1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y.
2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y.
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y.
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 .
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y.
15-mavzu. Insonning diniy jamoaga qo’shilishi va uning psixologik tomonlari (2soat) Reja: 1.Diniy jamoa va dinpeshvolarining (raxnamolarining) insonga ko’rsatadigan psixologik ta’siri.
2.Insonlarni diniy tashqilotlarga jalb etish xususiyatlari.
3. Da’vatchi (yo’llovchi) va ob’yekt (yollanuvchi) orasida ongsizlik darajasidagi ishonchli o’zaro aloqaning vujudga kelishi.
Tayanch so`zlar:Etnografiya, etnos, etnopsixologiya, urf-odat, milliy ong, etnik xususiyatlar, milliy psixologik kiyofa, etnik qatlam.
Amerikalik faylasuf Jems Leuba (1868-1946), «Psixologiyada diniy fenomenlar», «Xudoga e’tiqod va abadiyat» (1916) kabi asarlarida din insoniyat tarixida faqat aldov uchun qo’llanib kelingan, hech qanday g’ayri tabiiy qudratga ega kuch bo’lishi mumkin emas, bo’lsa ham bu kuch inson bosh miyasi mahsulidir, degan g’oyalarni ilgari suradi. U dinni ma’rifat, ta’limiy va ma’naviy tomonlarini ajratib olib, qolgan qismidan voz kechgan holda, yangi dinni to’zishga chaqiradi. Lekin uning bu nazariyasini hech kim qo’llamaydi.
Psixologiya XX asrning 30-yillar boshi 40-yillar oxiriga kelib Amerika din psixologiyasiga Freydning psixoanaliz nazariyasi kuchli ta’sirini ko’rsatdi. Bu yo’nalishda Erix Frommning ilmiy ishlari alohida diqqatga sazovordir. Fromm o’zining «Psixoanaliz va din» asarida «Diniy e’tiqodga asosan ijtimoiy muhit ta’sir etadi. Biologik yoki instinktiv asosda din yo’zaga kelmasligini uqtirib, ijtimoiy muhitdagi madaniyatgina shaxsda e’tiqodni qay darajada shakllanishiga sabab bo’ladi deb uqtiradi. Fromm psixoanalizm ongsizlik nazariyasidan chetga chiqmagan holda «Omma ongsiz ravishda dinga yergashadi va bu shaxsda ongsiz ravishda e’tiqodni yo’zaga keltiradi, degan g’oyani ilgari suradi» Din sotsial-ijtimoiy terapiya sifatida, shaxs ximoyaga muhtoj bo’lganda, uni izlaganda tasalli beruvchi, ruhlantiruvchi vositasi vazifasini bajaruvchi ijtimoiy madaniyat ko’rinishi ishda namoyon bo’ladi deb ta’kidlaydi Fromm.1901-1902 yillarda U.Jemsning Edinburg universitetida o’qigan din psihologiyasiga oid ma’ro’zalaridan so’ngEvropa psihologlari diniy e’tiqodning psihologik asoslarini tahliliga e’tibor qaratib, o’z izlanishlarini qayta qura boshlashdi. Shunday qilib dinning psihologik xususiyatlariga Evropalik psihologlari diqqatini qaratgan mutaxassis sifatida U.Jems tarixdan joy olgan.Evropa mamlakatlari ichida faqat Frantsiyadagina din psixologiyasi dinshunoslikdan alohida ajratilgan holda o’rganilgan. Dinga psixologik munosabatni ta’kidlab o’tgan Frantso’z olimi E Butru fikricha, bu masala quyidagicha namoyon bo’ladi: Birinchidan diniy fenomen (g’ayri tabiiy xolatlar va ko’rinishlarni) ko’zatish va ularni ilmiy taxlil etish, Ikkinchidan, psixologik taxlil asosida diniy fenomenlarni psixologik jarayon bilan bog’liqlik qonuniyatini o’rganish. M. Diniy amallarni bajarish jarayonda har xil xolatga XIX aoxiri XX asr boshlariga kelib E.Butru izdoshlaridan Teodyul Ribo (1839-1916) ko’plab Frantso’z Nevropatolog va psixiatrlarning «diniy e’tiqod ongli faoliyatni bo’zulishidir» degan nazariyalariga qarshi «Hissiyot psixologiyasi» asarida diniy e’tiqod sog’lom shaxslargagina xos bo’lib, u oliy tuyg’ularning bir ko’rinishidir, deb baho beradi. Psixatriya va Nevropatologiyani rivojlanganligi diniy e’tiqodagi fanatizm mistitsizm kabi ko’rinishlarning oliy nerv faoliyati asosini o’rganish imkoniyatini berdi. Shu yo’nalishda izlanishlar olib borgan E Myurise «Diniy hissiyot kasalligi» asarida mistitsizm shaxs rivojlanishini bir anuozaga solib inngratsiyalasa fanatizm-esa yuqori darajada rivojlangan hohish, istaklar asosida ijtimoiy muhitga yoqish istagidir, deb qaraydi. Palastindagi Chechenistondagi smertninlar-kamikatsiya Bu diniy e’tiqod psixologik taxliliga yana bir yondashuv bo’lib, u asosan ijtimoiy omillar bilan bog’lab tushuntiriladi. Dinni ijtimoiy- psixologik nazariyasini asoschisi deb Frantso’z olimi Emil Dyurkgeyl (1858-1917) tan olinadi. U «Diniy xayotning sodda to’zilishi» asarida diniy e’tiqod shaxsgagina xos xususiyat bo’lmasdan ijtimoiy xodisa hamdir, degan fikrni ilgari suradi. Dyurkgeyn dinga shaxsni ijtimoiylashuviga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil sifatida qarab dinni jamiyat a’zolari xulqini bir mezonga solib turuvchi andoza sifatida tariflaydi. Diniy e’tiqodni ijtimoiy-psixologiya nuqtaiy nazarida taxlil etish Frantsiyada hozirgi kungacha ham davom etib kelmoqda.Maks Shiller (nemis olimi) fikricha, din psixologiyasi inson ruhiyatiga ikki xil yo’nalishda ta’sir etadi: Moddiy va Ma’naviy. Moddiy- inson ijtimoiy mavjudot bo’lib, u bir o’zi va yagona holda yashay olmaydi, balki boshqa ijtimoiy mavjudotlarning va borliqning yordami va ko’magi bilangina hayotini davom ettira oladi. Shu jihatdan olib qaraganda u keng miqyosda insonlar bilan alohida kirishadi. U aloqaga kirishayotganida munosabatlardagi asosiy mezon-diniy omillar hisoblanadi. Bu narsa qisqagina halol va harom degan kategoriyalarda ifodalanadi. Bu narsa esa dinning inson ruhiyatidagi ta’sirini belgilovchi asosdir. Ma’naviy jihatdan din psixologiyasining insoon ruhiyatiga ta’sirini ko’radigan bo’lsak, inson faqatgina moddiy jismdan iborat emas. U o’z jismini saqlab qolish uchun eyish, ichish kabi narsalarga muhtojdir. Vaholanki insonda ruh, qalb, vijdon va hissiyotlar kabi ma’naviy narsalar ham mavjud. Jism o’ziga ozuqa talab qilgani kabi, biz sanab o’tgan mazkur ma’naviy narsalar ham o’z ozuqasini talab qiladi. Ushbu ozuqalarning manbai diniy e’tiqoddir. Bu esa din psixologiyasi deb ataladi. Psixologiya moddiy narsalarning kamchiligi va bo’zuqligi yoki umuman jismning ta’minlanmasligi jismning yo’q bo’lib ketishligi yoki o’limiga sabab bo’ladi. Xuddi shunday inson ruhi diniy tushunchalar bilan ozuqlanmasa ma’nan qashshoqlashib ketadi.
Maks Sheller fikricha, din psixologiyasining asosiy vazifasi quyidagicha ifodalanadi: Birinchidan insonlarga oxirat tushunchasini singdirish. Chunki insonning eng ko’p o’ylantiradigan narsa o’limdan keyingi hayot va yo’q bo’lib ketmaslik hodisasidir.Ikkinchidan Insonlar va dunyodagi narsalarni yaratuvchining ijodi va ularni hurmat qilishni singdirishdir. Psiholog Shellerning fikriga ko’ra din psixologiyasi dunyoga nisbatan munosabatda insonlarni turli xil guruhlarga bo’lib tashlaydi. Shulardan masalan: Dunyoni sevadiganlar-chunki bu dunyo oxiratning ekinzoridir. Ya’ni bu erda nimani eksang u erda shuni o’rasan degan maqolga to’g’ri keladi. Bu yondashuv ko’pincha dinga ishonuvchilarning yondashuvidir. Dunyoni yomon ko’radiganlar-Aslida bular dunyoni juda ham yaxshi ko’radi. Lekin mol-mulk qo’llarida bo’lmagani uchun bu narsa ularga nafrat beradi. Bu toifaning ichida dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar ham bo’lishi mumkin. Va yana zamonaviy din psixologiyasining tarixiy kelib chiqishidan tashqari uning mazmun mohiyati va iaqsad vazifalari belgilab berilgan quyidagi muhim metodikaga tegishli bo’lgan munozalarda ham noto’g’ri tarzda ma’lumotlar berilgan. Har kim buning haqiqati haqida o’ylasa yo qabul qiladi yoki uni inkor etadi. Har qanday kishi ijtimoiy muhitda yashar ekan u biron bir dinga mansub bo’ladi yoki dinsiz bo’ladi. Harqanday holatda ham din-shubhasizki psixologiyaning ob’ekti bo’lib kkelgan. Din psixologiyasi iymon keltirganlar, ateistlar (dahriy, xudosizlar) xristianlar va musulmonlar tomonidan amaliy tarzda o’rganilib kelingan ilmdir.
SAVOLLAR.
1.Milliy xarakterni urganish uchun nimalarni bilish kerak ?
2/Milliy xarakterni shakllanishiga nimalar ta’sir etadi ?
3.Miliy xaratyerga kiruvchi xususiyatlarni sanab ko’rsating ?
4/Nima uchun " mexmondustlikni " fakat bitta millatga xos xususiyat, deya olmaymiz ?