Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

1. Hamkorlik — barcha tomonlaming manfaatlarini hisobga olgan holda birgalikda bir 
qarorga kelish. Hamkorlik quyidagi jihatlari bilan foydali boTadi:
• taraflar o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishlar va sabab va oqibatlami chuqur tahlil qilishlari 
uchun ularda imkoniyat (vaqt va istak) boTadi;
• kelishmovchilikning o'mini toTdiruvchi elementlarini topish imkoni boTadi;
• qaror yoki yechimning bir nechta variantlari ishlab chiqish mumkin boTadi; 
• yuzaga kelgan qarama-qarshiliklami, tushunmovchiliklami konstruktiv hal etish imkoni 
boTadi;
• tomonlar nizodan chiqish variantlarini tahlil etishga tayyor boTishadi 
2.
Konkurensiya, raqobat — nizoli vaziyatni hal etishning anchagina keskin usuli 
boTib, o‘z pozitsiyasini saqlab qolish istagida g'alaba qozonish maqsadida har qanday vositadan 
foydalanish va istagan usuida kurashish. Bu usuldan foydalanishda quyidagi holatlar namoyon 
boTadi:
• o‘z pozitsiyasining to‘g‘riligi va haqligiga ishonch va uni himoya qilish uchun zarur 
vositalar borligi; 
• nizo uning prinsip va e’tiqodlari doirasidagi izzat-nafsiga tegib ketsa; 
• o'zining ustunligini namoyon qilish jarayonida adekvat munosabat bildirmasa, o‘z avtoriteti 
va do'stlarini yo'qotadi. 3. Bosh tortish, mensimaslik — nizodan o‘zini olib qochish orqali 
vaziyatni hal
etishga harakat qilish. Xavfli strategiya. Undan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin: 
• nizoning manbasi shunchalik tuturiqsiz, oqibatlari esa shunchalik ahamiyatsizki, ularga 
e’tibor qaratmasa ham boTadi;
• nizolashuvchi tom onlar boshqalaming aralashuvisiz ham kelishib olishlari m u m k i n ;
• vaqt o'tishi bilan nizoli vaziyat yumshab, hammasi o‘z o‘rniga tushib ketishiga boTgan 


97
ishonch; 
• nizo ishlab chiqarish bilan bogTiq muammolarga ta’sir ko‘rsatmaydi; 
• nizoni mensimaslik uning beixtiyor rivojlanishiga olib kelishi ham mumkin.
4. Ko‘nikish — bunda qarama-qaishilikni silliqlashga intilish ko‘pincha o'z pozitsiyasini 
o'zgartirish hisobiga amalga oshadi. Bu esa quyidagi holatlarda foydali boTadi, agar:
• nizoni qanday qilib boTsa ham hal qilish uchun istak boTganida;
• nizo va uning natijalari shaxsiy qiziqish va manfaatlarga daxl qilmasa;
• bir yoqlama yon berishga rozilikning mavjudligi; 
• o‘z pozitsiyasini himoya qilish ko‘p vaqt va kuch talab qilsa.
5. Kompromiss (murosasozlik) — nizoni o'zaro kelishuv, murosa qilish orqali hal etish. Bu 
usul quyidagi holatlarda effektiv boTadi, agar: 
• nizolashuvchi tomonlaming dalillari ishonchli, ob’ektiv va haqqoniy boTsa;
• vaqt yetishmovchiligi bois nizoni tomonlar uchun maqbul keladigan qaror qabul qilish yoTi 
bilan yechish talab etilsa;
• tomonlar nizoni muammoning bir qismini yechish barobarida hal etishga tayyor boTishsa;
• yon berish orqali muhim ishga aloqador va shaxsiy munosabatlami saqlab qolish mumkin 
boTsa. 
Kompromiss nizoning boshqacharoq shaklda davom etishini inkor etmaydi, ya’ni nizo 
boshqacharoq ko‘rinishda yana davom etaverishi mumkin. 
Shunday qilib, har qanday nizoli harakat 4 xil asosiy choraga ega: 
1) ikkinchi tomonning toTiq yoki qisman yon berishi;
2) kompromiss (murosasozlik); 
3) nizoli harakatlami to'xtatish;
4) integrasiya. 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin