roliklar harakatlanadi va o‘z o‘qi bo‘yicha aylanadi.
1-turdagi transportyorlar yashik, korobka va idishlarni ko‘chirish uchun ishlatiladi.
2-turdagi transportyorlar meva va sabzavotlarni saralash va inspeksiya qilish uchun ishilatiladi.
Uzatilmaydigan rolikli transportyorlar asosan nishablik bilan o‘rnatiladi va alohida yuklarni qo‘lda tashish uchun qo‘llaniladi. Bunday transportyorlar ko‘pincha omborxonalarda uchraydi. Rolikli inspeksion transportyorning tuzilish kismlari quyidagicha (4-rasm).
4-rasm. Rolikli transportyor: 1 – transportyor tasmasi; 2 – yuklash bunkeri; 3 – karkas; 4 – kondensiyalanmagan xom ashyoni ajratish uchun cho‘ntaklar; 5 – uzatma; 6 – dush qurilmasi; 7 – xom ashyoni tushiruvchi lotok.
Elevatorlar va noriyalar. Yuklarni vertikal yo‘nalishda tashuvchi uskunalar elevatorlar deb nomlanadi. Ular asosan kovshli («gusinaya sheya», noriya) bo‘ladi.
EGSh-1 va EGSh-2 elivatorlari meva va sabzavotlarni tashish uchun mo‘ljallangan. Ular texnologik tizimlarda mahsulotni balandlikka ko‘tarish kerak bo‘lgan joyda o‘rnatiladi. Elevatorlarning pastki va yuqorigi qismlari gorizontal bo‘lib, ishchi qismi esa 550 burchak ostida joylashadi.
Elevator karkasi (4) bo‘ylama bo‘laklari bo‘yicha roliklar yordamida ikkita plastinkali zanjirlar harakatlanadi. Ularga kovshlar (3) biriktiriladi. Uzatma stansiyasi (5) yuqori maydonchada joylashadi. Elevatorning vertikal balkasi (6) karkas bilan biriktiriladi. Zanjirlar vint (1) yordamida boshqariladi. Xom ashyo qabul qilish varonkasiga (2) yuklanadi va yuqoriga harakatlanadi (5-rasm).
5-rasm. Elevator: 1 – boshqaruvchi vint; 2 – Qabul qilish voronkasi; 3 – kovsh; 4 – elevator karkasi; 5 – uzatma stansiya; 6 – elevatorning vertikal balkasi; 7-ishchi qismning joylashish burchagi.
Bunday elevatorlar yordamida mahsulotlarni 1,5 dan 4 m gacha balandlikka ko‘tarish mumkin. Kamchiliklari: kovshlarning uzilib ketishi, mahsulotlarning to‘qilishi, metallni ko‘p miqdorda talab qilishi.
To‘kiluvchan yuklarni pastdan yuqoriga ko‘tarish uchun kovshli (cho‘michli) noriya va elevatorlar ham ishlatiladi. Ular yordamida vertikal yo‘nalishda mahsulot tashiladi. Og‘irlik ko‘tarish qismiga qarab tasmali va zanjirli noriyalarga ajratiladi. Oxirgisi elevator deb nomlanadi.
Noriyalar. Noriyaning ishchi qismi cho‘michlar hisoblanadi. Noriyaning cho‘michlari qalinligi 2-3 mm bo‘lgan po‘lat listlardan yoki cho‘yandan yasaladi. Portlash va yonish xavfi bo‘lgan sexlarda ishlatiladigan noriyalar uchun aluminiy cho‘michlar ishlatiladi (metall korpusga tekkanda uchqun hosil bo‘lmasligi uchun). Oson to‘kiluvchi, quruq yuklarni tashish uchun chuqur cho‘michlar nam hamda yomon to‘kiluvchan materiallar uchun mayda cho‘michlar ishlatiladi.
Cho‘michlar quyidagi qadam bilan joylashtiriladi:
Q=(2,53,0)h
Bu yerda: h – cho‘mich balandligi.
Noriya cho‘michlar, zanjir yoki tasma, pastki valli baraban, podshipnikdan iborat bo‘ladi.