Oʻtloq tipidagi va detrit tipidagi oziq toʻrlari Oziq toʻrlari ifodasida redutsent organizmlar har doim ham bayon etilmaydi, buni siz Ontario koʻli oziq toʻriga berilgan misolda payqagan boʻlsangiz kerak. Barcha ekotizimlar oʻlik moddalarni va chiqindilarni qayta ishlashga ehtiyoj sezadi. Bu redutsentlar koʻzga tashlanmasa ham, tabiatda mavjud ekanini anglatadi.
Masalan, quyidagi oʻtloq ekotizimi misolida bakteriya, zamburugʻ va detritofaglarni detrit tipidagi oziq toʻri bilan taʼminlaydigan oʻsimliklar va hayvonlarning oʻtloq tipidagi oziq toʻri koʻrsatilgan. Diagrammaning quyi qismida jigarrang tasma ichida detrit tipidagi oziq toʻri soddalashtirilgan koʻrinishda berilgan. Haqiqatda, bu oziq toʻri ham xuddi yuqorida keltirilgan oʻtloq tipidagi oziq toʻrida bayon etilgani kabi turli oziqlanish munosabatlari bilan oʻzaro bogʻlangan (koʻrsatkichlar orqali koʻrsatilgan) har xil organizm turlarini oʻz ichiga oladi. Detrit oziq toʻrlari oʻtloq tipidagi oziq toʻrlariga energiya taqdim etadi, xuddi chumchuq yomgʻir chuvalchangi bilan oziqlangani kabi.
Berilgan chizmaning quyi qismida tuproqda yashovchi zamburugʻ, mogʻor, yomgʻir chuvalchangi va bakteriyalar kabi redutsentlar tasvirlangan. Redutsentlardan yuqoridagi keyingi darajada produtsentlar, yaʼni oʻsimliklar keltirilgan. Oʻsimliklardan yuqoriroqda produtsentlar bilan oziqlanuvchi birinchi tartib konsumentlar joylashgan. Ularning ayrim misollari qatoriga olmaxon, sichqon, donxoʻr qushlar va qoʻngʻizlar kiradi. Oʻz navbatida, birinchi tartib konsumentlar chumchuq, mingoyoq, oʻrgimchak va qurbaqa kabi ikkinchi tartib konsumentlar tomonidan isteʼmol qilinadi. Tulki, boyqush va ilon kabi uchinchi tartib kosumentlar birinchi va ikkinchi tartib konsumentlar bilan oziqlanadi. Oxir-oqibat barcha produtsent va konsumentlar redutsentlar uchun ozuqaga aylanadi.
Ekotizimlar boʻylab energiya oqimi. Manba: “Energy flow through ecosystems: Figure 5” / OpenStax College, Biology, CC BY 4.0; quyidagi havolada mualliflar haqida batafsil maʼlumot keltirilgan.
[Manbaga doir maʼlumot]