Педагогика indd



Yüklə 5,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/130
tarix25.11.2023
ölçüsü5,07 Mb.
#134853
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   130
BOLALAR PEDAGOGIKASI

Birinchi yo‘l
bolalarning bilim, malaka ko‘nikmalarini kattalar 
bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish orqali egallab borishidir. Bu 
muomala, mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi [25; 
64-b.]. Ammo bu yo‘l bilan egallagan bilim va malakalar bolaga 
hayotning turli sohalarida mustaqil qatnashish uchun imkoniyat 
yaratmaydi.
Ta’limning ikkinchi yo‘li
– maxsus tayyorgarligi bor kishilarning 
maxsus o‘quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka va 
ko‘nikmalar bilan rejali ravishda qurollantirib borishidir. Bunday 
yo‘l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab 


143
chiqarish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol 
qatnashish uchun zarur bo‘lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.
Barcha olimu fozillar, shoir-u yozuvchilar o‘z davrining nufuzli 
ta’lim maskanlarida o‘qish bilan hurmat-e’tibor topganlar. Abu nasr 
Forobiy, Mahmud Qoshg‘ariy, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon 
Jomiy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher navoiy, Ibn sino, Abu Abdulloh 
Rudakiy, Abu Saidrasul Aziziy, Muhammad Sharif So‘fizoda, 
Abdulqodir shokiriy, Abdulla Avloniy va boshqalar mukammal 
ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar 
va yangiliklar yaratganlar, shu bilan birga boshqalarni ham ilm 
egallashga chaqirganlar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga 
ta’lim berish tizimi pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Amos 
Komenskiy (1592 – 1670) tomonidan yaratilgan. Y.A.Komenskiy 6 
yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish mumkinligini 
ko‘rsatib berdi. Y.A.Komenskiy 19 bo‘limdan iborat maktabgacha 
ta’lim dasturini tuzdi. Masalan, u tabiatshunoslik (fizika) suv, yer, 
havo, olov, yomg‘ir, qor, muz, tosh, o‘t, qum va boshqalar haqida 
bilim berish lozimligini, astrnomiya, geografiya, optika va boshqa 
sohalarda bolalarga bilim berish kerakligini asoslab berdi. Bolalar 
bog‘chasida beriladigan ta’lim bolalarning maktabda oladigan 
bilimlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. U 
o‘zining «onalar maktabi» kitobida kichik bolalarni tarbiyalash 
va o‘qitish dasturi hamda metodikasini juda sinchiklab ishlab 
chiqqan [25; 65-b.]. Shu bilan Y.A.Komenskiy maktabgacha tarbiya 
pedagogikasining mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos soldi.
Shveysar pedagogi I.G.Pestalotssi (1746 – 1827) maktabgacha 
tarbiya didaktikasini tuzishda maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalarning rivojlantirish masalasiga katta e’tibor beradi. 
G.Pestalotssi tomonidan ishlab chiqilgan ta’limning asosiy mazmuni 
maktabgacha tarbiya pedagogikasining rivojlanishda va bolalarga 
keyinchalik maktabda sistemali ta’lim berishda asosiy dastur bo‘lib 
xizmat qildi. hozirgi zamon maktabgacha ta’lim nazariyasini 
yaratishda A.P.Usovaning xizmatlari katta ahamiyat kasb etadi. 
Olima rahbarligida 1950-yillarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilib, 
bolalar bog‘chasi har bir yosh guruhining ta’lim-tarbiya ishlari 
mazmuni, metod va usullari ishlab chiqildi. Bu o‘tkazilgan ishlar 
ta’limning tarbiyaviy ishdan farqini aniq belgilab berdi. Ta’limning 
nazariy jihatlari ishlanishi «Bolalar bog‘chasi tarbiya dasturi»da 


144
«Mashg‘ulot» bo‘limini ajratish imkonini berdi va dasturning 
keyingi nashrlarida bu bo‘lim takomillashtirilib borildi [25; 66-b.].
«Axloq» ijtimoiy tushunchalardan biri bo‘lib, uning mohiyati 
shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish 
tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini 
ifodalaydi. shuning uchun ham axloq ijtimoiy hodisa sifatida 
jamiyat ma’naviy-ruhiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. 
«Axloq» tushunchasi oila fikri asosida tartibga solinuvchi faoliyat 
tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Demak, 
«axloq» tushunchasi qadim-qadimdan ijtimoiy falsafiy, psixologik, 
pedagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va madaniyatshunoslikka oid 
asarlarda ushbu tushuncha turli ko‘lamlarda ishlatib kelingan. 
Axloq
(xulq-atvor demakdir) – ijtimoiy ong shakllaridan biri 
bo‘lib, ijtimoiy tartib qoida bo‘lib, bu tartib qoida ijtimoiy hayotning 
barcha sohalarida kish ilarning xatti-harakatini tartibga solish 
vazifasini bajaradi. Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi 
bo‘lgan ma’naviy moyillikni asosini, poydevorini tashkil etadi. 
Axloq kishilarning xulq-atvor me’yorlari va qoidalariga, ularning 
o‘z-o‘ziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi 
axloqiy tushunchalarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning alohida 
shaklidir [25; 77-b.]. 
Axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatda 
avlodlar tomonidan to‘plangan axloqiy tajribalar va munosabatlarni 
aks ettiradi. Zero, axloqsiz, axloqiy talab hamda ularda ifoda etilgan 
g‘oyalarsiz shaxsning ruhan va jismonan yetukligining asosi bo‘lgan 
ma’naviy komillik shakllanadi. Demak, insonning barkamolligi, 
avvalo, uning ma’naviy jihatdan yetukligi bilan belgilanadi. Bizning 
nazarimizda, shaxe ma’naviyati uning ongida kechadigan ijobiy 
mazmunga ega o‘y fikrlari, niyatlar, g‘oyalar, nazariya va ta’limotlar 
mazmunining amaliy faoliyatidagi tatbiqida namoyon bo‘luvchi 
ruhiy jarayondir. shuni alohida ta’kidlash joizki, shaxs ma’naviyati 
asosida ijobiy mazmunga ega bo‘lgan, o‘y fikrlar, niyatlar, g‘oyalar, 
nazariyaning va ta’limotlar mazmunini tushunib yetishishini 
e’tiborga olish lozim. Demak, o‘zbek xalqining ma’naviyati 
haqiqatgo‘y va adolatli bo‘lish, jaholat va qabixlik yo‘lini to‘sish, 
insoniylik, mehr-shafqat, ma’rifat, do‘stlik, mardlik, birodarlik, 
mehmondo‘stlik, poklik, xush xulqlilik, insof, vatanparvarlik kabi 
insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi.


145
Qadim-qadimdan o‘zbek va sharq klassiklari ijodida axloq-
odob masalasi markaziy o‘rin egallab kelgan. kaykovusning 
«Qobusnomasi»dan tortib, Al-Xorazmiy, Abu nasr Forobiy, Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn sinolarning nazmiy va nasriy asarlarida 
Yusuf Xos hojibning «Qutadg‘u bilik», Ahmad Yugnakiyning 
«hibat-ul haqoyiq» (haqiqat sovg‘alari), Imom Ismoil al-
Buxoriyning «Al adab Al-Mufrat kabi» jahonga mashhur asarlarida 
Alisher navoiying o‘lmas she’riyatida, Munis, Xorazmiy kabi 
shoirlar asarlarida axloq-odob masalalari yoritilgan. Koshifiyning 
asarlaridagi ta’lim-tarbiya, axloq masalalari ko‘pchilik uchun 
andoza, namuna, odob meyori sifatida qisqa asosli, lo‘nda qilib yo-
zilgan. 25; 78-b.]. 
shuningdek, navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, 
axloqqa oid g‘oyalar ilgari surilgan. Uning birdan-bir orzu-umidi, ide-
al insonga bo‘lgan mehr-muhabbat, samimiylik edi: «Donishmand-
lar aytibdurlarkim, odobli inson barcha odamlarning yaxshiligi va 
barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U mansabdor kishilardan go‘zalroq 
va badavlat odamlardan hurmatliroqdir. Yoshlarni ko‘zga ulug‘ 
qilib ko‘rsatadigan narsa odobdir». Qoshg‘ariy: «Insonlarda oq 
ko‘ngillilik, bag‘ri kenglik, mehnatsevarlik, sofdillik, rostgo‘ylik, 
saxiylik, vijdonlilik, irodalilik, qatiyatlilik kabi fazilatlar, bo‘lishi 
shart va bular insonning barkamolligidan dalolat beradi, - deydi, 
ammo xasislik, olg‘irlik, ochko‘zlik, g‘irromlik, pastkashlik, 
tuhmatchilik, xoinlik, yolg‘onchilik kishilarni beburd, axloqsiz 
qilib qo‘yadi. Bunday salbiy xislatlar ularni obro‘sizlantiradi, 
hayotini izdan chiqaradi, noto‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Pastkash, 
baxil odamdan yaxshilik kutish mevasiz daraxtdan meva kutishga 
o‘xshaydi». odobli bo‘lishning fazilati to‘g‘risida she’r va 
dostonlardan, adabiy manbalardan juda ko‘plab parchalar, she’riy 
misralar keltirish mumkin. odobli, yaxshi xulqli bo‘lish to‘g‘risida 
dono xalqimiz to‘qigan ko‘plab maqol matallar asrlar osha og‘izdan 
og‘izga o‘tib kelmoqda: Odobing – obro‘ying; Odob-kishining zebu 
ziynati; Oltin olma, odob ol; Yaxshilikka yaxshilik har kishining 
ishidir, yomonlikka yaxshilik er kishining ishidir [25; 79-b.].
Maktabgacha tarbiya yoshining o‘ziga xos tomoni shundaki, 
bu yoshda bolalar axloqiy tushuncha yoki xulqni so‘z bilan aniq 
ta’riflab berolmaydilar. Lekin bolalar bog‘chasidagi to‘g‘ri talqin 
voqealarning umumiy ma’nosini anglab olishga yordam beradi. 


146
Agar bolalar boshqalarda yaxshi xulq namunalarini ko‘rsalar o‘zlari 
ham ularga o‘xshashga harakat qiladilar. Axloqiy tarbiyaning 
g‘oyaviy asosi uning maqsadi vazifasi va tamoyillarini belgilaydi, 
ruhiy pedagogik asosi esa bolalar bog‘chasida axloqiy tarbiya berish 
ning vazifasi va mazmuni vositalari va metodini hamda pedagogik 
shart-sharoitini belgilab beradi. Maktabgacha tarbiya yosh idagi 
bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning 
ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlari 
va xulqini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Axloqiy 
tarbiya vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Bolalarda axloqiy his-tuyg‘ular, tasavvurlar va xatti-hara-
katlarni tarbiyalash.
2. Xulq madaniyatini va ijobiy sifatlarni tarbiyalash.
3. shaxsda axloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyalash.
4. Xulqdagi salbiy tomonlarni barham toptirish.
Bu tarzdagi umumiy vazifalar yosh guruhlari bo‘yicha 
aniqlashtiriladi va o‘quv-tarbiya jarayonining mazmunida o‘z aksini 
topadi. Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilar:
g‘oyaviy va tarbiyaviy ishning ma’lum maqsadga qaratilganligi;
ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda 
yondashish;
axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan hamnafaslikda olib 
borish;
bolalarning faolligi;
jamoada tarbiyalash;
tarbiyaviy ishning tizimlari va izchilligi [25; 82-b.];
ta’sirchanligi;
oila, bog‘cha hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirning birligi;
boladagi ij obiy sharoitlarga suyanish;
bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko‘zda tutish.
Bolalar bog‘chasida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar 
yordamida amalga oshiriladi. Avvalo, bolatarni har xil faoliyatlar 
vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg‘ulotlarda va 
mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ta’lim berish, kun davomidagi 
maishiy, mustaqil, badiiy faoliyatda, ko‘ngil ochishlarda qatnashtirish 
orqali bu ish hal etiladi. har xil bayramlar. san’at vositalari, ijtimoiy 
hayot voqealari, bolalar badiiy adabiyoti, musiqa, ashula, tasviriy 
va amaliy san’at, o‘yinchoq va o‘yin materiallari, ommaviy axborot 


147
vositalari, oynai jahon va radio, kino va diafilmlar, diapozitivlar va 
boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Bunday vositalardan ma’lum bir izchillik va tizimlilik bilan 
foydalanilgandagina bolalarning axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatish mumkin. 
Yuqoridagi aytilganlardan xulosa shuki, axloq odob o‘zbek 
millati hayotining mazmuni hisoblanadi. Qayerda, qaysi jamiyatda, 
qaysi davlatda yaxshi xulq qaror topsa, o‘sha jamiyatdagi 
kishilarning hayoti farovon, turmushi tinch, odamlari boy-badavlat 
bo‘ladi [25; 81-b.].
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya 
berishda har xil metod va usullardan foydalaniladi. Axloqiy tarbiya 
metodlari – bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarini egallab 
olishi, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning 
axloqiy his-tuyg‘ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat 
usulidir. Axloqiy tarbiya metodlari quyidagi guruhga bo‘linadi.

Yüklə 5,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin