erishish uchun yo’naltiruvchi vosita sifatida emas, balki kamsitish, jazolash maqsadida qo’yishadi.
O’qituvchilarning farzandlariga ko’tarib baho qo’yish ham konflikt tug’ilishiga sabab bo’ladi. O’qituvchining qasoskorligi o’quvchilarda ayniqsa norozilik tug’diradigan xunuk holdir.
O’quvchilarning har xil predmet o’qituvchilarining metodik tayyorgarligiga bo’lgan e’tirozlari ko’pincha to’g’ri bo’lib chiqadi.
O’quvchilarning bu sohadagi e’tirozlari quyidagicha:
-
tushuntira olmaslik;
-
sistemasiz, palapartish bayon;
-
tilning o’rinsiz murakkabligi;
-
takrorlashning yo’qligi;
-
materialni quruq bayon qilish;
-
mavzuni hayot bilan bog’lay olmaslik;
-
xo’ja ko’rsinga “mavzuni” bajarish;
-
predmetga qiziqish uyg’ota olmaslik;
-
xolis baholash olmaslik;
-
arzimagan javobga yuqori baho qo’yish;
-
barcha o’quvchilarga faqat “3” baho qo’yish va hokazo.
O’qituvchining metodikasidagi bunday nuqsonlar uning va o’quvchilarning ruhiy zo’riqishga uchrashiga sabab bo’ladi.
O’qituvchining kasbiy qiyofasinin yorqin aks ettiruvchi ikki faktor mavjud:
-
O’qituvchining shaxsiy sifatlari.
-
O’smirlar bilan ish olib borish mahorati.
Har ikkala faktor o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishga xizmat etgan taqdirdagina o’qituvchi va o’quvchi orasidagi o’zaro munosabat xolis, samimiy va ishchan tus olishi mumkin.
O’qituvchining o’ch olishga va ayrim o’quvchilarni kamsitishga urinishi og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misollarga murojaat etaylik:
-
Ayrim o’quvchilarga - ular a’lochi bo’lishi shart emas – namoyishkorona ayrimiga mehr ko’rsatadi.
-
“Yaxshi” va “Yomon” o’quvchilarga munosabat usuli keskin farqlanadi.
-
Bu hol o’quvchilar orasidagi munosabatga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi.
-
Kamsitish holi faqat ayrim o’quvchilarga nisbatangina bo’lmasdan butun sinf jamoasiga nisbatan ham ro’y beradi.
-
Yaxshi o’qimaydigan o’quvchilarning tashabbuslari bo’g’ib qo’yiladi.
-
Ona tili o’qituvchisi o’z “erkatoy”larining xatolarini o’zi “to’g’rilab”, bahosini sun’iy ko’taradi.
-
Zaif va o’rtacha o’zalashtiruvchi o’quvchilarni kamsitib, “xom”ligini doim ta’kidlaydi.
-
Ochiqdan ochiq liderlar va landovurlarga bo’lib, sinf o’quvchilari orasidagi totuvlikni buzadi.
Dars paytida bir – biriga xat uzatayotganda ularni ta’qib etuvchi o’qituvchilar bilan xat mualliflari orasida keskin konflikt yuzaga keladi. O’smirlarning bunday harakatlarini ta’qib etish nihoyatda og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Misollarga murojaat qilaylik:
-
O’tgan asrning 80-yillari. Qo’shrabot tumanidagi maktablardan birining 8 – sinf o’quvchilari pilla qurti uchun barg kesishga safarbar qilinadi. O’g’il bola qiz bolaga maktub berayotganini ko’rib qolgan sinf rahbari N. maktubni qizning qo’lidan tortib olib, o’qib chiqadi. So’ng ertasi kuni maktab o’quvchilarining umumiy yig’ilishida o’quvchi qizni yengiltaklikda ayblab sharmanda qiladi... Ertasi kuni maktabga qizning o’ziga olov qo’yganligi haqida xabar keladi.
-
O’qituvchi, bir – birini yoqtirgan o’quvchilarni sinfda, dars paytida masxara qiladi, sinf ham unga qo’shiladi.
-
Bunday o’qituvchining darsidan o’quvchilar bezib qolishadi, uni yoqtirishmaydi.
-
Qiz bolaga o’qituvchi unga shunday dakki beradi: O’g’il bolalar bilan birga ko’chada taralla – bedod qilib yurishga vaqting bor, mening darsimga esa vaqting yo’q...”
-
Biologiya o’qituvchisi kasallikdan yaqinda turgan o’quvchining xotirasi zaifligini masxara qilib sinfda sendan o’tadigan g’alcha yo’q deydi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning yosh xususiyatlari oliy maktab pedagogika kursi hamda, asosan, yosh va pedagogik psixologiya kursida bayon etib berilgan. Shuning uchun ham biz faqatgina kichik maktab yoshidagi o’quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida yuz beruvchi konfliktli vaziyatlar haqidagina so’z yuritamiz. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga emotsional holatlarning uzoq muddatli bo’lmagan, qisqa muddatli kechishi xosdir. Agar, albatta, emotsional holat chuqur, zulmkorona, qaqshatuvchi bo’lmasa.
Emosional holatning tez o’zgaruvchanligi va yuksak darajadagi moslashuvi kichik maktab yoshidagi o’quvchi psixikasining himoya to’sig’i vazifasini o’taydi. Biroq ruhiy zo’riqishlarning qisqa muddat davom etishi bu yoshdagi o’quvchilarga nisbatan o’qituvchiga ehtiyotsizlarcha bosim o’tkazish huquqini bermaydi (hammasini osongina unutadi-ku, qabilida). Yana bir psixologik haqiqat shu bilan izohlanadiki, kichik boshlang’ich maktab yoshidagi bolalarga o’zidan kattalar himoyasiga muhtojlik, ayniqsa, o’qituvchining qo’llab – quvvatlashi xosdir. Har qanday asabiylik vaziyatida u o’qituvchiga yordamga muhtoj bo’lib termulib turadi, undan yordam qo’llab – quvvatlashini kutadi. Agar uning kutgani yuz bermasa, u qayg’u bilan yakkama – yakka qoldirilsa ruhiy qo’zg’alish ham shunchalik kuchli bo’ladi. Agar o’qituvchi tomonidan yordam o’rniga dakki eshitsa, uning ruhiyati shunchalik kuchli jarohatlanadi.
Konfliktologiya fani bo’yicha nazariy qoidalarga asoslangan holda bir necha pedagogik jihatdan ahamiyatli tushuntirishlarni keltiramiz. Konfliktda qatnashuvchi tomonlar safida ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilarining barchasi ishtirok etishi mumkin. Shu jumladan, o’quvchilarning ota-onalari, metodik xizmat rahbarlari, boshqaruv apparati xodimlari ham. Yuzaga kelishi jihatidan boshlang’ich sinflarda konfliktlar kutilmaganda, oldindan rejalashtirilmagan holatda sodir bo’ladi. Bu konfliktning eng xavfli variantidir, chunki bunday paytda vaqt yetishmasligi tufayli o’qituvchi xato harakatlarga yo’l qo’yishi ehtimoli bor. Xuddi ana shunday paytda taqlidiylik o’qituvchini yo’ldan urishi, kutilmagan to’qnashuv nihoyatda og’riqli, jarohatli bo’lishi mumkin.
To’satdan yuz beruvchi konfliktlardan tashqari xarakteri va kechishi jihatidan tipik bo’lgan ziddiyatlar ham mavjud. Bunda o’qituvchi o’z tajribasiga tayangan holda u yoki bu qadar ilgari ishlab chiqilgan ssenariy asosida ish ko’radi. Ularni yuz bergan vaziyatga bir qadar moslashtirishga to’g’ri keladi, xolos.
Nihoyat, o’qituvchi ko’z oldida shunday vaziyatlar mavjud bo’lishi kerakki, bunga asosan ziddiyatli holatni yaratish va uning yordamida ta’lim-tarbiyaning olg’a siljishiga sharoit yaratish mumkin bo’lsin. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim-tarbiyasi jarayonida sodir bo’luvchi konfliktli – ziddiyatli vaziyatlarni tavsiflashdan oldin asosiy bloklar mazmuni bilan tanishtiramiz. Buning uchun bir necha savollarga javob beramiz:
a) Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchi faoliyatida uchraydigan konfliktlar chastotasi qanday?
b) Kimlar orasida ziddiyatlar yuz beradi?
c) Ziddiyatli vaziyatlar qanday mazmunga ega?
d) Umumta’lim maktabi boshlang’ich sinf o’quvchilari ta’lim-tarbiyasida uchraydigan konfliktli vaziyatlar oqibatlaridan ijodiy foydalanish qay ahvolda?
Kichik, o’smir, katta yoshdagi o’quvchilar ta’lim-tarbiyasida yuz beruvchi stressogen konfliktlarning chastotalarini taqqoslash shuni ko’rsatadiki, kichik yoshdagi o’quvchilar katta yoshdagilarga nisbatan ancha kamroq bunday vaziyatlarga tushadilar.
Boshlang’ich sinfni bitirgan o’quvchilarni ommaviy so’rovnomaga tortish natijasida barcha o’quvchilar uchun doimiy bo’lgan statistik raqamlarni keltirishimiz mumkin.
So’rovnoma to’ldirganlarning qarib yarmi o’qituvchilari bilan oralarida dog’ bo’lib qolgan birorta ham konfliktli vaziyatni eslay olishmadi.
Studentlar esa sobiq o’qituvchilaridan o’rnak bo’ladigan biror bir vaziyat haqida javob berisha olmadi.
7 – mavzu. Shaxs ichidagi va shaxslararo konfliktlar (2 soat ma`ruza, 2 soat seminar).
Ma’ruza mashg’ulotning texnologik modeli
Ma’ruzaga ajratilgan
vaqt – 2 soat
|
Tinglovchilar soni –
|
O’quv mashg’ulotining shakli:
|
Ma’lumotli ma’ruza
|
O’quv mashg’ulotining tuzilishi:
|
Shaxs ichra konfliktlarning asosiy ichki va tashqi sabablari. Shaxs ichra konfliktni hal qilish usullari. Shaxs ichra konfliktning oqibatlari. Shaxslararo konflikt tushunchasi.
Shaxslararo konfliktning oldini olish va hal qilish. Shaxslararo konfliktning sabablari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
|
Tinglovchilarga Shaxs ichidagi va shaxslararo konfliktlar to’g’risida ma’lumot berish.
|
Pedagogik vazifalar:
Mavzuni sharhlash.
Mavzuning asosiy maqsadini yoritib berish.
Turli nazariyalar bilan tanishtirish.
Tayanch tushunchalarni mazmunini yoritib berish.
Mavzuni rejalar bo’yicha mazmunini yoritib berish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Mavzudagi asosiy tushunchalarni aytib berish.
O’quvchilar orasidagi konfliktlar haqidagi tushunchalarga ega bo’ladi.
“konflikt” tushunchasining ma’nosini anglash.
O’qituvchi va o’quvchilar orasidagi konfliktlar haqida ma’lumot oladilar.
|
Ta’lim metodi
|
Ma’ruza, suhbat, «Debat» strategiyasi
|
Ta’limni tashkil etish shakli
|
Ma’ruza, frontal, umumjamoa
|
Didiaktik vositalar
|
Tarqatma material, doska, bo’r
|
Ta’limni tashkil etish sharoiti
|
Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya
|
Nazorat
|
O’z-o’zini nazorat qilish.
|
Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Bosqich vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Tinglovchi
|
I-Bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish
(20 min).
| -
Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.
«Debat» baxs mavzusi.
| -
Eshitib, yozib oladilar.
1.2. «Debat» baxs mavzusi.
|
II-Bosqich.
Asosiy bosqich. Anglash
(50 min).
|
2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.
2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.
2.3. «Debat» baxs mavzusi.
2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.
2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.
|
2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.
2.2. O’ylaydi va yozib oladi.
2.3. «Debat» baxs mavzusi.
2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.
2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.
|
III-Bosqich.
YAkuniy fikrlash bosqichi
(10 min).
|
3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.
3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.
3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.
|
3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.
3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.
|
Shaxs ichra konfliktlarning asosiy ichki va tashqi sabablari
Mehnat jamoasida hodimlar o’zaro bir-birlarini hurmat qilish va bir-birlariga zarar etkazmaslikka harakat qilib ishlaydilar. Ammo shunga qaramasdan ba’zan ular o’rtasida, ko’proq jamoa rahbarining o’z qo’lidagi hodimlarga nisbatan jamoa etikasining buzilish hollari uchrab turadi. Ular kuyidagilardan iboratdir:
-
rahbarning o’z qo’lida ishlayotganlarga nisbatan dimog’dorligi, o’zini katta tutishi, ularni behurmat qilishi;
-
bergan va’dalar ustida turmaslik;
-
o’z fikrlaridan o’zgacha bo’lgan qarashlarni yoqtirmaslik, ularni inkor etish, ularni bildirgan kishilarni ta’qib ostiga olish;
-
tanqid va o’z-o’zini tanqidni bo’g’ib qo’yish;
-
o’z qo’lidagi hodimlar huquqlarini cheklash;
-
hodimlarga ular mas’uliyatidan tashqari shaxsiy majburiyatlarni yuklash va ularning bajarilishini talab etish;
-
barcha uchun muhim bo’lgan ba’zi ma’lumotlarni yashirib, ulardan jamoani bexabar qoldirish (masalan, shatatlar qisqarishi, yoki chet elga ketish uchun kelgan komandirovka);
-
inson nafsoniyatini pastga uradigan tanqid bilan shug’ullanish;
-
hodimlar orasiga ataylab g’alva va nifoq solib qo’yish;
-
hodimlarni guruh guruh qilib, ular o’rtasidagi nizolarni keltirib chiqarish;
-
hodimning vaqtini tejamaslik (masalan, hodim agar rahbar bilan muhim masala yuzasidan maslahatlashmoqchi bo’lsa, o’zini bir necha kun “tutish”ga yoki uzoq vaqt kutishga majburlash);
-
xonasiga kirgan odam bilan o’z qog’ozlaridan ko’z uzmay suhbatlashish;
-
kirib kelgan odamga “o’tirishni” taklif etmaslik v.b.
Muloqot-pedagogik konfliktlarni echish va boshqarish usullari.
Pedagogik konfliktlar bilan boshqarish tushunchasi.
Pedagogika konfliktlar ziddiyatlarni, to’qnashuv, qarama-qarshilik mojorolarni pedagoglar va o’quvchilar o’rtasida yuzaga kelmasligi uchun o’qituvchi ziddiyatlarini olidini ola bilishi lozimdir. Zamonaviy tarzda biz konfliktlarni boshqarishimiz ziddiyatlarni munosabatlarini to’g’ri echimini topishimiz kerak. Zero yurtboshimiz Islom Karimov aytganidek: “Ilm” ma’rifat biz uchun bugun ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, yo’qolmaydi ham. Aql zakovatli yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga erishia olamiz. Mustaqil O’zbekistonning kelajagi bo’lgan sog’lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan,ichki ziddiyatli jarayondir. SHunday ekan o’qituvchi, o’quvchi va tinglovchining shakllanish jarayonini zo’r havas va sinchkovlik bilan kuzatish lozim. U pedagogik jarayonni barqaror ekan, pedagogik bilim va mahorat egasi bo’lishi kerak.
Jamiyatimiz keng qamrovchi bo’lib u erda turli xil xarakterdagi shaxslarni uchratishimiz mumkin. SHaxslararo konfliktlar albatta faoliyat turlarida namayon bo’ladi. Masalan guruh misolida ko’ramiz. Tasavvur qiling bir guruhda iqtidorli talantli shaxslarimiz bor. Ular har bir mazmuni yaxshi o’zlashtirib mustaqil fikrlarini bildira oladilar, fikr doiralari keng bo’lganligi sababli u shaxslar o’rtasida to’qnashuv, majoro kelishmovchilik, konfliktlar yuzaga keladi. Har bir guruh a’zosi o’z fikrini to’hriligini isbotlay oladilar bunday holatlarda konfliktni boshqarish o’qituvchi tomonidan bartaraf etiladi. Har bir sohada shaxslar o’rtasida konfliktlarni ko’rishimiz mumkin. SHaxslar o’z ustidan ishlasa, fikrini isbotlay oladimi, ular konfliktlarni echimini ham topadilar.
Muloqot pedagogik konfliktlarning echish va boshqarish usullari. Muloqotdagi ziddiyat shakllari turlichadir. Masalan yuzma-yuz yoki texnik vositalar (telefon telegraf va shunga o’xshash vositalar) bilan amalga oshiriliadi. Oilada konflikt muloqot ayrim a’zolari o’rtasida bo’lishi mumkin.
O’zaro munosabatlarga kirishilganda konfliktni yuzaga kelishimosligini asosiy sabablari, o’zaro til topishish, bir-birini tushunishdir. Bu jarayonning murakkabligi, kerak bo’lsa, o’zaro til topishishi bir-birini tushuna olish lozim.
Har qanday faoliyatdan zerikish, garchan mumkin, faqat odam muloqotdan ayniqsa, uning norasmiy,samimiy, bevosita shaklidan charchamaydi, yaxshi suhbatdoshlar doimo ma’naviy jihatdan rag’batlantiriladilar. Aslida har bir insonning ijtimoiy tajribasi, uning insoniy, qiyofasi, fazilatlari, hattoki nuqsonlari ham muloqot jarayonlarining mahsulidir. Har qanday muloqotlarning elemintar funktsiyasi suhbatdoshilarning o’zaro bir-birini tushunishlarini ta’minlashdir. Pedagogik konfliktlarni oldini olishda gaplashayotgan odamlar biri gapiradi, ikkinchisi tenglaydi, eshitadi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o’zaro mosligi, bir-birini to’ldirishga bog’liq ekan noto’g’ri tasavvurlardan bir shuki, odamni muomola yoki muloqatga o’rgatganda, uni faqat gapirishga, mantiqan asoslangan so’zlardan foydalanib ta’sirchan gapirishcha o’rgatishadi. Uning ikkinchi tomoni-tinglash qobiliyatiga diyarli e’tibor berilmaydi. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnechi “yaxshi suhbatdan –yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi gapirishni biladigan esas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo’lishini nazarda tutgan edi. Pedagogik muloqot-O’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi o’zaro munosabatiga aytiladi. Pedagoglik jarayondagi aloqalar tizimida o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muomola –munosabatlar katta o’rin egallaydi.
SHaxslararo konfliktlarni boshqarish sohasi.
O’qituvchi hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar-yosh bolalar bilan muloqotda bo’ladi. O’qituvchining biror tasodifiy xatti-harakati natijasida o’quvchilarda u haqda sodir bo’lgan fikr ham ta’lim-tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir etishi, o’qituvchining ishini murakkablashtirishi mumkin. Odatda, bunday ziddiyatlar uzoq davom etadi va o’qituvchi foydasiga hal etiladi. O’qituvchi obro’sini saqlayman deb, kattalar ba’zan o’quvchining qadr-qimmatini erga uradilar, o’quvchidan kechirim surashni talab etadilar, vaholanki bu nizoga o’qituvchining noto’g’ri hatti-harakati sabab bo’lgan. O’qituvchining ishi axloqiy tarbiya talablariga to’g’ri kelmaydi. Bolalar bilan muomola va munosabatlarda ularning har biriga alohida yondashishish lozim. Agar o’qituvchi va o’quvchi bir-birini tinglasa, o’z-o’ziga ham tarbiyalaydi. Demak, tinglash jarayoni ko’pchilik tasavvur qilgani kabi unchalik passiv jarayon esa. Tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar g’oyalarning shakllanishiga imkoniyat yaratadi. SHuning uchun ma’ruzachi professorning har bir chiqishi va ma’ruzasi agar tinglovchilar tomonidan diqqat bilan tinglasa, bu pedagogik muloqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
Konfliktlarni boshqarish tartiblari
Konflikt echimini topish passiv holatdagi munosabatni emas, balki aktiv, ya’ni faol munosabatni talab etadi. Konflikt vaziyatda ko’pchilik impulsiv, ya’ni anglanmagan harakat olib boradi. Ularga konflikt vaziyatda o’zini tutish bo’yicha bilim va malakalar etishmaydi. Vaziyat esa o’z ustidan nazorat o’rnatilishini talab etadi. Demak, konflikt vaziyat o’ylangan qadamlarni so’raydi. Bu – konfliktga bo’lgan ongli munosabat belgisi bo’ladi. Ziddiyatga nisbatan ongli munosabat jarayonida inson nizoni nazorat ostida ushlab tura oladi, ziddiyatga o’z ta’siri o’tkaza oladi, tomonlar his-tuyg’ularining “ko’pirib” ketmasligi oldini oladi, tomonlarni konstruktiv munosabatlarga chorlaydi, ularni muzokaralar stoliga olib kela oladi, nizoni keltirib chiqargan muammo haqida o’ylash, fikr va mushohada qilish muhitini yarata oladi.
Odatda bizning oldimizda biror narsadan jahli chiqqan, diqqati oshgan, “g’azablangan” va “jilovini qo’ldan bergan” odam bo’lsa, biz unga nisbatan o’zimizni turlicha tutamiz. Biz jahli chiqqan odamdan o’zimizni olib qochishimiz mumkin, nima bo’lganligini so’rab, uni tinchlantirishga harakat qilib ko’rishimiz, yoki unga “aql” o’rgatishimiz mumkin, o’zimiz ham uning jahlidan ta’sirlanib, jizzakilik va jahl ishlatishimiz mumkin, konfliktni keltirib chiqargan tomonga “do’q” va “po’pisaga” o’tishimiz mumkin, ularning “adabini” berib qo’yish bizning bosh maqsadimizga aylanishi ham mumkin.
Ammo bu yo’llarning barchasi aqli raso, bosiq, hayot tajribasi bor odam usullari emasligi ayon. Bu usullarning qo’llanilishi konfliktni chuqurlashtiradi, tomonlar orasidagi tang ahvolni yanada qiyinlashtiradi, konflikt echimidan hammani boshqa, ya’ni ziddiyatni chuqurlashtirishga yo’naltirilgan tomonga olib ketadi.
SHu bois, konflikt bilan ilk to’qnash kelgan vaqtda kuyidagi qadamlardan foydalanish darkor:
Birinchi qadam: Konflikt vaziyatni u qanday bo’lsa o’shanday, o’z emotsiyalaringizdan holi bo’lgan tarzda qabul qiling. Konflikt vaziyat sizga yoqmasligi, sizga qarshi holatni vujudga keltirishi, umuman rejalashtirilmagan holda kelib chiqqan ham bo’lishi mumkin. Ammo aynan siz uning “nima” ekanligi, ya’ni konflikt haqiqatini to’la va aniq anglagan paytingizdan boshlabgina, siz uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lasiz. Konflikt bilan ilk to’qnashgan paytda konflikt bir taraf, siz esa bir taraf bo’lasiz. Konfliktni anglashning eng birinchi qadami unga ob’ektiv, xolis, emotsiyalarsiz baho berishdir. Konfliktga nisbatan o’z emotsiyalari va fikrlaridagi neytralitetni saqlab qolish, konfliktni anglashga qaratilgan yo’lning boshi hisoblanadi. Mana shunday neytral sharoit esa sizga konflikt ishtirokchisi sifatida aniq, faktlarga asoslangan, oydin va mustaqil mushohada qilish uchun imkon yaratib bera oladi.
Konfliktni anglash ob’ektiv faktlarni tan olish demakdir. Bu faktlar sizning manfaatlaringizga qarshi bo’lishi mumkin. Ammo siz konfliktning echimini haqiqatan ham topmoqchi bo’lgangiz, barcha faktlarni, ular sizga yordam bersa ham, ular sizga halaqit bersa ham, tan olish yo’lidan bormog’ingiz darkor bo’ladi. Konfliktga aynan u kelib chiqqan vaziyatdan boshlab baho bering. Biroq agar mana shu vaqtda sizning kayfiyatingiz “pachoq” bo’lsa, mana shu “yomon” kayfiyatni tan olishdan o’z ishingizni boshlang. Sizning o’z kayfiyatingiz yomonligi tan olishingiz, u sabab noto’g’ri amallar qilmasligingiz uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Siz o’z kayfiyatingiz va xissiyotlarning ortganligini tan olishingiz mana shu emotsiyalar ichida noto’g’ri xukm chiqarishdan sizni saqlab qoladi.
Ikkinchi qadam: Konflikt vaziyatda inson mana shu vaziyatning bo’lmasligi mumkinligi, ideal holatda uning qanday bo’lishi mumkinligi masalasiga juda katta kuch sarflaydi. Siz ziddiyat orqali eng aziz odamlaringiz bilan munosabatlarning buzilganligidan hijolat bo’lasiz, ularni yangitdan o’rnatmoqchi bo’lasiz. Hayollaringiz turli harakatlarni belgilab beradi. Bu holatda siz ko’proq reallikdan uzoqlashib, hayollaringizda yashaysiz. Ammo konflikt vaziyatni hayollarga erk berib hal qilib bo’lmaydi.
“U menga bunday qo’pol gapirmasligi kerak edi”, “Men o’zi unga kimman, agar meni hurmat qilsa, bunday demagan bo’lar edi”, “Nimaga u hammaga kulib qarayveradi”, “U o’ziga hamma qaraganidan lazzat oladi, aslida meni qiynamoqchi”, “U o’z zimmasidagi vazifalarni yaxshi bajarishi kerak, bo’lmasa uning keragi yo’q”, “U hadeb meni niqtayveradi, har doim, u nima derkin, deb yashashim kerakmi?!”, “Nima uchun u mening hayotimga aralashadi, men mustaqil odamman-ku”, “Boshliq bo’lsa o’ziga, nima, hadeb baqiraverishi kerakmi?!”... Mana shunday fikrlar konfliktlar doirasida inson ichki emotsional holatining kuchayib ketganligida ro’y beradi.
Bunday holatlarga biz o’zga odamlar qilgan amallarni o’zimizning emotsional qadriyatlarimiz bilan o’lchaymiz, ammo ularning o’z emotsional qadriyatlari mavjudligini esdan chiqaramiz. Biz uchun o’z emotsional qadriyatlarimiz – dunyodagi eng to’g’ri formula bo’lib ko’rinadi. Ammo ana shu emotsional formulamizni o’z-o’zimizga ishlatib ko’rsak-chi?! Har doim ham o’zimiz eng yaxshi bahoga loyiqmiz-mi?! Insonlar uchun o’ziga nisbatan shubha bilan qarash, o’zining qilgan ishlaridan qoniqmaslik xislatlari ham xos. Demak, xulosa shuki – o’zgalarni ham, o’zimizni ham bir xil emotsional daraja va me’yorlar bilan boholashga o’tish lozim.
Uchinchi qadam: Konflikt vaziyat va uning tahlili bizni ko’p narsalarga o’rgatadi. Konflikt vaziyat va uning echimini qidirish juda katta hayotiy tajriba beradi. Biz agar konflikt echimi bo’yicha bilimlarga ega bo’lmagan bo’lsak ham, real konflikt jarayonida ba’zi xulosalarni qilamiz va o’z hayotiy tajribamizni oshirib boramiz. SHu bois, har bir vujudga kelgan konflikt bu sizning o’sish va ulg’ayish jarayoningiz hisoblanadi. Konfliktni to’g’ridan to’g’ri, uni bo’yamasdan qabul qilish, faktlarga asoslanishdan so’ng, konfliktning ideal darajada hal qilinishi mumkinligi - hayol qilishdan voz kechib, konfliktga real va ijodiy yondashuvni boshlashni talab etadi. Konfliktga real yondashuv qiyinchiliklarni bo’yamasdan va bo’rttirmasdan qabul qilish, vaziyatni ob’ektiv baholashni bildiradi.
CHirigan olmani qanchalik artsangiz ham u chirigan olmaligicha qolaveradi. Konfliktga ijodiy yondashuv esa, qanchalik qiyin bo’lmasin, siz konflikt asosida turgan muammoni echishingiz lozimligi anglatadi. Eng avvalo, o’z mas’liyatingizga - o’z xatolaringiz, kamchiliklaringiz, nizolaringizni qabul qilishingiz lozim, aynan o’zingiznikini. Konflikt echimini “samoanaliz”siz olib borib bo’lmaydi. O’zingizning holatingizni aniq belgilab olish, sizga muammoga ob’ektiv qarash, uning hal bo’lish yo’llarini to’g’ri topish imkoniyatini yaratadi. Konfliktga nisbatan ijodiy yondashuvda siz o’z xissiyotlaringiz, o’ylaringizni tartibga olish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Ana shundan boshlab konflikt siz uchun hayotiy dars va tajriba bo’la boshlaydi.
To’rtinchi qadam: Bolalikda emaklashdan oyoqqa turishga, yurishga o’rganayotgan kichkintoy birdaniga oyoqqa turadi-da, qo’rqmay yuraveradi, yuraveradi. Agar yiqilib tushsa ham, darrov yana oyoqqa turib, yurib ketadi. Bu harakatlaridan o’zi ham juda zavqlanadi. Bola hech qachon to’g’ri qilyapman-mi, noto’g’ri qilyapman-mi, deb o’ylamaydi. Bola uchun yiqilish – oddiy holga aylanadi. Bola yiqilganidan kuyinmaydi, balki zavqlanadi. Bola uchun oyoqqa turib, yurish qanchalik qiziqarli bo’lsa, yiqilish ham shunchalik qiziqarlidir. Katta bo’lganimizda-chi?! YUtuqlar bizni qiziqtiradi, quvontiradi. YUtqizish-chi?! Bolaga o’xshab yiqilganimizdan tajribaga ega bo’lamiz-mi, o’z xulosalarimizni qilamiz-mi?! Yiqilib, toyilish bizga biror narsalarni o’rgatadi-mi?! Yiqilish va toyilish, xato qilishga biz qanday munosabatda bo’lamiz?! Uni xoxlamaymiz, undan qo’rqamiz, undan ezilamiz, yutqizganimizni tan olishga shoshilmaymiz, yutqizganimizni boshqalardan yashiramiz. Ammo, bu to’g’rimikin?! Demak, konflikt vaziyatdagi biz o’ylagan hato va yutqizishlar aslida hayotiy tajriba, ularni to’g’ri qabul qilish, ma’lum xulosalarga kelish va keyingi hayotda qo’llay olish darkor. Yiqilish, yutqazish – keyingi qadamlar, keyingi hayotning boshidir. Hayotida yiqilish, turtilish, yutqazish – katastrofa emas. CHunki yiqilgandan keyingi hayot ham mavjud.
Beshinchi qadam: Oldingi ruknlarda aytilgan tamoyillardan kelib chiqqan holda, konfliktdan keyingi vujudga kelgan vaziyatni yangitdan, yangi vaziyatda yashash qonuniyatiga, yangi imkoniyatga, yangi munosabatlarga aylantirish darkor. Konflikt vaziyatga yangi imkoniyatlarni yaratish kerakligi nuqtai nazaridan qarasangiz, o’zingiz ham, opponentingiz ham bunyodkorlik tamoyillari asosida yangitdan yashashga o’tadi. Sizlar bir-biringizni inkor etishdan qutilib, hamma uchun zarur va barcha mavjud tomonlarni koniqtirgan vaziyatni tashkil qilish, yangi munosabatlarni qurish jarayoniga o’tasiz. Demak, konfliktning boshlanishiga – yangi imkoniyatlarning yaratilishi va yangi munosabatlarning o’rnatilishi sifatida qarash lozim. Demak, konflikt – hayotning tugashi emas, balki yangi hayotning boshlanishidir.
SHunday qilib, konflikt echimiga qaratilgan sayi-harakatlar passiv, impulsiv yoki aktiv, faol bo’lishi mumkin. Konfliktga faol munosabat unga nisbatan ongli munosabatni talab etadi. Konfliktga bo’lgan ongli munosabat esa munosabatlarni emotsiyalardan tozalashni, ziddiyatga ob’ektiv, xolis, ortiqcha xis-tuyg’ulardan ozod bo’lgan tarzda baho berishni, ob’ektiv faktlarga e’tibor bilan qarab, o’zining kamchiliklarini ham tan olishni, hammaga bir xil mezonlar bilan qarashga o’rganishni, konflikt echimiga qaratilgan qadamlarni o’ylab amalga oshirishni talab etadi.
Masalan, mehnat konfliktlarida xodimlar va ish beruvchilar ishtirok etadilar. Makrodarajada ishchilar manfaatlarini mehnat jamoalari, kasaba uyushmalari va siyosiy partiyalar ham himoya qilishi mumkin. Ish beruvchilarning manfaatlarini esa turli tadbirkorlik uyushmalari yoki davlat tashkilotlari namoyon etadilar. Agar tomonlardan biri muayyan sababga ko’ra o’z faoliyatini tugatsa konflikt barham topadi (yoki uning ishtirokchilari tarkibi o’zgaradi).
SHaxslararo konfliktlarda tomonlar bo’lib individlar maydonga chiqadi va shu sababli ularning har biri o’zgarmas hisoblanadi, ya’ni ularni boshqasi bilan almashtirib bo’lmaydi. Guruhiy konfliktda o’zgarmaslik shaxsga emas, balki guruhga nisbatan taalluqlidir. Davlatlararo konfliktda esa o’zgarmaslik davlat nomidan harakat qiluvchi mansabdor shaxs yoki organga emas, balki davlatning o’ziga nisbatan belgilanadi.
Ba’zi mualliflar (F.Borodkin, N.Koryak) qarama-qarshi kurashuvchi tomonlarni quyidagi tarzda darajalarga bo’lishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaydilar: eng quyi daraja - individ, keyingisi - guruh, jamoa, milliy tuzilma, ijtimoiy qatlam, jamiyat, davlat. O’z o’rnida bunday yondashuv ancha bahstalab hisoblanadi. CHunki ikki shaxs o’rtasidagi konflikt o’zining mohiyati va fojiali tangligiga ko’ra ba’zida guruhlar o’rtasidagi konfliktlarga nisbatan ancha muhim bo’lishi mumkin. Gap sub’ektning qaysi darajaga mansubligida emas, balki konflikt mexanizmida, uning yo’nalishi, qarshi tomonlarning maqsadlarida va boshqa ko’p holatlardadir.
Kurashuvchi tomonlar turli darajalarga taalluqli bo’lishi, ya’ni bir xil darajada bo’lmasliklari, ya’ni individ boshqa shaxs bilan emas, balki guruh yoki davlat bilan konfliktga kirishishi mumkin. Davlatning o’zi ba’zida o’zining tengi bo’lmagan sherik bilan, jamoat tashkiloti, siyosiy partiya, ekstremistlar guruhi va hakozolar bilan konfliktlashishi, bunday konfliktlar institutlashtirilmagan shakllarda kechsa, odatda juda keskin tus olishi, ba’zida zaif tomonning halokati bilan tugashi mumkin.
Latent bosqichda qarama-qarshi kurashuvchi tomonlarni aniqlash ancha murakkab kechadi. Konflikt ochiq shaklga o’tgandan keyingina konfliktning barcha ishtirokchilarini aniqlash mumkin.
Jinoiy jarayon tartibida ko’radigan bo’lsak, jinoyatchi ushlanmaguniga qadar u bilan odil sudlov organlari o’rtasidagi konflikt latent xarakter kasb etadi. Aybdor, albatta, o’zini konflikt tomoni sifatidagi ishtirokini shubhasiz biladi, biroq, huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyatni aynan kim sodir etganligini bilmasliklari mumkin. Jinoyatni ochish va aybdorni jazolash yuzasidan protsessual faoliyat gumondor ushlangandan so’ng latent bosqichdan ochiq ko’rinishga o’tganda konflikt oydinlashadi.
Qarama-qarshi kurashuvchi tomonlarning muhim xususiyatlari bo’lib, konflikt yakunini belgilovchi ularning jismoniy, ijtimoiy, moddiy, intellektual imkoniyatlari, ko’nikmalari va mahoratlari hisoblanadi.
Seminar mashg’ulotining ta’lim texnologiyasining modeli
Mashg’ulot vaqti-2 soat
|
Tinglovchilar soni:
|
Mashg’ulot shakli
|
Bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga asoslangan seminar mashg’ulot darsi
|
Mashg’ulot
rejasi
|
Shaxs ichra konfliktlarning asosiy ichki va tashqi sabablari. Shaxs ichra konfliktni hal qilish usullari. Shaxs ichra konfliktning oqibatlari. Shaxslararo konflikt tushunchasi.
Shaxslararo konfliktning oldini olish va hal qilish. Shaxslararo konfliktning sabablari.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi:Tinglovchilarga Shaxs ichidagi va shaxslararo konfliktlar to’g’risida ma’lumot berish,bilimlarni mustaxkamlash va tinglovchilar bilimlarini baholash
|
Pedagogik vazifalar:
2.1. “Ta’lim qonuniUatlari va tamoYillari” mavzusini o’qib chiqish va konspekt qilish.
2.2. Mavzudagi berilgan qonuniUatlarni tahlil qilish.
2.3. Mavzu Bo’yicha mustaqi fikrlarini bildirish
|
O’quv natijalari:
2.1. Tanishib chiqib mavzu Bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar.
2.2. Bilgan qonun-qoidalarini tahlil qiladilar.
3. O’rgangan Yangi bilimlarini mustahkamlaUdilar.
|
Ta’lim berish usullari
|
Savol-javob, muxoqama, kichik guruhlar, hamkorlikda o’qitish
|
Ta’lim berish shakllari
|
Jamoa bo’lib ishlash
|
Ta’lim berish vositalari
|
Birlamchi manbalardan parchalar, marker, qog’oz, doska
|
Ta’lim berish sharoiti
|
Texnik vositalar bilan jihozlangan xona
|
Monitoring va baholash
|
Og’zaki javob, xarakteristika berish, topshiriq
|
Seminar mashg’ulotining texnologik xaritasi
Bosqich vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Tinglovchi
|
I-Bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish
(20 min).
| -
Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.
«Debat» baxs mavzusi.
| -
Eshitib, yozib oladilar.
1.2. «Debat» baxs mavzusi.
|
II-Bosqich.
Asosiy bosqich. Anglash
(50 min).
|
2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.
2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.
2.3. «Debat» baxs mavzusi.
2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.
2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.
|
2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.
2.2. O’ylaydi va yozib oladi.
2.3. «Debat» baxs mavzusi.
2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.
2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.
|
III-Bosqich.
YAkuniy fikrlash bosqichi
(10 min).
|
3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.
3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.
3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.
|
3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.
3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.
|
8 - mavzu. O`qituvchi va o`quvchining nuqtai nazarlarining yaqinlashuvlari va bir-birlarini tushunish yo`llari.
Ma’ruza mashg’ulotning texnologik modeli
Ma’ruzaga ajratilgan
vaqt – 2 soat
|
Tinglovchilar soni –
|
O’quv mashg’ulotining shakli:
|
Ma’lumotli ma’ruza
|
O’quv mashg’ulotining tuzilishi:
|
O`qituvchi va o`quvchining munosatlari haqida umumiy tushuncha. O`qituvchi va o`quvchining nuqtai nazarlarining yaqinlashuvi. O`qituvchi va o`quvchining bir-birini tushunishi .
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
|
Tinglovchilarga pedagogik konfliktlarning turlari to’g’risida ma’lumot berish.
|
Pedagogik vazifalar:
Mavzuni sharhlash.
Mavzuning asosiy maqsadini yoritib berish.
Turli nazariyalar bilan tanishtirish.
Tayanch tushunchalarni mazmunini yoritib berish.
Mavzuni rejalar bo’yicha mazmunini yoritib berish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Mavzudagi asosiy tushunchalarni aytib berish.
O’quvchilar orasidagi konfliktlar haqidagi tushunchalarga ega bo’ladi.
“konflikt” tushunchasining ma’nosini anglash.
O’qituvchi va o’quvchilar orasidagi konfliktlar haqida ma’lumot oladilar.
|
Ta’lim metodi
|
Ma’ruza, suhbat, «Debat» strategiyasi
|
Ta’limni tashkil etish shakli
|
Ma’ruza, frontal, umumjamoa
|
Didiaktik vositalar
|
Tarqatma material, doska, bo’r
|
Ta’limni tashkil etish sharoiti
|
Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya
|
Nazorat
|
O’z-o’zini nazorat qilish.
|
Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Bosqich vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Tinglovchi
|
I-Bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish
(20 min).
| -
Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.
«Debat» baxs mavzusi.
| -
Eshitib, yozib oladilar.
1.2. «Debat» baxs mavzusi.
|
II-Bosqich.
Asosiy bosqich. Anglash
(50 min).
|
2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.
2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.
2.3. «Debat» baxs mavzusi.
2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.
2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.
|
2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.
2.2. O’ylaydi va yozib oladi.
2.3. «Debat» baxs mavzusi.
2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.
2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.
|
III-Bosqich.
YAkuniy fikrlash bosqichi
(10 min).
|
3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.
3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.
3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.
|
3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.
3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.
|
Dostları ilə paylaş: |