Personalni strategik boshqarish


Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar



Yüklə 230,72 Kb.
səhifə9/37
tarix07.09.2022
ölçüsü230,72 Kb.
#117715
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
5. Personalni strategik boshqarish

3.2. Tarmoqni ta’riflovchi umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlar
Tarmoqdagi umumiy vaziyat va undagi raqobatning tahlili asosiy iqtisodiy ko’rsatkiyalarni o’rganishdan boshlanadi. Bu ko’rsatkichlar quyidagilardan iborat:
1. Bozor hajmi.
2. Raqobat miqyosi (mahalliy, mintaqaviy, dunyo)
3. Bozorning o’sish sur’atlari va u rivojlanishning qaysi bosqichda ekanligi
4. Raqobatchilar soni va ularning hajmi.
5. Xaridorlar soni va ularning moliyaviy imkoniyatlari.
6. Integratsiya qaerga qarab ketyapti?
7. Texnologik o’zgarishlarning yo’nalishi va sur’atlari.
8. Tarmoqqa kirish va undan chiqishning osonligi.
9. Raqobatchilar mahsuloti va xizmatlarining tabaqalanish darajasi.
10. Kompaniyaning ishlab chiqarish hajmi, yuklarni tashishni tashkil qilish, marketing va reklamani tashkil qilish tejamkorlikka erishish imkonining mavjudligi.
11. Tarmoqdagi «o’qitish tajriba» egri chizig’i ijobiy tendentsiyaga egami? 12.Tarmoqqa zarur bo’lgan kapital sarmoyalar qo’yilayaptimi?
13.Tarmokdagi daromad darajasi umumiy daromad darajasida pastmi yoki yuqori?
Ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha soha «portretini» tuzib, so’ng tahlil qilish maqsadga muvofiq. Buning uchun ushbu jadvalda ayrim iqtisodiy ko’rsat-kichlarning strategik jihatdan muhimligiga doir ma’lumotlar keltirilgan.
Tarmoqdagi asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarning strategik ahamiyati.
3.1.jadval

Ko’rsatkich

Ko’rsatkichning strategik ahamiyati

Bozor hajmi

Kichik bozorlarda katta va yangi raqobatchilarni jalb qilish tendentsiyasi kuzatilmaydi; katta bozorlar muayyan tarmoqlarda raqobatchilik ustunligini mustah-kamlash maqsadida turli kompaniyalarni sotib olmoqchi bo’lgan korporatsiyalarni o’ziga jalb
qiladi.

Bozor hajmining ortishi

Jadal sur’atlar bilan o’sish yangiliklarga olib keladi, o’sishning sekinlashishi esa raqobatni kuchaytiradi va zaif raqiblarni kurashdan
siqib chiqaradi

Ishlab chiqarish quvvat larining ortiqchaligi
yoki tanqisligi

Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari xarajatlarni ko’paytirib, daromadni kamaytiradi, ularning tanqisligi esa xarajatlarga oid teskari
tendentsiyalarga olib keladi

Tarmoqning da
romadliligi

Yuqori daromadli tarmoqlar ham yangiliklarga olib keladi

Kirish chiqish to’siqlari

Katta to’siqlar mavjud firmalarning mavqeini va daromadlarini himoya qiladi, to’siqlar past bo’lganda esa yangi firmalarning kirib
kelishi ularga salbiy ta’sir ko’rsatadi



Tovar xaridorlar uchun qimmat

Ko’pchilik xaridorlar tovarni eng past narxlarda sotib oladilar

Standartlashtirilgan tovarlar

Xaridorlar bir sotuvchidan boshqasiga oson o’tishlari mumkin.

Tex nologiyaning tez o’zgarishi

Texnologiya va asbob-uskunalarga ajratilgan investitsiya-lar ularning eskirib qolishi tufayli o’zini oqlamay qolish xavfi kuchayadi

Kapitalga qo’yilgan talablar

Katta talablar investitsiyalarga oid qarorlarga tanqidiy munosabatda bo’ladi, investitsiyalash payti muhim bo’lib boradi, kirish
va chiqish to’siqlari kuchayadi

Vertikal integratsiya

Kapitalga nisbatan qo’yilgan talablar kuchayib boradi, ko’pincha raqobatli differentsiatsiya hamda integratsiya darajasi turlicha bo’lgan
firmalar o’rtasidagi qiymat differentsiatsiyagi kuchayadi

Ko’lamdan tejash

Narx bo’yicha raqobatlashish uchun zarur bo’lgan bozor
hajmi kattalashadi

Tovarning tez
yangilanishi

Tovarning hayot tsikli qisqaradi

3.3. Tarmoqdagi raqobat kuchlarini tahlil qilishda Maykl Porterning

Yüklə 230,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin