Педагогика indd


O‘zini o‘zi nazorat qilish va muhokama qilish uchun savollar



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

O‘zini o‘zi nazorat qilish va muhokama qilish uchun savollar
1. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining ilmiy-uslubiy 
ta’minoti qanday amalga oshiradi?
2. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilmiy-uslubiy jihatdan 
ta’minlash vazifalari nimalardan iborat?
3. o‘quv-tarbiyaviy jarayon qanday rejalashtiriladi?
4. o‘quv-tarbiyaviy jarayonda qanday rejalashtirish turlari 
qo‘llaniladi?
5. Rivojlantiruvchi muhitni qanday tashkil etiladi?
6. Rivojlantiruvchi muhit mazmuni nimalardan iborat?
Mustaqil ish topshiriqlari
1. o‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 
va uning tasarrufidagi ilmiy-uslubiy muassasalar rо‘yxatini 
shakllantirish.
2. o‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, tegishli tarmoq 
ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim tashkilotlari rо‘yxatini 
shakllantirish.
3. Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimining rahbar va pedagog 
kadrlarini qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish 
instituti kurslari rо‘yxatini shakllantirish
.


156
11-BOB. 
MTM TA’LIM DASTURI VA UNI TUZISH TALABLARI
Reja:
11.1. MTM ta’lim dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar.
11.2. namunaviy o‘quv rejasi va soatlar miqdori.
11.3. 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolaning rivojlanish xaritasi.
Tayanch so‘z va iboralar: 
MTM ta’lim dasturi, namunaviy 
o‘quv rejasi, soatlar miqdori, rivojlanish xaritasi.
MTM ta’lim dasturini tuzish bo‘yicha tavsiyalar
Ta’lim dasturi – MTM Davlat o‘quv dasturiga asosan muayyan 
yosh guruhida tashkil etiladigan ta’lim jarayonini amalga oshirishga 
xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘lib, u qo‘yilgan maqsadlarga 
erishishni ta’minlashi lozim. 
Dastur – muhim vosita bo‘lib, uning yordamida tarbiyachilar 
(mutaxassislar) o‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha 
yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablariga 
muvofiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul 
va samarali shakllar, metodlar va ta’lim jarayonini tashkil qilish 
yo‘llarini belgilaydilar. 
Dastur majburiy qism va ta’lim jarayoni ishtirokchilari 
tomonidan shakllantiriladigan qismdan tashkil topadi. har ikki qism 
ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan 
Davlat talablarini amalga oshirish nuqtayi nazaridan o‘zaro bir-birini 
to‘ldiruvchi hamda zaruriy hisoblanadi. Dasturning majburiy qismi 
barcha beshta ta’lim sohasi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush 
tarzini shakllantirish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari; 
bilish jarayonining rivojlanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish hamda 
ijodiy rivojlanishni amalga oshirishga kompleks yondashuvni ko‘zda 
tutadi. Dastur tarbiyachi (mutaxassis) ilk va maktabgacha yoshdagi 
bolalar rivojlanishiga quyiladigan Davlat talablari asosida bolalar 
rivojlanishining muayyan sharoitlari, ehtiyojlari va xususiyatlarini 
hisobga olgan holda ta’limning individual pedagogik modelini 
qanday yaratayotganini ko‘rsatib berishi lozim. Dastur uchta asosiy 
bo‘limni qamrab oladi (11.1-jadvalga qarang):


157

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin