Kamtarlik va manmanlik haqida maqollar
Adandan joy topilsa to'rga o'tma.
Azlarning ko'ngli qurtova tilar.
Amal yetdi ko'rga,
Yugurib o'tdi to'rga.
Mehr-oqibat va oqibatsizlik haqida maqollar
Aytgan joyga erinma,
Aytmagan joyga ko'rinma.
Bet ko'rgandan hoi so'r.
Bir uy to'la jonsan,
Bir-biringga mehmonsan.
Bola — xizmatda, ota — izzatda.
|
Tenglik va tengsizlik haqida maqollar
Avatiga chavati,
Qum qozonga — loy tuvoq.
Ayol yerdan chiqqan emas,
Erkak bolasi.
Erkak ko'kdan tushgan emas,
Ayol bolasi.
|
Mehmon va mehmondo'stlik haqida maqollar
Betamiz mehmon mezbonni qistar.
Birinchi kun mehmon — oltin mehmon,
Ikkinchi kun — kumush,
Uchinchi kun — mis,
Uchdan o'tsa — pes.
|
Epchillik va noshudlik haqida maqollar
Abjir bo'lsa farzanding,
Cho'ldan non terar.
Yalqov bo'lsa farzanding,
Yerdan don termas.
Baytal chopib, poyga olmas.
Balaq turilmay, baliq tutilmas.
|
Ilm, kasb-hunar va ilmsizlik haqida maqollar
Avval bil, keyin qil.
Avval o'rgan, keyin o'rgat.
Avom tabib — ofati jon.
Avrasang, oqil bo'lar,
Bovrasang, botir bo'lar.
Aql ko'pga yetkazar,
Hunar — ko'kka.
|
Go'zallik va xunuklik haqida maqollar
Aqlli xotin — uy ko'rki,
Chiroyli xotin — ko'cha ko'rki.
Bozorga — baqqol,
Yigitga — soqol.
|
Sabr-qanoat va sabrsizlik haqida maqollar
Azob ko'rmay, rohat yo'q.
Azobga bardosh kerak,
Hamisha yo'ldosh kerak.
Arg'umoq birda yolli, birda yolsiz,
Er yigit birda molli, birda molsiz.
Arg'umoqda yol yo'q deb,
Yo'lga tashlab ketmanglar.
O'zbek xalq maqollari / Узбекские пословицы | Просмотров: 1998 | Добавил: Sherlaruzcom | Дата: 16.02.2017 | Комментарии (0)
|
Odob va odobsizlik haqida maqollar
Avval salom, bad'az kalom.
Amri padar — arshdan a'lo.
Bir kattani bil,
Bir kichikni bil.
|
Muhabbat va bevafolik haqida maqollar
Ayriliq o'limdan qattiq.
Bevafo do'stdan tayoq yaxshi,
Bebahra guldan — yaproq.
Bevafo yor — joningga dor.
Bevafo yordan vafodor it yaxshi.
Bevafo yordan osilgan dor yaxshi.
Bevafoda hayo yo'q,
Hayosizda riyo yo'q.
|
Dostları ilə paylaş: |