Personalni boshqarish kafedrasi Professional ta`lim tizimi kad
Rejalashtirishga qóyiladigan talablar.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ish rejasi bu majburiy pedagogik hujjatdir. Ish reja choraklik, yarim va bir yillik tuzilishi mumkin. Hozirgi sharoitda tajribalarning kórsatishiga binoan yarim yillik rejasidan foydalanish ancha samara bermoqda. Rejalashtirishda quyidagilar nazarda tutilsa, uning samarasi oshadi:
1. Reja mahalliy sharoitga qarab, kasb-hunar maktabning joylashagan órni, albatta, óquvchilarninrg saviyasiga qarab mumkin qadar mos tuzilishi kerak.
Reja muayyan maqsadga qaratshshshi va real (aniq) bólishi zarur.
Rejada óquvchilarning qishki va yozgi ta’tillarida qiladigan ishlari aks etishi kerak.
Ótkaziladigan tadbirlarning bajaruvchi shaxslari, muddati va bajarilishi turi aniq, kórsatilishi lozim.
Reja kasb-hunar maktab direktori órinbosarlari tomonidan kórib, direktor tomonidan tasdiqlanishi shart.
Rejalashtirishda Guruhs rahbarining pedagogik tayyorgarligi, tajriba va shaxsiy xususiyatlari juda ahamiyat kasb etadi.
Tarbiyaviy ish jarayonini endi boshlagan, kam tajribaga ega – Guruh raxbari, odatda keng qamrovli ish rejasini tuzsa, pedagog esa, chegaralangan reja bilan ishlashi mumkin. Ammo har ikkala holda ham barcha dars rahbarlarining tarbiyaviy rejasida tarbiyaviy ish faoliyatining asosiy mazmuni hamda yónalishlari tóla aks ettirilmoǵi darkor.
2.2. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiyaviy ishlar mazmuni, shakli va uslublari. Globalizatsiya - turli jamiyatlar órtasidagi bir-biriga ózaro boǵliqlikni ortishiga ta’sir etayotgan jarayon bólib, uning natijasida yer kurrasining bir burchagida yuz berayotgan hodisalar dunyoning boshqa nuqtalarida yashovchi xalqlar hayotiga ta’sir etadi. Globallashgan dunyoda siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy voqealar bir-biriga boǵliq tarzda rivojlanib boradi. Internetning jadal rivojlanishi, televizion axborot vositalarning ilǵorlab ketishi, transnasional korporatsiyalarning faoliyatining yanada kengayishi va boshqalar globalizatsiya jarayonini yanada kuchaytiradi. Hozirgi kunda dunyo borgan sari kichrayib, yangicha shakl va mohiyat kasb etayotganga óxshaydi. Globalizatsiyani, aslida, oxirgi yigirma-óttiz yilda dunyoda yuz berayotgan ózgarishlarni ifoda etuvchi tushuncha deb qarash mumkin. Globalizatsiya shunday bir jarayonki, uning natijasida kishilar va xalqlar órtasidagi ijtimoiy munosabatlar masofaa va chegara bilmasdan rivojlanadi va jahon yagona bir ijtimoiy makonga aylanib boradi. Bu pallada ijtimoiy munosabatlar, ya’ni insonlarning ózaro munosabatga kirishlarining turli shakllari, «yagona dunyo» kontekstida amalga oshadi. Masofaa va eng muhimi, davlatlar órtasidagi chegaralar borgan sari óz ahamiyatini yóqotib boradi.
Globallashuv - bu turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, odamlari órtasidagi ózaro ta’sir va boǵliqlikning kuchayishidir. Globallashuv mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga salbiy yoki ijobiy ta’sir kórsatishi mumkin.[9]
Ma’naviy - ma’rifiy ishlar óz mazmuniga kóra juda xilma-xil: ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, ijtimoiy foydali, badan tarbiya-soǵlomlashtirish ishlari bóladi. Ma’naviy - ma’rifiy ishlar uch xil shaklda: ommaviy, tógarak va individual shakllarda tashkil qilinadi.