Sud hukmi yoki qarori yoxud olib qo‘yish dalolatnomasi bilan tasdiqlangan, xodim tomonidan ish vaqtida va ishdan tashqari vaqtda korxona mulkini, shu jumladan YOMM barcha turlarini (dizel yoqilg‘isi, benzin, moylash materiallari, gazning barcha turlari va sh.k.) talon-taroj qilish (jumladan, kam miqdordagisi ham) yoki talon-taroj qilishga urinishni amalga oshirish.
Hujjatlarni tegishli tartibda rasmiylashtirmasdan korxona hududidan tovar-moddiy boyliklarining olib chiqib ketilishi yoki olib chiqib ketishga harakat qilish.
Bevosita pul yoki tovar boyliklari bilan muomala qiluvchi xodim aybli harakatlar sodir qilsa, agar bu harakatlar ish beruvchining unga nisbatan ishonchini yo‘qotishiga asos bo‘lsa.
Tarbiyaviy vazifalarni bajaruvchi xodim o‘zining ishini davom ettirishga xilof bo‘lgan axloqsiz harakatni sodir etsa.
Korxona hududida spirtli ichimliklarni iste’mol qilsa.
Korxona hududida, shuningdek, korxonaning jamoat transportida yashash joyidan ish joyigacha va ish joyidan yashash joyigacha bo‘lgan oraliqdagi yo‘l davomida jamoa tartibini buzsa.
2.10. Xodimning aybi bilan korxonaning davlat, xizmat, tijorat sirlarini tashkil qilgan hujjatlar yo‘qolsa, bunday hujjatlar, har qanday turdagi ularning nusxalari, shuningdek, ulardagi ma’lumotlar aloqaning elektron kanallari orqali boshqa shaxslar va tashkilotlarga berilsa.
Xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzish tufayli xodim boshqa xodimning o‘limiga yoki sog‘ligiga zarar etishiga sabab bo‘lsa.
Xodimning aybi bilan texnologik yoki moliyaviy intizom buzilib, yaroqsiz mahsulot chiqarilsa, moliyaviy xatoliklar yuz bersa, uskunalar to‘xtab qolsa, ishdan chiqsa.
Kerakli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan, o‘zboshimchalik bilan shaxsiy maqsadlarda Korxonada buyum yoki ehtiyot qismlarni yasash va ularni ta’mirlash.
Xodimning O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 10 barobari miqdoridan ko‘proq miqdorda ish beruvchiga zarar etkazishga olib keluvchi harakati yoki bekor turishi.
Tibbiy xodim tomonidan o‘z kasbiy vazifalarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik natijasida bemorga nisbatan sovuqqon yoki noinsof munosabatda bo‘lish oqibatida bemorning sog‘ligiga shikast etkazilgan yoki o‘limiga olib kelgan holda.
«NKMKda idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati to‘g‘risidagi Nizom»da belgilangan ob’ektlarni qo‘riqlash xizmati va ob’ekt ichidagi tartib hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mah-kamasining 1994 yil 05 maydagi 239-33-sonli «O‘zbekiston Respublikasida maxfiylikni ta’minlash bo‘yicha» yo‘riqnomasi talablari qo‘pol ravishda buzilsa.
Ijro intizomini buzish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, O‘zbekis-ton Respublikasi Hukumati qarorlari va farmoyishlarida, yuqori organlar va ish beruvchining qarorlarida belgilang vazifalarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarmaslik.
2.18. Guvohlik ko‘rsatmalari, tezlikni o‘lchovchi liniya rasshifrovkasi ma’lumotlari, GPS (yo‘ldoshdan kuzatish tizimi) priborlari ma’lumotlari va yo‘ldoshli monitoring qilish bort tizimi (trekerlar) bilan tasdiqlangan, liniyada ishlaganda transport vositasi haydovchisining (mashinistining) bevosita rahbar yoki buyurtmachidan ko‘rsatma (topshiriq, buyruq) olmasdan, shuningdek haydovchining (mashinistning) transport vositasini asossiz to‘xtatishi.
2.19. Ishchi-xodimlarning yo‘ldoshli monitoring qilish bort tizimi (trekerlar), GPS yo‘ldoshdan kuzatish tizimi, Briz–MAKS keng polosali simsiz ulanish uskunalari ishiga aralashish, shuningdek yo‘l (marshrut) varag‘ida belgilangan yo‘nalishdan og‘ish va liniyada transport vositasini asossiz to‘xtatishi dalillarini yashirish maqsadida yuqorida ko‘rsatilgan uskunalarni shikastlash.
2.20. Transport vositasini boshqarayotgan ishchi-xodimlar tomonidan trasnport vositasining spidometri, tezlikni o‘lchash uskunasi, yoqilg‘i baki va yoqilg‘i baklardagi (yoqilg‘i uskunasidagi) moslamalarini plombalarining yaxlitligini buzish.
Kilometraj (soatlar) hisoblagichlari ko‘rsatkichlarini majburiy o‘zgartirish uchun mexanik va elektr moslamalardan foydalanish maqsadida transport vositasi haydovchisining (mashinistining) spidometr (tezlikni o‘lchash) uskunasi, yoqilg‘i sathi datchiklarini qasddan shikastlash yoki ularning ishiga aralashish, spidometr uskunasi va ishlash vaqti hisoblagichlari (SVN) elektr sxemalari yaxlitligini buzish, shuningdek yuqoridagi moslamalardan foydalanish, transport vositasi kabinasida (salonida) ularni saqlash.
2.21. Ishchi-xodimlar tomonidan begona shaxslar va transport vositalarining NKMK ob’ektlari hududiga ruxsat berilmagan holda kirishi, shuningdek ularning mazkur ob’ektlar hududidan (transportda) chiqishi uchun qasddan sharoitlar yaratish.
2.22. Rahbariyatning yozma ruxsatisiz transport vositalariga konstruksiyada ko‘zda tutilmagan YOMMni (GSM) saqlash uchun qo‘shimcha yoqilg‘i baklari va sig‘imlarini o‘rnatish, shuningdek yoqilg‘i bakida yoqilg‘ining haqiqatda mavjudligini tekshirish komissiya dalolatnomasi bilan tasdiqlangan hisobga olinmagan (ortiqcha) yoqilg‘ining transport vositasi yoqilg‘i bakida bo‘lishi.
2.23. Korxonaning tovar-moddiy boyliklarini, shu jumladan yonilg‘i-moylash mahsulotlari (dizel yoqilg‘isi, benzin, moylash mahsulotlari) va sovutuvchi suyuqliklarining barcha turlarini olish, qabul qilish, saqlash, chiqarish (uzatish) va tashishning o‘rnatilgan tartibini buzish, shuningdek korxonaning topilgan yuqorida sanab o‘tilgan mulklarni yashirish.
2.24. Qimmatbaho metallar (tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan mahsulotlar) va qimmatbaho toshlar yoki tarkibida ular bo‘lgan buyumlarni (uskunalarni) ishlab chiqarishda yoki qazib olishda, chiqarishda (uzatishda) va tashishda ishlatish, yig‘ish, olish, qabul qilish, saqlashning o‘rnatilgan tartibini buzish, shuningdek topilgan yuqorida sanab o‘tilgan mulklarni yashirish.
2.25. Rangli metallning barcha turlarini, ularning siniq parchalari va chiqindilarini zagotovka qilish, ishlatish, olish, qabul qilish, saqlash, chiqarish (uzatish) va tashishning o‘rnatilgan tartibini buzish, shuningdek korxonaning topilgan yuqorida sanab o‘tilgan mulklarni yashirish.
2.26. Yo‘l hujjatlarini to‘ldirish uchun mas’ul haydovchilar (mashinistlar) va ishchi-xodimlar tomonidan yoqilg‘ini asossiz hisobdan chiqarish maqsadida yo‘l (marshrut) varag‘iga shak-shubhasiz yolg‘on ma’lumotlarni kiritish.
Intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquq berilgan shaxslar tomonidan qo‘llaniladi.
Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodim ko‘rsatilgan tushuntirishni berishdan bosh tortgan holda tegishli dalolatnoma tuziladi. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya hatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi.
Intizomiy jazo bevosita nojo‘ya hatgi-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu hatti-harakat aniqlangandan boshlab, xodimning kasal yoki ta’tilda bo‘lgan vaqtini hisobga olmasdan, uzog‘i bilan bir oy ichida ish beruvchi tomonidan qo‘llaniladi.
Nojo‘ya hatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy o‘tganidan, moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijasida aniqlanganda esa, sodir etilgan kundan boshlab ikki yil o‘tganidan keyin jazoni qo‘llab bo‘lmaydi. Jinoiy ish bo‘yicha ish yuritilgan davr bu muddatga kirmaydi.
Har bir mehnat intizomining buzganlik uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanilishi mumkin.
Intizomiy jazoni qo‘llanishda sodir etilgan nojo‘ya hatti-harakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu hatti-harakat sodir etilgan vaziyat, xodimning oldingi ishi, ishga bo‘lgan munosabati va hulk-atvori hisobga olinadi.
Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq, uni qo‘llanilganlik sabablari ko‘rsatilgan holda jazolangan xodimga 10 kun ichida ma’lum qilinadi va tilxat olinadi (O‘zR MK 182-m.). Agar xodim ushbu buyruq uchun imzo qo‘yishdan bosh tortsa, tegishli dalolatnoma tuziladi.
Zaruriy xollarda buyruq ushbu korxonadagi barcha xodimlarning e’tiboriga etkaziladi.
Xodimlarga mehnat intizomini buzganligi uchun intizomiy javobgarlikka tortish bilan birga, lokal hujjatlarda (“Mukofotlash to‘g‘risidagi nizom”, NKMK xodimlariga o‘rnatilgan ko‘paytiruvchi koeffitsientlar to‘g‘risidagi nizom”, “Ish staji uchun to‘lanadigan ustamalar haqidagi nizom”) belgilangan boshqa ta’sir choralari ko‘rilishi mumkin (pul mukofotidan, ko‘paytiruv koeffitsientidan, ish staji uchun ustama haqdan to‘liq yoki qisman mahrum qilish).
Intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan boshlab xodimga nisbatan bir yil mobaynida yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, xodimning iltimosnomasiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko‘ra jazoni bir yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.
Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida xodimga nisbatan ushbu Koidalarda ko‘rsatilgan rag‘batlantirish choralari qo‘l-lanilmaydi.
Ichki mehnat tartibi Koidalari sexlar (bo‘limlar)da ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi.
Ushbu Qoidalar imzolangan kundan boshlab amalga kiritiladi.