Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


 Psixologik trening turlari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

 
11.4. Psixologik trening turlari
Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolaming yechimini topish ham
bu boradagi bilim, ko‘nikma va malakalami hosil qilish ham trenerdan shaxs psixologiyasi, ayniqsa 
shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday 


74
treninglar psixologik treninglar deb ataladi. Ayrim mutaxassislar hozirgi kunda mavjud bo‘lgan 
psixologik treninglami quyidagi uchta yirik guruhga ajratish mumkinligini qayd etishadi:
1. Ijtimoiy-psixologik treninglar - bu trening ishtirokchilarga o'zining atrofidagilar, oilasi, 
yaqinlari va o‘z-o‘zi bilan muloqot san’atiga о rgatuvchi treninglardir. Shuningdek, bunday trening 
guruhlari tarkibiga shaxsda “uxlab yotgan” imkoniyat va qobiliyatlami yuzaga chiqarishga 
ko‘maklashuvchi shaxsni rivojlantiruvchi treninglar ham kiradi.
2. Kommunikativ treninglar guruhda va undan tashqari (mijozlar, xaridorlar, hamkorlar, 
raqobatchilar bilan ishlash)dagi samarali muloqot ко nikmalarini egallashga qaratilgan 
trening]ardir. Bunday ko'nikmalar xuddi xorijiy tillar yoki avtomobilni boshqarish ko‘nikmalari 
kabi egallanadi. Trening mashg‘ulotlari mobaynida tabiiy holatga mos keluvchi, hayotiy 
vaziyatlarga yaqinlashtirilgan amaliyot O‘talishiga ham imkon yaratiladi, bu esa ishtirokchilarga 
olgan ko‘nikmalarini amalda qo'llay olish imkonini beradi.
3. Professional treninglar. Bunday treninglar juda ko‘p mutaxassisliklarni qamrab oladi, 
jumladan, hozirgi bozor iqtisodiyoti davrida savdo menejerlari uchun m o l jallangan treninglarga 
ehtiyoj katta. 
Mutaxassislaming ta’kidlashlaricha, bugungi kunda sportchilar va ishchilar jamoasida 
treninglarga bo‘lgan ehtiyoj juda katta, chunki sportchi va ishchidan bir yoki bir necha faoliyatni 
birvarakayiga, tez va muvaffaqiyatli bajarish talab etilmoqda. Shuningdek, boshqaruv treninglariga 
bo‘Igan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Treninglar boshqaruv sohasiga kirib borar ekan, bunday 
treninglaming asosiy vazifasi tashkilotni, savdoni va shu kabilami muvaffaqiyatli boshqarishga doir 
ko‘nikma va malakalami shakllantirishdan iborat bo‘lib qoldi. 
Treninglaming turlari haqida gapirilganda uning quyidagi ikki turiga urg‘u berish lozinr. 
birinchisi, psixologik va psixoterapevtik treninglarga juda yaqin boigan individual rivojlanish va 
shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar ko‘rinishida mavjud. Treningni bunday ko'rinishlari 
shaxsiy (jismoniy shaxslar uchun) bo‘lib, shaxsni barkamollashtirish, uni rivojlantirish, unga ruhiy 
ko‘mak berish, undagi depressiya, stress va shu kabi salbiy ruhiy holatlaming oldini olish bilan 
bog‘liq muammolarga qaratiladi. 
Ikkinchisi, korporativ treninglar ko‘rinishida bo‘lib, bunda gumh ishtirokchilarini oldindan 
kelishilgan va aniq maqsadga yo‘naltirilgan ko'nikma, malakalarga o‘rgatiladi. 
Korporativ treninglaming o'zini yana quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1. Boshqaruv treninglari, ulaming vazifalarini quyidagi shaklda ko‘rsatish mumkin: 
- missiyalami shaklllantirish va uning realizasiya qilish strategiyasini ishlab chiqish - natijada 
aniq shakllantirilgan, trening ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan va tasdiqlangan missiyaga 
ega bo‘linadi, shuningdek uning realizasiyasi uchun zarur bo‘lgan konkret rejalarga ham ega 
bo‘linadi.
- effektiv qarorlar qabul qilish - natijada ishtirokchilar o‘z oldilariga qo'yilgan 
muammolarning hal etilishi yuzasidan tayyor ko'rsatmalarga ega bo‘lishadi, slmningdek trening 
ishtirokchilarida muammolami hal etish yuzasidan ko‘nikmalar hosil qilinadi.; 
- tashkiliy o ‘zgarishlami optimallashtirish - tashkiliy O ‘zgarishiaming optimal rejasiga ega 
boiinadi, ishtirokchilar o‘zgarishlar jarayonini boshqarish yuzasidan ko‘nikmalarga ega boTishadi; - 
liderlik ko'nikmalarini shakllantirish - trening ishtirokchilari liderlik sifatlari va ko‘nikmalariga ega 
bo'lishadi;
2. Marketing sohasidagi treninglar. 
- tashkilotdagi marketing sohasini boshqarish - ishtirokchilar tashkilotdagi marketing
sohasini boshqarish taktika va strategiyalarini o'zlashtiradilar;
- sotuvchilik mahorati ortadi; - iste’molchi bilan effektiv qayta aloqa o'matishga o'rganadi; - 
effektiv prezentasiya (mahsulotm tag'dim etish)ga o‘rganadi; - mijozlar bilan ishlashga o‘rganadi;
- iste’molchining ehtiyojlarini o ’rganadi.
3. Kadrlar tayyorlash borasidagi treninglar. 
- yangi xodimlami izlashning effektiv usullari; 
- lavozimga kirishish;
- o'zining komanda (jamoa)sini tuzish; 


75
- effektiv muloqotga kirishish;
- shaxslararo o‘zaro ta’sir,
- nizolami hal etish; 
- o‘ziga ishonch kabilami shakllantirishga yordam beradi.
4. Xavfsizlik borasidagi treninglar. 
- pulli razvedka va kontrrazvedka;
- korporativ xavfsizlikni tashkillashtirish yuzasidan ko‘nikmalar hosil qilinadi. 
Psixologik treninglami qaysi muammoni yechishga va qanday maqsaddt tashkil etilishiga 
qarab, asosan quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 
1.Shaxslararo muloqotchanlik ko‘nikmalarini hosil qilish uchun tashkil etiladigan treninglar. 
2. Shaxsni rivojlantiruvchi (barkamollashtiruvchi) treninglar
3. Turli xil psixologik muammolardan chiqib ketish uchun ko'nikmalar hosil qilish 
maqsadidagi treninglar (Ruhiyatni sog‘lomlashtiruvchi treninglar)

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin