Personalni boshqarish kafedrasi Professional ta`lim tizimi kad
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaning bosh maqsadi yosh avlodni ma’naviy, axloqiy tarbiyalashda xalqning boy, milliy ma’naviy an’analarga, urf-odatilari hamda qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy ishlarni amalda ishlab chiqishdir.[1]
Tarbiyaning asosiy vazifasi- shaxsning aqliy-axlooqiy tarbiyalashda erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda quyidagi pedagogik talablar mavjud:
Kasb-hunar maktabidan tashqari tógarak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bólishi kerak. Tógarak qatnashchilarini doimiy ravishda fan va madaniyatning sónggi yutuqlaridan xabardor qilib turish, ular ongini ijodiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish órin tutadi. Tógarak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bólishi, ular davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni yaxshi bilish kerak. Maktabdan tashqari ta’lim óqishlariga, hohishlariga asoslangan holda darsdan bósh vaqtlarda óquv tarbiya jarayonini tóldiradi va quyidagi yónalishlar bóyicha tógarak qatnashchilariga talablar qóyilishi kerak:
Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi;
Estetik ta’lim;
Turizm yónalishi bóyicha tógaraklarga qatnashish.
Ekologik ta’lim yónalishi bóyicha tógaraklar;
Óquvchilarni ma’naviy axloqiy yónalishi bóyicha;
Xuquqiy ta’lim yónalishi bóyicha;
Texnik ijodkorlik yónalishi bóyicha;
Istiqlol bolalari va iste’dodli yoshlar;
Iqtisodiy ta’lim.
Kasb-hunar maktabining óquvchilarining mustaqilligi turli darajada bólganida mustaqil tayyorgarlik amalga oshirilish mumkinligini hisobga olish muhimdir, albatta bu esa ular shaxsining shakllanishiga shubhasiz ta’sir kórsatadi. Ayrim óquvchilarning ishdagi faol va mustaqil holati tarbiyachining aralashuvini talab etmaydi, chunki óquvchilarning ózlari oldilarida turgan vazifalarini va ularni hal etish yóllarini ancha yaxshi tushunadilar.
Óquvchi mustaqil harakat qilib, lekin óz ishini tarbiyalashning fikri va bahosiga boǵliq qilib qóygan paytda tobe mustaqil holat vujudga keladi. Ish qiziqish va ishtiyoq bilan bajarilsa ham mustaqil ishni bajarayotgan harakatlarida ishonchsizlik jihatlari mavjud bóladi.
3. Guruh rahbarining rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan óquvchilar toifasida majburiy ijro etish holati paydo bóladi. Bunda óquvchilar ishga unchalik qiziqish bildirmaydilar. Ular kópincha guruh rahbarining yordamini sórab murojaat qiladilar, kuchli óquvchilarning qóllab-quvvatlashidan foydalanishga intiladilar, agar bunday qóllab-quvvvatlash bólmasa, ishni davom ettirishga irodalarini ishga solmaydilar. Bunday óquvchilarda tashqaridan majbur qilish vaqtida harakat qilish odati mustahkamlanadi. Agar bunday holat barqaror bólib qolsa, u óquvchining faqat aqli emas, shu bilan birga ma’naviy rivojlanishiga ham tósqinlik qilishi mumkin.
Kasb-hunar maktabida ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar óquvchilarni bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda óquvchilarning bir-biriga bólgan muomala madaniyati ham shakllanadi. Óquvchi óqituvchiga taqlid asosida yoki dóstlari orasida órgangan tarbiyasi muomilasiga ta’sir qilish mumkin. Óqituvchi óquvchilar orasida muomala-madaniyatni shakllantirish uchun avvalambor óquvchining óziga bólgan muomalasini etiborini órganishi kerak.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarda óquvchilarning hatti-harakatlari oldindan juda qattiq tartibga solib qóyilganligi xususida e’tirozlar bildirilmoqda.
Mustaqil tarbiyalash vazifasi qóyilmagan, kasb-hunar maktabi óquvchisining har bir qadami pedagogning irodasiga bóysungan joylarida ana shunday holat mavjuddir. Xuddi shuning uchun mustaqil tayyorgarlik samaradorligi, óquvchilarning mustaqilligini rivojlantirish tóǵrisida ǵamxórlik qiladigan óqituvchi, guruh rahbari óquvchilarga ta’sir kórsatish vositalarini puxta óylab tanlaydilar, ularning ishlashi uchun oqilona shart-sharoit yaratishga intiladilar.
Kasb-hunar maktabining óquvchilarining mustaqil tayyorgarligiga pedagogik rahbarlik shunday qurilish kerakki, u óquvchilarni charchatib qóymasin, doim bir xil tusda bólmasin, yoki haddan tashqari oson, aqliy va irodaviy kuch-ǵayratini sarflashni talab qilmaydigan bólmasin.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ótkazishda tarbiyachi eng muhim vazifa óquvchilarni óquv vazifalarini hal etishga órgatishdan, buning uchun harakat usullarini tóǵri tanlashdan, óz hatti-harakatlariga rahbarlikni faoliyatini nazorat qilishdan, mustaqil ish kónikmalarini boshqa muhim xayotiy vaziyatlarga ótkazishdan kelib chiqishdan lozim ekanligini nazarda tutish lozim. Bunda mustaqillik mazmuniga fikrlash faoliyatining mustaqilligi, intizom, uyushqoqlik va óz-ózini nazorat qilish kabi tórt tarkibiy qismi kirishini hisobga olish muhimdir.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarda óquvchilarni ayrim kónikmalarga órgatishni nazorat vositasi deb hisoblash kerak. Óz-ózini tekshirish, ózaro tekshirish usullariga órgatish óqituvchining óquvchilar bilan shunday aloqasini talab etadiki, bunda ularning fikrlash ishi jarayoni ravshan bóladi. Óquvchilarning ózlari harakatni taklif etadilar va shu bilan pedagogga muayyan ma’lumot beradilar. Guruh rahbari ishida óquvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi, chunki jamoada shaxsni tarbiyalash tarbiyaning yetakchi tamoyilidir. Kasb-hunar maktabi óquvchilar jamoasini shakllantirish metodikasi yangi pedagogikada tóla ishlab chiqilgan. Bu metodikaning umumiy asoslari pedagogika kurslarida bayon etilgan jamoa va jamoada shaxsni tarbiyalash nazariyasiga tayanadi. Jamoa nazariyasi qoidalariga muvofiq uni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan. Uning umumiy asoslari quyidagilardan iborat: talablar qóyish, faollarni tarbiyalash, óquv-mehnat, ijtimoiy-siyosiy va ommaviy-madaniy faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, soǵlom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’analarni yaratish va kópaytirish.
Ta’riflangan bu qoidalar har qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qóllanma hisoblanadi.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy tashkil qilingan ishlar óquvchilar xayotidagi tarbiyaviy faoliyatni tóldiradi. Ularning dunyoqarashi tóǵri shakllanishiga va axloqiy kamol topishiga kómaklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan boǵlanishaga zamin yaratadi.
Óquvchilarni ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy kóp qirrali ishlarni pedagogik jamoa, óquvchilar, tashkilotlar, dars faollari yordamida yólga qóyish. Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar yónalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda óqituvchilar, guruhs rahbarlari, ota-onalar óquvchilar, tashkilotchilar dars faollariga yordam kórsatish. Kasb-hunar maktablararo tarbiyaviy tadbirlarga qatnashish. Óquvchilarning bósh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Bu borada tashkilotchilar faolligini 3 ta asosiy tomonini kórish mumkin: tashkilotchilik, umumiy va ma’muriy.
Bular ózaro uzviy boǵlangan bóladi. Tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator ishlarni kiritish mumkin:
1. Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar sohasida erishilgan yutuq va kamchiliklarni tahlil qilish;
2. Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni maqsad va vazifalarini aniqlash.
3. Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy, ommaviy-siyosiy ishlarni rejalashtirish va ularning mazmuni hamda shakl usullarini aniqlash.
4. Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni guruhlashtirish boshqaruvchi shaxslarni aniqlash.
Shular asosida yangi bilimlarni hosil qiladi. Óquvchilar ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarda qatnashib, turli kishilar bilan muayan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatlarga duch keladilar. Shuning uchun ham Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy faoliyatlari qanchalik xilma-xil bólsa, ularning munosabatlari shunchalik boy bóladi. Maktab tashqaridagi ishlarda óquvchilar jamoadagi ishlarini órganadilar.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni kasb-hunar maktabning yoshlar bilan ishlash bóyicha direktor órinbosari óz ishini reja asosida olib boradi va uning bajarilishini ham nazorat qilib boradi. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni kasb-hunar maktabning umumiy rejasi, óqituvchilar, dars rahbarlari, yetakchi ota-onalar qómitasi, ish rejalari ishini ham e’tiborga olishi kerak.
Ish reja kasb-hunar maktab direktorii tomonidan tasdiqlangan. Ish rejasida óquvchilarning yosh xususiyatlariga kasb-hunar maktabning joylashgan shart-sharoitiga, ijodiy birlashmalariga ilmiy markazlar bilan ózaro tarqalgan aloqasi kabi ishlarni inobatga oladi. Direktor órinbosarining faoliyati óz ifodasini topgan hujjatlar róyxati Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan doimiy ravishda berilib boriladi. Ijodkor rahbar hamda ilǵor óqituvchi tarbiyachilar óz faoliyatlar ijarayonida tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda quyidagi tamoyillarni asos qilib oladilar:
-tarbiyaviy tadbirlarni ótkazish;
-ma’naviyatni yosh avlod ongiga singdirish e’tiqodga aylantirishdan iborat ekanligi;
-tarbiya jarayoni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan boǵlab bola qalbiga va ongiga ta’sir kórsatish;
-tarbiyaviy ishlarni óquvchilar jamoasi jipslashtiruvchi omillar bilan boyitib tarbiyaning ta’lim bilan uzviyligini ta’minlash;
-tarbiyaviy jarayonda óquvchilarni tarbiyalash darajasini aniqlash va ijobiy tomonlarini óstirish;
- óquvchi shaxsiga hurmat va talabchanlik;
- óquvchilarning yosh va ruhiy holatini hisobga olish;
-tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish tomonlari barkamol insonni tarbiyalashda keng imkoniyatlarga ega bólib, uni qay darajada olib borish dars rahbari va tarbiyachining pedagogik mohiyatiga boǵliq.