Nazorat savollari: Texnologik jarayonlarning asosiy guruhlari nimalardan iborat?
Mexanik va gidromexanik jarayonlarni bilasizmi?
Issiqlik jarayonlari nima?
2 – AMALIY MASHG‘ULOT QISHLOQ XO‘JALIGI MAXSULOTLARINI QAYTA ISHLASH SANOATI JIXOZLARI VA TRANSPORT QURILMALARINI O‘RGANISH. Ishning maqsadi: Ushbu amaliy mashg’ulotdan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini qayta ishlash sanoati jixozlari va transport qurilmalarini o‘rganish.
Kerakli asbob va jihozlar:Plakatlar, stendlar, videoproyektor, qurilma maketlari.
Nazariy ma’lumotlar: Transport uskunalari. Transport uskunalariga quyidagilar kiradi: tasmali, plastinkali, shnekli, rolikli, pnevmatik, gidravlik transportyorlar, nasoslar. Yuklarni tashish uchun elektrotelfer; telejkalar va yuklagichlar ishlatiladi.
Sexlar va omborxonalarda katta yuklarni mexanik telejkalar, avto va elektrogyuklagichlar, shtabelyor-kranlar yordamida tashiladi. Qoplar, yashiklar, bochkalarni tashish uchun telejkalar qo‘llaniladi. Tashiydigan yuklar og‘irligi bo‘yicha ular bir necha turga bo‘linadi:
№ 11-50 kg, № 12, 13-125 kg, № 14, 15-250kg, №16, 17-500kg.
Konserva korxonalarida xajmi 0,4 m3 bo‘lgan telejkalar-vannalar, osiladigan telejkalar ishlatiladi. Bochkalar maxsus telejkalar yordamida tashiladi.
Yuklarni tashish qurilma va transportlari. Elektrotelejkalarningyuk ko‘tarish imkoniyati ancha yuqori (500-dan 5000 kg gacha) bo‘ladi. Yuk bilan harakatlanish tezligi 0,8-2,8 m/soniya. Telejkalarning batareyalari 8-10 soat ishlashi uchun mo‘ljallanganligi sababli, ularning harakatlanish radiusi ancha cheklanadi. Akkumulatorli telejkalar yordamida yuklarni 100-200 m gacha bo‘lgan masofaga tashish mumkin. Elektrotelejkalar yuk ko‘tara olish imkoniyati va konstruksiyasiga ko‘ra noldan boshqariladigan yoki platformasi telejkani o‘zidan boshqariladigan elektrotelejkalar va hokazolarga bo‘linadi.