20.11.2023, 22:19
Pul-kredit siyosatini amalga oshirish Konsepsiyasi - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
https://cbu.uz/uz/monetary-policy/concept/?print=Y
12/18
Markaziy bank tomonidan qimmatbaho metallarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishining salbiy ta’sirini oldini olish va valyuta bozori muvozanatliligini
ta’minlash maqsadida Markaziy bank valyuta bozorida tegishli miqdorlarda xorijiy valyutaning muntazam sotuvini amalga oshirib boradi.
Xalqaro amaliyotda ishlab chiqaruvchilardan qimmatbaho metallarni xarid qilish va valyuta tushumlarini ichki valyuta bozorida sotish borasidagi to‘laqonli
va samarali vositachilik funksiyasini Markaziy bank tomonidan bajarilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervensiya hisoblanmaydi.
Bunda Markaziy bank tomonidan xorijiy valyutaning sotilishi faqatgina vositachilik xususiyatiga ega bo‘lib, Markaziy bankning valyuta bozoridagi faol
ishtiroki almashuv kursini boshqarish maqsadini ko‘zlamaydi hamda klassik ma’nodagi intervensiya deb hisoblanmaydi.
Bugungi kunda aholining inflyatsion kutilmalari ko‘p jihatdan valyuta bozoridagi almashuv kursining dinamikasi bilan bog‘liqligini
inobatga olgan holda,
qisqa muddatli davrda milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash pul-kredit siyosatining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: