Psixologiya va gumanitar fanlar



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə19/60
tarix26.11.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#136238
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60
Psixologiya va gumanitar fanlar (1)

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y.


2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y.
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y.
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 .
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y.
18-mavzu. Ijtimoiy muhit, diniy an’analar va komil insonning shakllanishi (2soat)
Reja:
1.Ijtimoiy muxitning psixologik iqlimi xakida.
2.Jamoa, gurux va gurux turlarini din psixologiyasida o’rganilishi.
3.Diniy va nodiniy aloqalarni etnopsixologiya va sotsial psixologiyada o’rganilishi.
Tayanch so`zlar: Etnografiya, etnos, etnopsixologiya, urf-odat, milliy ong, etnik xususiyatlar, milliy psixologik kiyofa, etnik qatlam.
Turli tarixiy davrlarda jamiyatlarda dinga qanday munosabat bo’lishidan qanday nazar, doimo ular oldida bir savol ko’ndalang bo’lib turgan.Ya’ni insonlarda diniy e’tiqod qanday paydo bo’ladi? Bu e’tiqodlarning tug’ilishiga vasaqlanishiga ta’sir etuvchi omillar nimalardan iborat?
Din va diniy e’tiqodlar vujudga kelishining sabablarini o’rganayotganda psixologik-ruhiy va gnosologik (gnosis- bilish) holat va jarayonlarning o’zaro munosabatlarini o’rganish talab etiladi. Ko’pgina tadqiqotchilar gnosologik tushuncha mazmuniga inson ruhiy faoliyatining barcha jarayonlarini kiritishadi.Darhaqiqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, tushuncha va tasavvurlar olamini bilish asoslari hisoblanadi.Bu ruhiy jarayonlar esa,borliqni inson qanday bilib olishiga ta’sir etib,shu jumladan,diniy e’tiqodlarning vujudga kelishiga ham ta’sir etadi.Psixologik tushunchaga esa aksariyat mualliflar asosan, shaxsning emotsional holatlari-tuyg’ular, kechinmalar va kayfitlarini kiritishadi xolos.Aslida bu ancha jo’n va tor yondoshish hisoblanadi.Chunki insonning bu emotsional xolatlari, uning bilish va irodaviy jarayonlarisiz vujudga kelmaydi.Shuningdek, xissiy xolatlar shaxsning bilishga bo’lgan munosabatlarini bildirib, “Fan ” rolini o’ynab, jarayonlarigi uning tashqi tasviri va belgilari sifatida namoyon bo’lishi mumkun.Masalan,sizni anchadan beri qiynab kelayotgan muammoning echimini kitobdan o’qib yoki ustozan bilib oldingiz.Sizda qoniqish, xursandlik kayfiyati vujudga keldi yoki aksincha, biror narsani o’qib tushunmayapsiz...norozilik,qoniqmaslik kabi kechinmalar tug’iladi.
Ayni vaqtda shu fan u yoki bufaoliyat turi bilan shug’ullanishiga keyinchalik shaxsning dunyo qarashlari vujudga kelishiga asos bo’ladi. Shuning Bilan birgalikda emotsional holatlarni faqat gnosologik jarayonlarning tashqi belgilari, ko’rinishlari bilan hamcheklab bo’lmaydi.Chunki emotsional xolat-shaxsning individual xususiyatlar bilan o’zviy bog’langan bo’lib.namoyon bo’lish dinamikasi jihatdan bir-biridan farqlanadi. Ruhiy xolatda emotsiyalar Bilan birga shaxsning ruhiy avzoi (nastroy) emotsional xolatdan farqli ravishda bunda inson ijtimoiy burch nuqtai nazaridan o’ziga yoqmaydigan faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin. Shaxsning ruhiy avzoi-bu bir qancha ruhiy jarayonlar, xolat va qonunyatlarni birlashtirgan to’zilma bo’lib, shaxs ruhiyatining ayni paytdagi biror narsaga yo’nalganlik (napravlennost) darajasini belgilaydi.
Shaxsning ruhiy avzoi bir qancha vazifalarni bajaradi. U avvalo, individ tomonidan qabul qilinayotgan, qayta ishlanayotgan alumotlarni to’plash (akkumlyator), shaxs faolligini tartibga keltiruvchi, uyg’unlashtiruvchi shuningdek informatsiyalarni qabul qilish faoliyatlarni tashqil etish uchun ustanovka (attitude), rolini o’ynaydi, va nihoyat, shaxsning qadriyatlariga yo’nalganligini belgilovchi faktor vazifasini bajaradi. Ruhiy avzoining vujudga kelishida ma’lum vaziyat Bilan birga, shaxs e’tiqodi, dunyoqarashi, hayotiy pozitsiyasi asosda vujudga keluvchi konstantlik (turg’unlik) qonuniyatiga ham ta’sir etadi. Deylik, sizda diniy e’tiqod kuchli shakllangan, ya’ni konstantlik darajasida mustahkamlangan, shuning uchun din haqida daxriylar qanchalik dalillari Bilan gapirmasin, sizning e’tiqodingiz bu ma’lumotlarni qabul qilmaydi. Shulardan ko’rinib turibdiki, psixologik xolatni faqat emotsialar Bilan belgilab bo’lmaydi. Individda dinga munosabat va diniy e’tiqodlarning vujudga kelishida ta’sir etuvchiruhiy holatlar va ijtimoiy omillar rolining o’zaro munosabatiga e’tibor qilish kerak.Buni tushuntirishda 3 xil qarash mavjud:
1.Individning diniy e’tiqodi immanent(immanents-ichki sabab), xususiyat Bilan uning ruhida mavjud bo’ladi, ya’ni ilohiy yo’l bilan berilgan bo’ladi.
2.Diniy e’tiqodga individuallik ayrim shaxslardagi dinga nisbatan ichki ruhiy ya’ni biologik ehtiyoj bilan belgilanadi.Bu xil qarash chet eldagi din psixologiyasini o’rganuvchilar va freydizm yo’nalishida uchraydi.
3.Marksizm nazariyasi bo’lib, unga ko’ra, individ ruhiyati o’z-o’zidan diniy e’tiqodni tug’dirmaydi, balki ma’lum hayotiy sharoitlari ta’sirida tashqi muhitda individga diniy e’tiqodlarni o’zlashtirib olishi uchun qulay vaziyat yaratiladi.
Lekin shu tashqi muhitning o’zida diniy e’tiqod qachon va qaerdan kelib qolgan? degan savolga…
Dastlabki nazariyani ko’rib, chiqadigan bo’lsak diniy e’tiqodning ilohiyligi,uning manbasi XUDO dargohi Bilan bog’lanishligi faqat turli dinlarda dindorlar tomonidan aytilmadan, shuningdek dinshunoslik va din psixologiyasi bilan shug’ullanadigan olimlar tomonidan ham ta’kidlanadi.Masalan, nemis faylasufi va dinshunosi Rudolf Otto (1869-1937) fikricha, diniy e’tiqoddagi individuallik odamning o’z yaratuvchisi Xudo bilan uchrashuvi asosida bo’lib, bu uchrashuv uning ruhida irrotsional “irrationals-aqldan tashqari, aql etmaydigan” sodir bo’ladi va shunga mos ravishda diniy kechirmalar yo’zaga keladi.
Diniy e’tiqodlarni individning ruhiy yoki biologik ehtiyoji sifatida tushintiradigan 2-nazariya g’arbda ko’pchilikni tashqil qiladi.Ularning ko’zga ko’ringani Freydizm nazariyasiga ko’ra diniy e’tiqodlar asosida, bialogik gentinptlar va odamning tug’ma hohish-istaklari yotadi.Ular ijtimoiy normalarga mos kelmasligi , ularning taqiqlanishi va bostirilishi natijasida ular diniy ehtiyojlarga aylanadi.
3.Freydning “Edip kompleksi” degan nazariyasi mavjud.
Unga ko’ra, bolada otasiga nisbatan qarama-qarshi (ambivalent) kechinmalar tuyg’ular bo’ladi.Bolada boshqa jinsga nisbatan biologik jihatdan xirsiy mayl bo’lganligi uchun otasidan onasini qizg’anadi. Bir tomondan otasidan qo’rqadi va ymon ko’radi.Shuning Bilan birga otasidagi kuch qudratga tan berib, undan himoya va homiylik ko’tadi.Ibtidoiy davrda, deb tushuntiradi Freyd, ota tomonidan jamoadan quvilgan o’g’illar, uning o’rnini egallash uchun birgalashib otani o’ldirishgan.Lekin ota himoyasi va panohidan mahrum bo’lgach, qilmishlariuchun aybdorlik, gunohkorlik tuyganlar. Va otalari qabriga sig’inish (totem) orqali bu gunohlaridan mosuvo bo’lmoqchi bo’lganlar.Keyinchalik totem rivojlanib Xudoga ko’chgan.Shusababli diniy e’tiqodning asosyuida insonlarga tug’ma ravishda beriladigan hohish, xirslar va instinktiv ehtiyojlar yotadi.Bu bioligizatorlik nazariyasi hisoblanadi. Biologizatorlikning nazariyasining ayrim ko’rinishlari sotsiofreydizm nazariyasining yirik vakili Erix Fromlua (1900-1980) ham uchraydi.
U dinni keng ma’noda, avvvlo, insonning hayotiy yo’nalishlari tizimidagi bir zveno va qandaydir ob’ektlarni e’zozlash, hurmatlash tarzida tushungan. Uning fikricha, dinning zaruriyati insonda dixotomiya (dichotomia-ikkiga bo’linish) faktining mavjudligi Bilan kelib chiqadi.Bir tomondan inson tabiatning bir bo’lagi, ikkinchi tomondan esa aql uni tabiatdan ustun qo’yadi.Natijada tabiiy bir butunlik va birlikdan mahrum qiladi.Inson esa har doim o’zidan va atrofdagilardan norozi, u o’zining mavjudlik va yashash sirarini echishga xarakat qiladi, lekin turmushdagi ekzistentsial (exsistentia- tiriklik mavjudlik) qarama-qarshiliklar qayta-qayta takrorlanaveradi.Aynan shu qarama-qarshiliklar, ayniqsa uning ruhi Bilan tiriklik asosi bo’lgan vujud,ya’ni tana ehtiyojlari o’rtasidagi to’qnashuv dinning mavjudlik asosidir.Yashash uchun eb-ichish kerak.Bu biologik ehtiyoj emas balki,takomillashish uchun biologik ehtiyojlardan voz kechish...mana shu qarama-qarshilik.
Ekzistentsializm- tiriklik,mavjudlik ma’nolarini berib, insonni o’rganayotganda uni yaxlit, bir butunlikda o’rganish, yashashdan maqsad, mavjudlik mohiyatini bilish zarurligi ta’kidlanadi.
Inson hayotidagi ish-xarakatlar, azob-uqubatlar,ishq-muhabbat, hayot va o’lim kabi qarama-qarshiliklarni anglab, o’zini bilib boradi.Yashash mohiyatini anglagan sari, u erkin bo’lib boradi.Jamiyatga, odamlarga,o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlar shakllana boshlaydi.Ya’ni o’zining yo’l-yo’riqlarini belgilaydi.Bu esa uning borliqda bo’layotgan narsalarga nisbatan ham unda masuliyat hissini tug’diradi.Butun borliqning bir a’zosi sifatida anglashga olib keladi.
Ba’zan biryoqlamaliklariga yo’l qo’yish hodisalari ham uchrab qoladi.Insonning butun o’y-hayoli, faoliyati bu dunyoga emas,oxiratga yo’naltirilgan bo’lish kerak.Bu dunyodagi rohat-farog’at oxiratga to’sqinlik qiladi degan tushunchani singdirishga xarakat qilishadi.
But arki dunyochilikka yaqinroq tushuncha... .
Inson bu dunyoda bola-chaqa,xovli-joy, orzu-xavas Bilan yashaydi....
Tarki dunyochilik islomda qoralanadi.Katta ulomalar ma’lum yoshga borgach, bu dunyo orzu-xavaslaridan etak silkab, faqat ilm bilan ibodat bilan mashg’ul bo’ladi.
Boshqalarga ilm-ma’rifat tarqatadi. Bu boshqa masala….
Xar ikkala olamni qo’sha olishi kerak.
SAVOLLAR
1.Milliy xarakterni urganish uchun nimalarni bilish kerak ?
2/Milliy xarakterni shakllanishiga nimalar ta’sir etadi ?
3.Miliy xaratyerga kiruvchi xususiyatlarni sanab ko’rsating ?
4/Nima uchun " mexmondustlikni " fakat bitta millatga xos xususiyat, deya olmaymiz ?



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin