Педагогика indd


Yaponiyada bolalar yaslilari



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

Yaponiyada bolalar yaslilari.
Bolani maktabgacha tarbiya 
muassasiga joylashtirish masalasini, qanday muassasa (davlatga 
qarashli yoki xususiy) bo‘lishidan qat’i nazar, munitsipalitet hal 
qiladi. Meriyaga (shahar hokimiyatiga) murojaat qilgan otaonalarga 
bolalar bog‘chalari (yaslilar) qayerda joylashganligi ko‘rsatilgan 
atlas beriladi. Bu atlasda u yerga boruvchi sxema, maktabgacha 
tarbiya muassasidagi joylar soni ko‘rsatilgan. ota-onalar avvalroq 
bolalar bog‘chasiga borishlari, tarbiyachilar bilan suhbatlashishlari 
va ularga yoqqan bog‘chani tanlashlari mumkin, lekin hal qiluvchi 
natijani munitsipalitet belgilaydi va bo‘sh o‘rin bo‘lsa ota-onalarga 
bolani bog‘chaga (yasliga) borish uchun ruhsat beradi. Bolani 
bog‘chaga yilning barcha oyidan olib borish mumkin, lekin bo‘sh 
o‘rinlar soni 1 aprelga kelib ko‘payadi chunki shu paytda o‘quv yili 
boshlanib bog‘chalarni bitiruvchi bolalarning bir qismi boshlang‘ich 
maktabga yo‘l oladilar. Yaponiyaning maktabgacha tarbiya tizimiga 
quyidagi turdagi muassasalar kiradi: 
davlatga, munitsipalitetga, prefekturaga tegishli
xususiy [18; 43-b.].
shuningdek maktablar va institutlar qoshida ham bolalar 
bog‘chalari mavjud. Ya’ni bolalar uchun bog‘cha yoshidanoq uning 
kelajakdagi o‘qish jarayoni belgilanadi. Bunday ixtisoslashtirilgan 
bolalar bog‘cha tarbiyalanuvchisi kelajakda tegishli nufuzli 
maktabga keyinroq esa universitetga kirish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Farzandining porloq kelajagini shakllantirishda ota-onalar 
maktabgacha va ta’lim muassasalarni tanlashga mantiqiy siyosat 
bilan yondashadilar. Bu jarayon bolani nufuzli bolalar bog‘chasiga 
keyin boshlang‘ich so‘ngra eng yaxshi o‘rta maktabga joylashtirish 
bilan boshlanadi va bola katta bo‘lguncha davom etadi. natijada 
bola munosib kasb egasi bo‘lishi va shunga mos ish haqi olishi 
uchun ota-otalar bola tug‘ilishidan boshlab uning ta’lim olishiga 
katta mablag‘ sarflashlari kerak. Agar oila biror bir sabab bilan 
bolani bolalar bog‘chasiga olib bormasa, unda onaning o‘zi uni 


75
maktabga tayyorlash uchun hamma kerakli bilimni o‘rgatishi 
lozim. Yaponiyaning maktabgacha ta’lim tizimining 80 foizini 
xususiy bolalar bog‘chalari va bolaga qarash markazlari tashkil 
etadi. Davlatga tegishli va xususiy bog‘chalar o‘rtasidagi farq katta 
emas. ta’lim berish jarayonining tizimi va yondashish ikkala turdagi 
muassasalarda ham 2006-yilda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risidagi 
asosiy qonun»ga mos ravishda olib boriladi. Bunda bolaning xoh 
davlatga qarashli, xoh xususiy bog‘chada tarbiyalanishi uchun to‘lov 
puli ota-onaning daromadiga qarab belgilanadi – oila daromadi 
qancha katta bo‘lsa bog‘cha puli ham shuncha katta bo‘ladi. o‘rtacha 
qilib olganda kam ta’minlanganlar uchun 100 AQsh dollardan, 
badavlat oilalar uchun 500 dollargacha to‘lov amalga oshiriladi. 
Yaslilarda (bolaga qarash markazlarida) yana bolaning yoshi ham 
hisobga olinadi – bola qanchalik kichik bo‘lsa, to‘lov bahosi yuqori 
bo‘ladi. Lekin baribir xususiy bog‘chalarda to‘lov narxi yuqoriroq 
hamda har oylik to‘lovdan tashqari kirish to‘lovini ham o‘z ichiga 
oladi va bu esa 1000 AQsh dollargacha borishi mumkin. shular bilan 
birga hamma bog‘chalar uchun majburiy bo‘lgan forma uchun ham 
pul to‘lash kerak bo‘ladi. har bir bolalar bog‘chasi o‘z formasiga 
ega bo‘lib bunda bir xil shimchalar, yubkachalar, ko‘ylakchalar, 
issiq ko‘ynaklar, bosh kiyim va orqasiga osib yuriladigan xaltalar 
bo‘lishi kerak. Formalarni kiyib yurish majburiy. 

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin